FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
36
II BОB
Esda saqlang! Mazkur ajrimning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari
bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil
25-maydagi 7-sonli qaroriga ko‘ra, arizani harakatsiz qoldirish
to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest
berilmaydi.
Demak, arizani harakatsiz qoldirish haqidagi ajrimning xulosa qismida
shikoyat va protest keltirish muddati va tartibi yozilmaydi. Shuningdek,
ushbu ajrimning xulosa qismida sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf etish muddati, mazkur muddatda bartaraf etilmasa arizani qaytarish
haqidagi qoidalar yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |