Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini
rejalashtirish
Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari bo‘yicha tushgan
materiallarni tergovchi o‘z yurituviga qabul qilar ekan, bevosita shu
ishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanib tergov harakatlarining
boshlang‘ich tayyorlash hamda tashkiliy choralarini o‘tkazish rejasini
tuzadi.
Tayyorlov bosqichi rejasi tergovchi tomonidan ishni ko‘rgunga
qadar tuziladi va quyidagilarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi.
a) talon-toroj sodir bo‘lgan joyni, ya’ni muassasa, tashkilot yoki
korxonaning ishlash sharoiti bilan tanishadi, shu bilan birgalikda, o‘sha
muassasa, tashkilot, korxona mahsulot bilan ta’minlab turadigan yoki
shu korxonalarni tayyor mahsulotlari qaysi tashkilot orqali realizatsiya
qilinganligi hisobga olinib, bu korxonalarning ishlash sharoiti bilan ham
tanishadi;
b) o‘sha tashkilot yoki korxonaning hisob-kitob hamda hujjat
oboroti tizimini o‘rganadi, shu bilan birgalikda ba’zi bir zveno, sex
o‘rtasidagi birgalashib qilinadigan harakatni aniqlaydi;
v) gumon qilinayotgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar
to‘playdi, bu ma’lumotlar o‘z ichiga gumon qilinayotgan shaxslarning
yaqin aloqalari, tanish-bilishlari, yashash joylari, mulkiy ahvoli
(avtomashinasi, qimmatbaho buyumlari, dachasi bor yoki yo‘qligi) kabi
faktorlarni o‘z ichiga oladi;
g) jinoiy yo‘l bilan talon-toroj qilingan mulk yashirilishi mumkin
bo‘lgan joy aniqlanadi.
Tashkiliy choralarni ko‘rish bosqichi tergov harakatlarini
boshlang‘ich davrini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlaydi, bu davr esa o‘z
mobaynida ish uchun zarur bo‘lgan dalillarni to‘plashda va ulardan
unumli foydalanishda xizmat qiladi.
Tergovning boshlang‘ich bosqichida bir qator tashkiliy chora-
tadbirlar o‘tkazish zarurati tug‘iladi, bular inventarizatsiya, taftish va
shunga o‘xshash tekshirishlar hisoblanadi.
396
Inventarizatsiya va taftish materiallariga ko‘ra dastlabki tergov
harakatini boshlang‘ich bosqichini o‘tkazish quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
- tekshirish davomida kamomad yoki ortiqcha mahsulot
chiqqanligi sabablari haqida mansabdor shaxs so‘roq qilinadi;
- inventarizatsiyada ishtirok etgan taftishchilar va hisob-kitob
ishlari bilan shug‘ullanadigan shaxslar so‘roq qilinadi;
- jinoyat ishi uchun kerakli hujjatlar olinadi va ko‘rib chiqiladi.
SHuning uchun ham davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish
jinoyati yuzasidan muvaffaqiyatli tergov olib borishning shartlaridan biri
tergovni rejalashtirish bo‘lib hisoblanadi. Tergovni rejalashtirish tergov
jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga katta yordam beradi,
voqea holatini ob’ektiv, tez, to‘la va har tomonlama o‘rnatish,
shuningdek jinoyatchini qidirish va uni fosh qilishda katta ahamiyatga
egadir.
Bu ma’lumotlar protsessual hamda tezkor-qidiruv yo‘li bilan
to‘plangan bo‘lishi mumkin. Tezkor-qidiruv yo‘li bilan to‘plangan
materiallar, ish bo‘yicha dalil kuchiga ega emas. Lekin ulardan
tergovchi rejalashtirish va taktik masalalarni hal qilishda foydalanishi
mumkin.
Faktik ma’lumotlar majmuasining to‘laligi va mazmuniga qarab,
tergovchi tergov vazifalarini aniqlaydi, versiyalar tuzadi, ularning
tekshirish yo‘llari va usullarini belgilaydi.
Tergovning dastlabki vaqtida jinoyat izini o‘zida saqlagan
ma’lumotlar soni kam bo‘ladi. Bu esa ishni rejalashtirishni
qiyinlashtiradi, chunki tergovchi har bir yangi ochilgan holatdan keyin
rejani ko‘rib chiqishi va uni to‘ldirib turishi lozim. SHuning uchun ham
rejalashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir, u faqat tergov tugashi
bilan tugaydi. Rejalashtirishda ikki asosiy qismni ajratish mumkin:
a) har bir bosqich uchun tergovchining maqsad va vazifalarini
aniqlash;
b) bu vazifalarni hal qilishning ko‘proq samarali usullarini va
tergov olib borishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlash.
Tergov yo‘nalishini aniqlashda quyidagi asosiy holatlar hisobga
olinishi kerak:
1. Avvalo dastlabki tergov harakatlari rejalashtiriladi, bu
harakatlarning bajarilishi jinoyat izlari va boshqa dalillarni tez topish,
jinoyatchini aniqlash va o‘zlashtirilgan mulk yashirilgan joyni
aniqlashga yordam beradi. Bunday tergov harakatlariga asosan hodisa
397
joyini, hujjatlarni ko‘zdan kechirish, guvohlarni so‘roq qilish, tintuv,
jinoyatchini qidirish kabi harakatlar kiradi. Tergovning keyingi
bosqichida o‘tkaziladigan harakatlarga - tanib olish uchun ko‘rsatish -
tergov eksperimenti, yuzlashtirish, so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash
kabi harakatlar kiradi.
2. Rejalashtirish tergov harakatlarining sodir qilingan jinoyat
xarakteri, gumon qilinuvchining shaxsi, uning ko‘rsatuvlari, dalillarining
mazmuni, ilmiy-texnik va boshqa vositalarni qo‘llashda mutaxassislarni
ishga jalb qilish kabilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Tergov olib borishning usul va yo‘nalishini belgilashda,
surishtiruv organlari xodimlariga qanday topshiriqlar berish kerakligini
ilgaridan ko‘zda tutmoq zarur. Bundan asosiy maqsad, dalillar manbaini
topish, tezkor-qidiruv tadbir-choralarini muvofiqlashtirish ko‘zda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |