Fuqaroning muomala layoqatini cheklash – O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, spirtli
ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z
oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala
layoqatining sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi. Bunday shaxslarga homiylik
belgilanadi.
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish – O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi
yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroning sud tomonidan
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb
topilishi. Bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |