5-§. Sud buyrug‘ini chiqarishni rad etish to‘g‘risida ajrim va uni
rasmiylashtirish tartibi
Sudlar sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish
asoslarini sud buyrug‘i chiqarishni rad etish asoslaridan farqlay bilishlari
kerak. Chunki FPKning 238
5
-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘i
chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslaridan farqli
ravishda, sud buyrug‘i chiqarishni rad etish uchun ariza qabul qilinganidan
keyin taraflar o‘rtasida huquq to‘g‘risidagi nizo mavjudligi, shuningdek, arz
qilingan talab FPKning 238
2
-moddasida nazarda tutilmaganligi asos
bo‘ladi. Sud buyrug‘i chiqarishni rad qilish to‘g‘risida sudya ajrim
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |