Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish
xususiyatlari
Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha
dastlabki tergov harakatlari xususiyati jinoyat ishi gumon qilinuvchining
ushlanishi yoki jinoyat sodir etilishi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilganiga
bog‘liq bo‘ladi. Ikkala holda ham tergovni jabrlanuvchini so‘roq qilish,
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, gumon qilinuvchini
guvohlantirish
va
so‘roq qilish, jabrlanuvchining sud-tibbiyot
ekspertizasini tayinlash, guvoh-shohidlarni so‘roq qilish (agar ular
bo‘lsa)dan boshlagan ma’qul.
Jabrlanuvchini so‘roq qilishda talonchilik yoki bosqinchilik hujumi
uning uchun stress vaziyati hisoblanishini e’tiborga olish zarur. SHu
bois jabrlanuvchi jinoyatchilarning tashqi ko‘rinishi belgilarini va tergov
uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa holatlarni doim ham eslab
qolavermaydi.
Jinoyat haqida jabrlanuvchi odatda voqeadan keyin darhol arz
qiladi, shu sababli so‘roq paytida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
bo‘ladi, olingan tan jarohatlaridan azob chekadi. So‘roqdan oldin
jabrlanuvchiga o‘ziga kelib olish, hujumning barcha holatlarini
xotirasida tiklash uchun vaqt berish zarur.
Hujum qilganlarning tashqi ko‘rinishi, kiyimi, qadam tashlashi,
nutqining nuqsonlarini ayniqsa batafsil aniqlash zarur. Quyidagi
masalalar ham muhim ahamiyatga ega: jabrlanuvchi qanday qarshilik
ko‘rsatgan; hujum qilganlarda qanday jarohatlar qolgan bo‘lishi
408
mumkin; jabrlanuvchining tanasi va kiyimida jinoyatchilarning qon
izlari bormi; ularning har biri qanday rolni bajargan.
Jabrlanuvchini so‘roq qilgandan keyin, ba’zan undan oldin (agar,
masalan, jabrlanuvchi kasalxonada bo‘lsa) hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Ushbu tergov harakati taktikasi o‘g‘rilikka
doir ishlar bo‘yicha ko‘zdan kechirish taktikasi bilan o‘xshash. Asosiy
farq shundan iboratki, talonchilik va bosqinchilik hujumlarida jinoyat
shohidi – jabrlanuvchi mavjud bo‘ladi. Ko‘zdan kechirishni uning
ishtirokida o‘tkazgan ma’qul. Jabrlanuvchi o‘ziga hujum qilingan joyda
bergan tushuntirishlar o‘q, sigaret qoldiqlari, jinoyatchilarning barmoq
va poyafzal izlarini topish, hidli izlarni olishni osonlashtiradi.
Olishuv joyi ayniqsa sinchiklab tekshiriladi. Bu erda qon, oyoq
izlari, uzilgan tugmalar, qo‘lqoplar, yirtilgan kiyim bo‘laklari va boshqa
narsalar – ashyoviy dalillar topilishi mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish jarayonida ba’zan talonchilik yoki bosqinchilik
hujumi inssenirovka xususiyatiga ega ekanligini taxmin qilish imkonini
beradigan salbiy holatlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |