1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning atalishi. Natural sonlar qatoridan birinchi o‘nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi.
Narsalarni sanash. Berilgan songa 1 ni qo‘shish bilan undan keyin keladigan sonni hosil qilish, sondan 1 ni ayirish bilan bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish. Narsalarni 10 ichida to‘g‘ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni raqam yordamida yozish.
“Katta”, “kichik”, “teng”, “teng emas” tushunchalari. “Katta” va “kichik” tushunchalari. Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), “=”, “≠”, “>”, “<” belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |