SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
85
VI BОB
VI BOB. SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN
PROTSESSUAL HUJJATLAR
1-§. Sirtdan ish ko‘rishda yuritiladigan protsessual hujjatlar va
ularning tasnifi
FPKning XIX bobi sirtdan hal qiluv qarori chiqarish institutiga oid
bo‘lib, ushbu bob FPKning 224–236-moddalarini o‘z ichiga oladi.
Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarning uzrli
sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi va da’vogar roziligi asosida ishni
javobgarning ishtirokisiz ko‘rib hal qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |