5-§. Qo‘shimcha hal qiluv qarori va uni rasmiylashtirishning
protsessual tartibi
Sudning hal qiluv qarorida arz qilingan da’vo talablariga to‘liq va
asoslantirilgan javob berilishi kerak hamda sud xarajatlari masalalari hal
etilishi lozim. Agar bunday talablar qondirilmagan bo‘lsa, sud qo‘shimcha
hal qiluv qarori qabul qilish orqali ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi
(FPKning 214-moddasi).
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan
shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda
qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin:
a) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa
miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim
bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |