Qoʼshuv (+), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish. Misollarni raqamlar va ishoralar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab echishga oʼrgatish. +3 koʼrinishidagi qoʼshish va-3 koʼrinishidagi ayirish usuli bilan tanishtirish; bunday koʼrinishda 3 sonining tarkibiy qismidan foydalanish. Masalan: qoʼshishda 5+3; 5+1+2; 5+2+1; ayirishda 8-3; 8-2-1 yoki 8-1-2.
Bola bilan sanash, ayirish va qoʼshish kerak boʼlgan turli oʼyinlarni oʼynash. Bolaning oʼz manzili va uyining raqamini yodlab olish istagini qoʼllab-quvvatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |