415
Aniqladi:
Arizachi (F.I.O.) sudga Toshkent shahar Uchtepa tumani budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan
shikoyat bilan murojat qilib, unda u 20 yil davomida mehnat qilib nafaqaga chiqadigan
yoshga yetganida, pensiya olish maqsadida barcha hujjatlarini yig‘ib, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limiga murojaat qilganligi, unga 20-21 yillik
mehnat stajlarini hisoblashning o‘rniga nimagadir kerakli ma’lumotlar yo‘q deb, 17 yil
11 oy 21 kunlik mehnat stajini rasmiylashtirib, 2012-yil 20- yanvar kunidan e’tiboran
248.009,67 so‘m pensiya maoshi belgilanganligi, qolgan 2 yil 3 oylik mehnat staji
hisoblamaganligi va u mehnat qilgan tashkilotlar, ya’ni “Mashael Maxdavi” firmasi
bilan hamkor tashkilotda bosh hisobchi lavozimida 2–3 yillik mehnat faoliyati inobatga
olishmaganligi, u pensiya jamg‘armasi tomonidan ushbu hisoblanmagan mehnat stajini
hisoblab, pensiyaga qo‘shib berishini so‘rab murojaat qilganida, unga rad javobi
berilganligi va sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilganligi, davriy faoliyati
“Mashael Maxdavi” tashkiloti “Qatartol Kamolot” tashkilotiga qarashli binoda ijara
shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan tashkilot bilan bevosita bog‘liq
bo‘lganligi, u esa ushbu tashkilotda 1999-yil 1-iyuldan 1999-yil 31-dekabrga qadar,
2000-yil 3-yanvardan 2000-yil 31-dekabrga qadar bosh hisobchi lavozimida faoliyat
yuritganligi, hozirda mazkur tashkilotlar umuman faoliyat yuritmayotganligi va barcha
arxiv hujjatlari yo‘q qilinganligi bois unda ushbu tashkilot haqida deyarli ma’lumot
yo‘qligi, shunga qaramasdan uning mehnat daftarchasida ushbu faoliyat ko‘rsatgan
davr uchun, ya’ni 1999-yil 1-iyuldan 2000-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan mehnat
stajining muhri bosilgan bo‘lishiga qaramasdan, inobatga olinmayotganligi, uning 2-3
yillik staji pensiya jamg‘armasi tomonidan asossiz inobatga olinmay kelinayotganligi
bois, suddan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Uchtepa tuman bo‘limining
xatti-harakatlarini noqonuniy deb topishni va uning pensiya stajini qayta hisoblab
chiqish vazifasini yuklashni so‘ragan.
Sud majlisida arizachi (F.I.O.) shikoyatini quvvatlab, shikoyatini to‘liq
qanoatlantirishni so‘radi.
Sud majlisida Toshkent shahar Uchtepa tuman budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi vakili (F.I.O.) shikoyatni tan olmasdan, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat Pensiyalarini tayinlash va
to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli qarorining 2-ilovasi 57-bandiga muvofiq, “Ish staji
to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligini aniqlash
maqsadida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi: ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan
hujjatlarning mazmunini va zarur tarzda rasmiylashtirilganligini baholaydi hamda
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
416
zarurat bo‘lganda ular berilishining asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida qaror qabul
qilishi; zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga
olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror chiqarishi nazarda tutilishi; 76-
bandida “Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs
tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak” deb
ko‘rsatilganligi, (F.I.O.) ga 2012-yil 20-yanvarda yoshga doir pensiya tayinlanganligi,
pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasi tomonidan uning umumiy mehnat staji 17
yil 11 oy 21 kun hisobida olinganligini, arizachida “Mashael Maxdavi” tashkilotida
1999-yil 1-iyuldan 2000-yil 31-dekabrga qadar ishlagani to‘g‘risida mehnat
daftarchasidan tashqari hech qanday hujjatlari, ya’ni arxiv ma’lumotnomasi, buyruqlar
kitobi, shaxsiy hisob varaqasi yoki oylik ish haqining hisob-kitobi haqida ma’lumot
yo‘qligi sababli arizachiga rad javobi berilganligini bildirdi.
Toshkent shahar Uchtepa tuman budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakili
(F.I.O.) keyingi sud majlislariga kelmasdan, sudning nomiga ariza bilan murojaat qilib,
ishni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Bunday holatda, sud ishni FPKning 174-moddasiga asosan Toshkent shahar
Uchtepa tuman budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakili (F.I.O.)ning ishtirokisiz
ko‘rib chiqishni lozim topadi.
Sud taraflar hamda guvohlarning bayonotini tinglab, Uchtepa tumani prokuror
yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini eshitib, ish hujjatlari bilan tanishib chiqib,
quyidagilarga asosan arizachining shikoyatini qanoatlantirishni lozim topadi.
FPKning 269-moddasiga ko‘ra, fuqaro o‘zining huquqlari va erkinliklarini
buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida
yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Bo‘ysunuv tartibidagi
yuqori organ va mansabdor shaxslar shikoyatni bir oy muddat ichida ko‘rib chiqishi
shart. Agar fuqaroning shikoyatiga rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kunidan
e’tiboran bir oy ichida javob olmasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli.
FPKning 271-moddasiga ko‘ra, sud shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
hal qiluv qarori chiqaradi. Sud shikoyatning asosli ekanligini aniqlasa, shikoyatga
sabab bo‘lgan xatti-harakatni (qarorni) g‘ayriqonuniy deb topadi, fuqaroning talabini
qanoatlantirish vazifasini yuklaydi, unga nisbatan qo‘llangan javobgarlik choralarini
bekor qiladi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini boshqa yo‘llar bilan
tiklaydi.
Agar sud shikoyatga sabab bo‘lgan xatti-harakat (qaror) qonuniy, fuqaroning
huquqlari va erkinliklari buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risidagi” 18-sonli
qarorining 15-bandiga ko‘ra, shikoyat vajlari asosli ekanligi aniqlangan taqdirda, sud
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
417
shikoyat qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonunga xilof deb topadi va tegishli organlar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxsga
fuqaroning talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi, unga nisbatan qo‘llanilgan
javobgarlik chorasini bekor qiladi yoxud uning buzilgan huquqini o‘zgacha yo‘l bilan
tiklaydi.
Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, (F.I.O.) 1964-yil 8-martda tug‘ilgan, 1984-yil
25-avgustdan boshlab turli korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
(F.I.O.)ning arizasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchtepa bo‘limi pensiya va nafaqa
tayinlash Komissiyasining 2012-yil 20-apreldagi 32/12-sonli qaroriga asosan,
arizachiga yoshga doir pensiya tayinlanib, komissiyaning qaroriga asosan uning
umumiy mehnat staji 17 yil 11 oy 21 kun hisobida olingan. Ushbu qaror bilan 1999-yil
1-iyuldan 2000-yil 31-dekabrga qadar mehnat faoliyati arxiv ma’lumotlari
topilmaganligi sababli mehnat stajiga qo‘shilmagan.
Arizachi sudga murojaat qilib, mehnat daftarchasiga asosan, uning umumiy
mehnat staji 20 yilni tashkil etishini, ko‘rsatib, komissiya tomonidan hisobga
olinmagan 3 yil mehnat stajini ham pensiya tayinlashda hisobga olishni so‘radi.
1999-yil 1-iyuldan 2000-yil 31-dekabrga qadar (F.I.O.) “Mashael Maxdavi”
korxonasida ishlab kelgan, mehnat daftarchasidagi yozuv tegishli tartibda amalga
oshirilib, muhr bilan tasdiqlangan. Biroq bu korxonaning ish haqi hisoblanib,
hisoblangan ish haqlaridan majburiy sug‘urta badallari ushlab borilganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni topish imkoniyati bo‘lmagan.
Bunday holatda, sud O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risidagi” Qonunning 37-moddasiga pensiya tayinlash uchun ish stajini
hisoblashda sug‘urta badallari to‘lovlari haqidagi ma’lumotlar zarurligi to‘g‘risidagi
o‘zgartirishlar 1997-yil 25-aprel kuni kiritilganligini e’tiborga olgan holda, (F.I.O.)ning
ushbu korxonada ishlagan 2 yil 3 oy 26 kun stajini pensiya tayinlash uchun lozim
bo‘lgan umumiy mehnat stajiga doir va u tegishli tartibda tasdiqlangan deb hisoblaydi.
Yuqoridagilarga asosan, sud (F.I.O.)ning shikoyatini qanoatlantirib, uning 2 yil 3
oy 26 kunlik stajini pensiya tayinlashda hisobga olinishi lozim deb hisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi”
Qonuni, FPKning 269-271-, 203–206-moddalariga asoslanib, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |