Kuzatuv. Predmetlar va hodisalarni faol bir maqsadga qaratilgan
reja asosida va bevosita qabul qilish kuzatuv orqali amalga oshiriladi.
Kuzatuv amaliy faoliyatda tintuv va boshqa tergov harakatlarini amalga
oshirish chog‘ida alohida ahamiyatga ega. Kuzatuv vazifalari predmet
yoki hodisa xarakteriga qarab belgilanadi. Bir holatda – qidirilayotgan
narsani topish, ikkinchi holatda uning aniq xossalari va belgilarini
aniqlash, uchinchi holatda – tintuv va boshqa tergov xatti-harakatlari
o‘tkazishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi xulq-atvorini tahlil
qilish zarur. SHu munosabat bilan kuzatuv jarayonida aniqlangan va
protsessual mustahkamlangan ba’zi faktlar dalillik ahamiyatiga ega
bo‘lishi, boshqalari tusmollarni tuzish uchun material bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Qo‘shimcha texnik vositalar va turli asboblarni qo‘llash
sharoitida kuzatuv doirasi va samaradorligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |