Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet607/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   603   604   605   606   607   608   609   610   ...   790
Bog'liq
9-1

 

353 


 

Aniqladi: 

Da’vogar  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  prokurori  fuqaro  (F.I.O.)ning  manfaatida 

javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  jinoyat  oqibatida  yetkazilgan  moddiy  zararni  undirish 

haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  Olmazor  tuman  prokurorining  yordamchisi  (F.I.O.)  da’vo 

talablarini  quvvatlab,  2008-yil  8-sentabrda  (F.I.O.)  o‘zining  tanishi  (F.I.O.)ga  birga 

biznes qilishni taklif qilib, uni aldab, unga tegishli bo‘lgan Yunusobod tumani 6-mavze 

41-uy  59-xonadonni  garov  sifatida  oldi-sotdi  shartnomasi  orqali  fuqaro  (F.I.O.)ga 

rasmiylashtirib  yuborib,  (F.I.O.)dan  garovga  qo‘yilgan  uy  hisobidan  15.000  AQSh 

dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini, Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2012-yil 12-aprel kunidagi ajrimi bilan O‘zbekiston 

Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir 

qilganlikda  gumon  qilinuvchi  (F.I.O.)ga  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Senatining  2011-yil  5-dekabr  kunidagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 

qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 

7-bandiga  asosan  uning  ayblilik  masalasi  hal  qilinmasdan  turib  harakatdan 

tugatilganini  bayon  qilib,  suddan  da’vo  arizasini  qanoatlantirishni  va  javobgar 

(F.I.O.)dan  jinoyat  oqibatida  yetkazilgan  15.000  AQSh  dollari  miqdoridagi  moddiy 

zararni  O‘zbekiston  so‘miga  nisbatan  qiymatida  fuqaro  (F.I.O.)ning  foydasiga 

undirishni hamda javobgardan davlat foydasiga davlat boji undirishni so‘radi. 

Javobgar (F.I.O.) sud majlisi kuni va vaqti aniq ko‘rsatilgan holda tegishli tartibda 

chiqartirilishiga  qaramasdan,  sud  majlisiga  kelmadi.  Sud  FPKning  224-moddasiga 

ko‘ra, fuqarolik ishini javobgarning ishtirokisiz sirtdan ko‘rishni lozim topadi.  

Sud  majlisida  mustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi  uchinchi  shaxs  (F.I.O.)ning 

ishonchli vakili (F.I.O.)  da’vo arizasini quvvatlab, uni to‘liq qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud da’vogar vakili va 3-shaxs vakilining ko‘rgazmalarini tinglab, ish hujjatlarini 

muhokama qilib va to‘plangan dalillarga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra 

da’vo talablarini qanoatlantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.  

FKning  985-moddasiga  asosan,  g‘ayriqonuniy  xarakat  (xarakatsizlik)  tufayli 

fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga 

yetkazilgan  zarar,  shu  jumladan,  boy  berilgan  foyda  zararni  yetkazgan  shaxs 

tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. 

Aniqlanishicha,  2008-yilning  8-sentabr  kuni  1949-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.) 

firibgarlik  yo‘li  bilan  o‘zganing  mulkini  qo‘lga  kiritish  maqsadida,  o‘zining  tanishi 

(F.I.O.)ga birga biznes qilishni taklif qilib, uni aldab, unga tegishli bo‘lgan Yunusobod 

tumani,  6-mavze,  41-uy,  59-xonadonni  garov  sifatida  oldi-sotdi  shartnomasi  orqali 

fuqaro (F.I.O.) ga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 25-

uyda  joylashgan  (F.I.O.)    notarial  idorasi  orqali  rasmiylashtirib  yuborib,  (F.I.O.)dan 

garovga  qo‘yilgan  uy  hisobidan  15.000  AQSh  dollarini  olib,  pullarni  o‘z  ehtiyoji 

uchun ishlatib yuborgan. 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

354 


 

Ushbu  holat  bo‘yicha  dastlabki  tergov  organi  tomonidan  O‘zbekiston 

Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Mazkur  jinoyat  ishi  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  sudining 

2012-yil  2-apreldagi  ajrimi  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  JKning  168-moddasi  3-

qismi  “a”  bandida  nazarda  tutilgan  jinoyatni  sodir  qilganlikda  gumon  qilinuvchi 

(F.I.O.)ga  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  2011-yil  5-dekabr 

kunidagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining  19  yilligi 

munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga asosan uning ayblilik 

masalasi hal qilinmasdan turib, harakatdan tugatilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2007-yil  2-oktabrdagi 

“Fuqarolik  ishlarini  ko‘rishda  sudlar  tomonidan  dalillarga  oid  qonun  normalarini 

qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  qarorining  4-bandiga  ko‘ra,  ma’muriy 

huquqbuzarlik  ishi  bo‘yicha  sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  qarori  hamda  jinoyat 

ishini  reabilitatsiya  asoslarisiz  tugatish  haqidagi  tergov  organi  va  sud  ajrimida  qayd 

etilgan  holatlar  shu  bilan  bog‘liq  fuqarolik  ishi  ko‘rib  chiqilishida  qayta  isbotlashni 

talab qilmaydi. 

Aniqlanishicha,  hal  qiluv  qarori  qabul  qilingan  kundagi  1  AQSh  dollarining 

so‘mga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  tomonidan  belgilangan 

qiymati 2348,02 so‘mni tashkil etadi. 

Ushbu  holatda  15.000  AQSh  dollarining  bugungi  kundagi  so‘mga  nisbatan 

qiymati 35220300 so‘mni tashkil etadi. 

Qayd  etilganlardan  kelib  chiqib,  FPKning  226-moddasiga  asosan,  sud  ishdagi 

mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, da’vogar vakilining vaj va iltimoslarini 

inobatga  olib,  da’voni  qanoatlantirishni  va  javobgar  (F.I.O.)dan  fuqaro  (F.I.O.)ning 

foydasiga  jinoyat  oqibatida  yetkazilgan  35220300  so‘m  miqdorida  moddiy  zarar  va 

7044060 (35220300 X 20%) so‘m miqdorida davlat boji undirishni lozim deb topadi.  

Yuqoridagilarga ko‘ra va FKning 60-, 985-moddasi hamda FPKning 120-, 224–

227-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   603   604   605   606   607   608   609   610   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish