Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet703/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   699   700   701   702   703   704   705   706   ...   790
Bog'liq
9-1

 

 

HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2014-yil 24-iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 

binosida,  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)  raisligida,  (F.I.O.)  ning  kotibaligida, 

Buxoro shahar prokurorining yordamchisi  (F.I.O.) ishtirokida, arizachi (F.I.O.) ning 

fuqaroni vafot etgan deb topish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha 1-423/14-sonli fuqarolik 

ishini ko‘rib chiqib, sud quyidagilarni 

 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

455 


 

Aniqladi: 

 

Arizachi  (F.I.O.)  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  1954-yilda  tug‘ilganligini, 

Buxoro shahar Yangiyer ko‘chasi 13-uyda istiqomat qilishini, undan tashqari oilasida 

uning  singlisi  (F.I.O.)  ham  borligini,  bugungi  kunda  yashab  turgan  hovli  joylari 

bobosi  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligini,  bobosi  1975-yil  19-oktabrda  vafot  etganligini, 

otasi  1966-yil  27-avgustdan  buyon  bedarak  yo‘qolganligini,  hozirgi  kunda  u  va 

singlisi uy-joyning qonuniy merosxo‘ri sifatida Buxoro shahar 1-son davlat  notarial 

idorasiga  murojaat  qilishganida  meros  guvohnomasini  berishni  rad  qilishganligini, 

otalari  (F.I.O.)ning  bedarak  yo‘qolganligi  sababli  o‘lim  guvohnomasi  yoki  sudning 

qarori  yo‘qligini,  otalari  ruhiy  kasal  bo‘lganligini,  oxirgi  marta  otalari  ular  10-12 

yoshliklarida Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasidan 1966-yilda noma’lum 

sabablarga ko‘ra chiqib ketganligini, shu bilan qaytib kelmaganligini, bu haqda bobosi 

Toshkent  shahar  ruhiy  kasalliklar  kasalxonasi  ma’muriyatiga,  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligiga, Ichki ishlar bo‘limlariga o‘g‘illarini axtarib topish to‘g‘risida tegishli ariza 

va  shikoyatlar  bilan  murojaat  qilganliklarini,  lekin  biror-bir  natija  chiqmaganligini, 

bugungi  kunga  qadar  oradan  48  yil  vaqt  o‘tgan  bo‘lsada,    biror-  bir  xat-xabar 

yo‘qligini,  otalari  ruhiy  kasal  bo‘lganligi  uchun  baxtsiz  (avtohalokatga  uchragan, 

suvga tushib ketgan, biror shaxsga zarar yetkazgan holda va h.) hodisadan o‘lgan deb 

hisoblash mumkinligini, otalari (F.I.O.)ning haqiqatda 1966-yil 27- avgustdan buyon 

dom-daraksiz  yo‘qolganligini  qo‘shnilar  va  qarindoshlari  tasdiqlashi  mumkinligini, 

FIB  Buxoro  tumanlararo  sudining  2010-yil  29-iyuldagi  hal  qiluv  qaroriga  asosan 

otalari (F.I.O.) bedarak yo‘qolgan deb topilganligini bildirib, otalari (F.I.O.) ni o‘lgan 

deb topishni so‘ragan.   

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  arizani  quvvatlab,  haqiqatdan  ham  1954-yilda 

tug‘ilganligini, Buxoro shahar Yangiyer ko‘chasi 13-uyda istiqomat qilishini, undan 

tashqari oilasida uning singlisi (F.I.O.) ham borligini, bugungi kunda yashab turgan 

hovli-joylari bobosi (F.I.O.)ga tegishli ekanligini, bobosi 1975-yil 19- oktabrda vafot 

etganligini, otasi 1966-yil 27-avgustdan buyon bedarak yo‘qolganligini, hozirgi kunda 

u va singlisi uy-joyning qonuniy merosxo‘ri ekanligini, Buxoro shahar 1-son davlat 

notarial  idorasiga  murojaat  qilishganida  meros  guvohnomasini  berishni  rad 

qilishganligini, otalari (F.I.O.)ning bedarak yo‘qolganligi sababli o‘lim guvohnomasi 

yoki sudning qarori yo‘qligini,  otalari ruhiy  kasal  bo‘lganligini,  oxirgi  marta  otalari 

ular 10-12 yoshliklarida Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasidan 1966-yilda 

noma’lum sabablarga ko‘ra chiqib ketganliklarini, shu bilan qaytib kelmaganligini, bu 

haqda bobosi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasi ma’muriyatiga, Sog‘liqni 

saqlash  vazirligiga,  Ichki  ishlar  bo‘limlariga  o‘g‘illarini  axtarib  topish  to‘g‘risida 

tegishli  ariza  va  shikoyatlar  bilan  murojaat  qilganliklarini,  lekin  biror  bir  natija 

chiqmaganligini, bugungi kunga qadar ham biror ma’lumot yo‘qligini, oradan 48 yil 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

456 


 

vaqt  o‘tgan  bo‘lsada,  biror  bir  xat-xabar  yo‘qligini,  otalari  ruhiy  kasal  bo‘lganligi 

uchun  baxtsiz  (avtohalokatga  uchragan,  suvga  tushib  ketgan,  biror  shaxsga  zarar 

yetkazganni  holda  va  h.)  hodisadan  o‘lgan  deb  hisoblash  mumkinligini,  otalari 

(F.I.O.)ning haqiqatda 1966-yil 27-avgustdan buyon dom-daraksiz yo‘qolganliklarini 

qo‘shnilar  va  qarindoshlari  tasdiqlashi  mumkinligini,  FIB  Buxoro  tumanlararo 

sudining  2010-yil  29-iyuldagi  hal  qiluv  qaroriga  asosan  otalari  (F.I.O.)  bedarak 

yo‘qolgan deb topilganligini bildirib, otalari (F.I.O.) ni o‘lgan deb topishni so‘radi.   

Sud  majlisida  so‘ralgan  guvoh  (F.I.O.)  o‘zining  ko‘rsatmasida  (F.I.O.)  bilan 

yaqindan do‘st ekanligini, birga katta bo‘lishganini, uni juda yaxshi tanishini, (F.I.O.) 

Toshkent  shahar  ruhiy  kasalliklar  kasalxonasidan  1966-yilda  noma’lum  sabablarga 

ko‘ra chiqib ketganligini, shu bilan qaytib kelmaganligini, biroq o‘sha vaqtdan buyon 

undan  umuman  xabar  yo‘qligini,  do‘sti  uni  qidirmagan  joyi  qolmaganligi  haqida 

bayonot berdi.  

Sud  arizachi  va  guvohning  bayonotlarini,  prokurorning  arizachining  arizasini 

qanoatlantirish to‘g‘risidagi fikrini tinglab, ish hujjatlarini  o‘rganib chiqib, arizaning 

quyidagi asoslarga ko‘ra qanoatlantirilishini lozim topdi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  36-moddasiga  ko‘ra  agar 

fuqaroning  qayerda  turganligi  haqida  uning  yashash  joyida  uch  yil  mobaynida 

ma’lumot  bo‘lmasa,  basharti  u  o‘lim  xavf  solib  turgan  yoki  muayyan  baxtsiz 

hodisadan  halok  bo‘lgan  deb  taxmin  qilish  uchun  asos  bo‘ladigan  vaziyatlarda 

bedarak  yo‘qolgan  bo‘lib,  uning qayerdaligi  haqida  olti oy  mobaynida  ma’lumotlar 

bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon 

qilishi mumkin. 

Ish  holatlaridan  aniqlanishicha,  (F.I.O.)1954-yilda  tug‘ilgan.  Buxoro  shahar, 

Yangiyer  ko‘chasi,  13-uyda  istiqomat  qiladi.  Undan  tashqari  oilasida  uning  singlisi 

(F.I.O.)  ham  bor,  ularning  bugungi  kunda  yashab  turgan  hovli-joylari  bobosi 

(F.I.O.)ga  tegishli.  Bobosi  1975-yil  19-oktabrda  vafot  etgan,  otasi  1966-yil  

27-  avgustdan  buyon  bedarak  yo‘qolgan.  Hozirgi  kunda  u  va  singlisi  uy-joyning 

qonuniy merosxo‘ri sifatida Buxoro shahar 1-son davlat  notarial idorasiga murojaat 

qilishgan.  Ularga  meros  guvohnomasini  berish  rad  qilingan,  sababi  otalari 

(F.I.O.)ning  bedarak  yo‘qolganligi  sababli  o‘lim  guvohnomasi  yoki  sudning  qarori 

yo‘qligi qayd etilgan. Arizachining otasi ruhiy kasal bo‘lgan, oxirgi marta otalari ular 

10-12  yoshliklarida  Toshkent  shahar  ruhiy  kasalliklar  kasalxonasidan  1966-yilda 

noma’lum  sabablarga  ko‘ra  chiqib,  shu  bilan  qaytib  kelmagan.  Bu  haqda  bobosi 

Toshkent  shahar  ruhiy  kasalliklar  kasalxonasi  ma’muriyatiga,  Sog‘liqni  saqlash 

Vazirligiga, Ichki ishlar bo‘limlariga o‘g‘illarini axtarib topish to‘g‘risida tegishli ariza 

va shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Lekin biror bir natija chiqmagan. Bugungi kunga 

qadar  ham  oradan  48  yil  o‘tgan  bo‘lsada,  biror  ma’lumot  yo‘q.  Otalari  ruhiy  kasal 

bo‘lganligi uchun baxtsiz (avtohalokatga uchragan, suvga tushib ketgan, biror shaxsga 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

457 


 

zarar  yetkazgan  holda  va  h.)  hodisadan  o‘lgan  deb  hisoblash  mumkin.  Otalari 

(F.I.O.)ning  haqiqatda  1966-yil  27-avgustdan  buyon  dom-daraksiz  yo‘qolganligini 

qo‘shnilar va qarindoshlari tasdiqlashadi. FIB Buxoro tumanlararo sudining 2010-yil 

29-iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan (F.I.O.) bedarak yo‘qolgan deb topilgan.  

Yuqoridagilarga  ko‘ra  sud  arizachining  arizasini  qanoatlantirishni,  arizachi 

tomonidan davlat boji to‘langanligini inobatga olishni lozim topdi.  

Yuqorida  bayon  qilinganlarga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik 

kodeksining 36-moddasi, FPKning 286–289-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   699   700   701   702   703   704   705   706   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish