BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA
RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
112
VII BОB
Arizani qabul qilishni rad etish hamda sud buyrug‘i chiqarishni rad
etish undiruvchini shu talab bo‘yicha da’vo tartibida sudga murojaat qilish
huquqidan mahrum qilmasligi sababli, shu to‘g‘rida chiqarilgan sud
ajrimlari ustidan shikoyat berilmaydi. FPKning 238
2
-moddasida nazarda
tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza
bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud
da’vo talabini qabul qilish va ishni da’vo tartibida ko‘rishni rad qilishga
haqli bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |