SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
95
VI BОB
prokurorga apellyatsiya shikoyatiga yoki protestga ilova qilingan yozma
materiallarning ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab nusxalar bilan
topshirish majburiyatini yuklaydi.
Asoslantirilmagan shikoyat yoki protestning berilishi qarorning
tekshirilishini qiyinlashtiradi, biroq, shunday bo‘lsa ham, ishda ishtirok
etuvchilarni shikoyat yoki protestga e’tirozlar bildirish imkoniyatidan
mahrum qilmaydi.
Sudning hal qiluv qaroriga keltiriladigan apellyatsiya shikoyatidan
nizoli summa bo‘yicha, da’vo arizalari uchun belgilangan stavkaning
50 foizi miqdorida davlat boji olinadi. Agar apellyatsiya shikoyati yoki
protesti berishda FPKning 322- va 323-moddalarining talablari buzilgan
bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs davlat boji
to‘lamagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati yoki protest harakatsiz qoldiriladi.
Apellyatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya
shu shikoyatning yoki protestni harakatsiz qoldirishga asos bo‘lgan
kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib, ajrim
chiqaradi. Shikoyat yoki protest bergan shaxs belgilangan muddatda
ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab
sudga taqdim etilgan kunda berilgan deb hisoblanadi. Aks holda, shikoyat
yoki protest berilmagan hisoblanib, shikoyat yoki protest bergan shaxsga
qaytariladi.
Hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish, protest keltirish uchun
belgilangan muddat ichida ishni suddan hech kimning talab qilib olishi
mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va prokuror ish materiallari
va berilgan shikoyat yoki protest bilan tanishishga haqlidirlar. Hal qiluv
qarorining yuqori instansiya sudida mumkin qadar to‘la tekshirilishini
ko‘zlab qonun (FPKning 327-moddasi) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish, izoh berishga (e’tiroz
bildirishga) va bu e’tirozni tasdiqlaydigan hujjatlarni unga ilova qilib
topshirishga haqli bo‘lishlari ko‘rsatiladi. Tushuntirish (e’tiroz) nusxalari
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab beriladi.
Agar fuqarolik ishlari umumiy asoslarda ko‘rilganda hal qiluv qarorida
norozi tarafga yuqori sudga shikoyat berish (prokurorga protest keltirish)
huquqi ko‘rsatilsa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorida esa, shikoyat
berish, protest keltirishning turli shakllari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |