28-MAVZU. ODAM SAVDOSI JINOYATINI
TERGOV QILISH
Odam savdosi jinoyatini kriminalistik tavsifi va aniqlanishi lozim
bo‘lgan holatlar. Odam savdosi jinoyatining keyingi bosqichlarini
rejalashtirish. Tergov harakatlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari.
Odam savdosi jinoyatini kriminalistik tavsifi va aniqlanishi lozim
bo‘lgan holatlar
Odam savdosi jinoyati qadimiy jinoyatlardan biri hisoblanadi.
Tergov va sud amaliyotida mazkur turdagi jinoyatlarni yakka shaxslar
yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilishi kuzatiladi. YAkka
shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar odatda shaxsni o‘z bolasini
yoki nevarasini sotishi ko‘rinishida bo‘ladi. Uyushgan guruh tomonidan
sodir etilgan jinoyatlar esa doimiy tusga ega bo‘lib, ular o‘z yo‘nalishiga
ega.
Uyushgan guruh faoliyatida har bir a’zo o‘ziga biriktirilgan
yo‘nalish uchun javob beradi va uning mavqei shu faoliyat bilan
chambarchas bog‘liqdir. Ushbu shaxslar o‘z faoliyatlarini ma’lum bir
ketma ketlikda va ma’lum bir tizimli vaqtda amalga oshirishadi. Har bir
guruh a’zosi o‘z faoliyati bilan takror va takror shug‘ullanishi natijasida
o‘z yo‘nalishini moxir ustasiga aynaib boradi, natijada ushbu shaxs
jinoyatini aniqlash murakkablashadi. Agarda jinoyatchilar faoliyat
yuritayotgan yo‘nalish aniqlansa, unda guruhning boshqa vakillariga
chiqish imkoni yuzaga keladi. Ularning faoliyat doirasi, vaqti, joyi
haqida ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu hol o‘z navbatida,
jinoyatchilarni aniqlash va ushlashda tezkor choralarni ko‘rish va tezkor
qidiruv harakatlarini to‘g‘ri va vaqtida amalga oshirishga imkon beradi.
Mazkur turdagi jinoyatlar odatda yakka va ushyugan guruh
tomonidan sodir etiladi. Jinoiy tajovvuz ob’ekti bo‘lib shaxsning
sog‘lig‘i, hayoti va erkinligi hisoblanadi.
Odam savdosi yo‘nalishi quyidagi muhim elementlardan iborat:
1) Inson erkinligini cheklashga qaratilgan noqonuniy shartnomalar
tuzish. Bir maqsadga yo‘naltiriligan va yagona daromad manbaiga ega
bo‘lgan shaxaslarni taraflar yoki kontragentlar deb atash mumkin. Bu
sharnoma orqali taraflardan biri shaxsni sotib olishni maqsad qilib olgan
412
bo‘lsa, ikkinchi tomon shaxsni sotishni va daromad topishni ko‘zlaydi.
SHartnoma kontragentlari sifatida ikki yoki undan ortiq uyushgan guruh
a’zolari yoki jinoiy uyushma vakillari faoliyat ko‘rsatishadi.
Amaliyotdan olingan tahliliymateriallarga ko‘ra mazkur turdagi
jinoyatlar aksariyat holatlarda jinoiy guruhlar tomonidan sodir etiladi.
Bu holat bir biriga tanish va ishonchli shaxslar bilan faoliyat yuritish har
tomonlama samarali ekanligidan dalolat beradi.
2) Odam savdosini amalga oshirish va ularni yashirish. Bu
yo‘nalishdagi jinoyatchilar jinoyat sodir etish bilan birga uni yashirish
choralarini ko‘rishadi. Ular “tozalovchilar” deb nomlanadi. Ularning
asosiy vazifasi xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat izlarini yashirish va yangi
odam savdosi qurbonlarini qidirishdan iborat.
3) Odam savdosi qurbonlarini muayyan yo‘nalish orqali
manzilga etkazish.
Jinoyatchilar aksariyat hollarda o‘z qurbonlarini
chegara hududlardan boshqa davlat hududiga olib o‘tadilar. Bunda
ikkinchi davlat hududi tranzit vazifasini o‘taydi.
Tergov amaliyoti materiallariga ko‘ra odam savdosi jinoyati
bo‘yicha ochilgan jinoyatlarning 11% ikki epizodli, 44% ikkidan
beshtagacha epizodda sodir etilgan, 45% beshtadan ko‘p epizodli
jinoyatlar ekanligi aniqlangan.
Tizimlashtirilgan ko‘rinishi quyidagi bosqilarda sodir etilishi
mumkin:
1-bosqich – jabrlanuvchilarni qiziqtirish (jalb qilish, o‘g‘irlash),
ularni bir joydan ikkinchi bir joyga olib o‘tish va kontragentlarga sotish
2- va 3- bosqichlar bilan birga amalga oshiriladi;
2-bosqich – odam savdosi jinoyatida vositachilik qilishdan iborat.
Bunda jabrlanuvchilarni jinoiy uyushmalardan sotib olish va uni
yuqoriroq summaga sotish maqsad qilinadi. Ushbu bosqich ba’zi jinoiy
guruhlar tomonidan amalga oshirilmaydi;
3-bosqich – kontragentlardan odam savdosi qurbonini sotib olishni
va uni ekspluatatsiya qilishni tashkil qilish bosqichi.
Tizimlashtirilmagan odam savdosi quyidagi bosqichlardan iborat
bo‘ladi:
1-bosqich– jabrlanuvchini odam savdosi jinoyatiga jalb qilish, uni
qiziqtirish, o‘g‘irlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |