7-§. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim va uni
protsessual rasmiylashtirish tartibi
Agar belgilangan muddatda qarzdordan arz qilingan talabga qarshi
e’tirozlar tushsa, sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqida ajrim
chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya
undiruvchiga arz qilgan talabni da’vo ishlarini yuritish tartibida taqdim etish
mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi
ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay
taraflarga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud
axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |