Undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan qarzni undirish haqida sud
Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchi (F.I.O.)ni ana shu talab bo‘yicha
da’vo ishini yuritish tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Sudya: imzo (F.I.O.).
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
361
Sud buyrug‘i chiqarishni rad etish haqidagi ajrim namunasi
AJRIM
(sud buyrug‘i chiqarishni rad etish to‘g‘risida)
2014-yil 27-aprel
Toshkent shahri
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.)
undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan aliment undirish haqida sud
buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Aniqladim:
Undiruvchi (F.I.O.) qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan aliment undirish haqidagi arizasi
bilan sudga murojaat etib, qarzdordan 2010-yil 3-mayda tug‘ilgan farzandi (F.I.O.)
foydasiga aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarib berishni so‘ragan.
Sud tomonidan aniqlanishicha, mazkur sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaga
ilova qilingan bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomada bolaning otasi
belgilanmagan.
FPKning 238
2
-moddasi 3-bandiga ko‘ra, agar voyaga yetmagan bolalar uchun
alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish
zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa, sud buyrug‘i chiqarilishi
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq
tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorining 11-bandida ko‘rsatilishicha, sudlarning
e’tibori qaratilsinki, FPKning 238
2
-moddasi 3-bandiga asosan, voyaga yetmagan
bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud buyrug‘i arz qilingan talab
otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa
chiqariladi. Bunda sudlar birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda
emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan
e’tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug‘i chiqarish mumkin emasligini nazarda
tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud
buyrug‘i chiqarishni istisno etadi.
Yuqoridagilarga asosan va FPKning 237–238-, 238
2
-moddalarini qo‘llab,
Do'stlaringiz bilan baham: