Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


E’tibor  qiling!  Yo‘l-transport  hodisasi  yuz  bergan  joyni



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   548
E’tibor  qiling!  Yo‘l-transport  hodisasi  yuz  bergan  joyni 

ko‘zdan  kechirish.  YTH  yuz  bergan  joyni  ko‘zdan  kechirish  o‘ziga 

xos  xususiyatga  ega.  Olingan  natijalar  tekshirilayotgan  voqeani 

tiklash,  hodisa  mexanizmi  to‘g‘risida  tasavvur  hosil  qilish  va  uning 

sabablarini aniqlash imkonini beradi.  Uning spetsifikasi ushbu tergov 

harakatlari  amalga  oshirilayotgan  sharoitlar  bilan  belgilanadi.  Ushbu 

sharoitlar yo‘l harakatining o‘ta zichligi tufayli holatning o‘zgarishi va 

izlarning  yo‘q  bo‘lib  ketishi  xavfining  kattaligi  bilan  ajralib  turadi. 

Harakatni to‘xtatish esa avtomagistrallarida boshqa xavfli vaziyatlarni 

keltirib chiqarishi mumkin. Bu kabi tez-tez bo‘lib turadigan majburiy 

o‘zgarishlar  tergovchi  uchun  doimo  ortiqcha  qiyinchilik  tug‘diradi. 

Mana  shundan  kelib  chiqqan  holda  YTHlari  to‘g‘risidagi  har  bir 

xabarga  darhol  munosabat  bildirish  va  avariya  yuz  bergan  hududda 

yo‘l  harakatini  tez  va  to‘g‘ri  tashkil  etish:  xavfli  hududni  aylanib 

o‘tilishini ta’minlash, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish va shu kabilar 

zarurligi talab etiladi. 



 

454 


hisoblanadi.  Biroq,  ko‘zdan  kechirish  boshlanguniga  qadar  hodisa  yuz 

bergan  joyni  o‘zgarishsiz  saqlashga  hamisha 

ham 

muvaffaq 



bo‘linavermaydi.  Bunday  o‘zgarishlarga  ko‘pincha  avariya  natijasida 

jabr  ko‘rgan  transport  vositasidagi  yo‘lovchilarga  tibbiy  yordam 

ko‘rsatish  zarurati  sabab  bo‘ladi,  negaki,  bu  ishni  bajarish  uchun 

avtomashina  oynalarini  sindirishga,  eshiklarini  sug‘urib  olishga  to‘g‘ri 

keladi.  Avariyada  ishtirok  etgan  avtomashinalarni  yo‘lning  transport 

vositalari  harakatlanadigan  qismidan  boshqa  joyga  olish  ehtiyoji 

ularning  bu  erda  turishidan  yo‘ldagi  holatning  murakkablashishi, 

ayniqsa,  yo‘lda  transportning  normal  harakatlanishiga  xavf  solishi  va 

shu kabi boshqa sabablardan kelib chiqadi. 

Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hodisa sodir bo‘lgan joyga etib 

kelgan  YHXX  xodimlarining  birinchi  galdagi  vazifasidir.  Basharti, 

jabrlanuvchi  davolash  muassasasiga  jo‘natilguniga  qadar  yo‘lning 

transport vositalari harakatlanadigan qismida yotgan bo‘lsa, u yotgan joy 

va  gavdasining  holati  tegishli  tarzda  qayd  etiladi  (chiziladi,  masalan, 

bo‘rda asfaltga chiziladi va shu kabilar). 

YHXX  xodimlari  tergovchi  etib  kelguniga  qadar  YTHda  ishtirok 

etgan  transport  vositalarining  haydovchilarini  ushlash,  ularning 

haydovchilik  guvohnomasini  va  boshqa  hujjatlarini,  masalan,  yuk 

tashish  huquqini  beruvchi  hujjatlarini,  transport  vositalarining  texnik 

pasportlari va boshqa shu kabilarini olib qo‘yish chora-tadbirlarini ham 

ko‘rishlari  kerak.  Izlarning  saqlab  qolinishiga  alohida  e’tibor  qaratish 

lozim. Negaki, izlar ob-havo sharoitlari, yo‘lda yuzaga kelayotgan holat 

va boshqa shu kabilarning ta’siri natijasida yo‘qolib ketishi turgan gap. 

Ko‘zdan  kechirish  boshlanguniga  qadar  tergovchi  shohidlardan 

so‘rash  orqali  voqea  qanday  yuz  berganini,  moddiy  holatga  qanday 

o‘zgarishlar  kiritilganligini  umumiy  tarzda  aniqlaydi.  Basharti, 

haydovchi  avariya  aybdori  bo‘lib,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydan 

yashiringan  bo‘lsa,  avariyada  ishtirok  etgan  transport  vositasining  turi, 

rusumi  va  rangini,  qoidabuzar  qochib  ketgan  yo‘nalishni  aniqlash  juda 

muhim. Bu qidiruvni «issig‘ida» tashkil etishga yordam beradi. Qidiruv 

hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda olib boriladi. 

Hodisada  ishtirok etgan  haydovchilar  mast  degan  shubha  paydo  bo‘lsa, 

ularni  YHXX  xodimlarining  hamrohligida  qondagi  alkogol  tarkibini 

aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvga yuborish lozim. 

Tergovchi  YTHning  umumiy  manzarasi  bilan  tanishib,  ko‘zdan 

kechirishning  chegaralarini  belgilaydi  va  shu  chegaralar  doirasida 

qo‘riqlash ta’minlanadi. Ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar hodisa 



 

455 


yuz  bergan  joydan  shatak  yordamida  tortilgan  transport  vositalarining 

qaerda  turganligini,  ular  dastlab  yo‘lning  transport  vositalari 

harakatlanadigan  qismining  qaerida  turganligini  ko‘rsatuvchi  belgilar 

bor-yo‘qligini,  kasalxonaga  jo‘natilgan  jabrlanuvchining  turgan  joyi  va 

gavda 

ko‘rinishi 



hamda 

boshqa 


shu 

kabilar 


belgilangan-

belgilanmaganini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. 

 

Ko‘zdan kechirishni yo‘lning transport vositalari harakatlanadigan 



va  yo‘l  harakatini  tezda  tiklash  talab  qilinadigan  qismidan  boshlash 

kerak.  Bunda  harakatlarning  ketma-ketligi  yuzaga  keladigan  vaziyatga 

bog‘liq  bo‘ladi.  Eng  avvalo,  izlarga  putur  etishi  yoki  ular  yo‘q  bo‘lib 

ketishi  xavfi  mavjud  va  avtomagistral  bo‘ylab  transport  zich  harakat 

qiladigan  joylar  ko‘zdan  kechirilishi  kerak.  Agar  yo‘l  harakati 

qoidalarini  buzgan  haydovchi  hodisa  yuz  bergan  joydan  mashinada 

g‘oyib  bo‘lgan  bo‘lsa,  ko‘zdan  kechirishni  haydovchining  yo‘nalishini 

ko‘rsatuvchi  izlar  orqali  topilishi  mumkin  bo‘lgan  joydan  boshlab,  shu 

yo‘nalish bo‘yicha qidiruvni tashkil etgan ma’qul. 

Yo‘lning  transport  vositalari  harakatlanadigan  qismini  ko‘zdan 

kechirish  jarayonida  uning  profilini  (balandliklari,  pastliklari,  burilish 

joylari va shu kabilarini), yo‘l ishoralari va belgilarining bor-yo‘qligini, 

yo‘l yoqasini, to‘siqlarni, transport vositalari harakatlanadigan qismining 

kengligi va shu kabilarni albatta qayd etish shart. Ushbu  ma’lumotlarni 

hisobga  olgan  holda  keyinchalik  hodisaning  har  bir  qatnashchisi 

yo‘lning  mazkur  qismini  ko‘z  bilan  qamrash  va  YTHning  oldini  olish 

uchun qay darajada imkoniyatga ega bo‘lganligiga baho beriladi. 

Fildirak qoplamasining shakli aks etadigan va ko‘pincha YTH yuz 

bergan  joyda  topiladigan  izlarga  qarab,  ushbu  izlarni  qoldirgan 

avtomashinaning  rusumi,  modeli  aniqlanadi.  Mana  shu  ma’lumotlar 

yashiringan  haydovchilar  va  transport  vositalarini  qidirishga  yordam 

beradi. 


Transport  vositalarini  ko‘zdan  kechirish.  Transport  vositasini 

ko‘zdan  kechirishni  avariya  natijasida  putur  etgan  joydan  boshlash 

lozim.  Bunda  transport  vositalarida  mavjud  bo‘lgan  boshqa  izlar:  qon 

izlari,  bo‘yoq  zarrachalari,  trasologik  izlar  va  boshqa  shu  kabilarga 

ziyon  etkazmaslik  yoki  ularni  yo‘q  qilib  yubormaslik  uchun 

ehtiyotkorlik talab qilinadi. 

Putur etgan joy qaerda joylashganligi, shakli, o‘lchami ko‘rsatilgan 

holda  bayonnomada  batafsil  tavsiflanishi  lozim.  Agar  transport 

vositasida  qirilgan  joylar  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa,  ularning  gorizontal 



 

456 


bo‘ylab 

yo‘nalishini 

ko‘rsatish 

kerak. 


Putur 

etgan 


joylar 

avtomashinaning qaerida ekanligini ko‘rsatishdan tashqari o‘lchash yo‘li 

bilan  ham  qayd  etiladi.  O‘lchov  vositasining  bir  uchi  doimo  er  sathida 

bo‘lishi  kerak.  Shu  orqali  putur  etgan  joy  qanday  balandlikda 

aniqlangani ma’lum bo‘ladi. Ko‘zdan kechirilayotgan avtomobil qanday 

holatda  ekanligini  va  undagi  putur  etgan  joylar  haqida  tasavvur  hosil 

qilish uchun umumiy va mukammal suratga tushirish qoidalari bo‘yicha 

fotosuratga  olish  lozim.  Umumiy  fotosuratlarda  transport  vositasining 

har  bir  tomondan  umumiy  ko‘rinishi  qayd  etiladi.  Keyin  masshtabli 

chizg‘ich bilan har bir putur etgan joy alohida suratga olinadi. 

Murdani ko‘zdan kechirish.YTH yuz bergan joyda murda umumiy 

qoidalarga  binoan tekshiriladi.  Ayniqsa  murdadagi  izlar  va  shikastlarga 

alohida  e’tibor  qaratish,  odam  urib  ketgan  haydovchi  yashiringan, 

guvohlar yo‘q bo‘lgan noqulay tergov vaziyati yuzaga kelgan paytda hal 

etuvchi  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Buning  uchun  kiyim-kechak 

ham, poyabzal ham alohida sinchkovlik bilan tekshiriladi, negaki, ularda 

ko‘p  hollarda  keyinchalik  transport  vositasini  identifikatsiya  qilish 

imkonini  beradigan  g‘ildirak  qoplamasi  izlari  va  boshqa  izlar  qolgan 

bo‘ladi. 

Hodisa  yuz  bergan  joyda  murdani  ko‘zdan  kechirish  natijalarini 

qayd  etish  vaqtida  yo‘lning  transport  vositalari  harakatlanadigan 

qismining qaerida, avariyada ishtirok etgan transport vositasiga, mavjud 

izlarga  (murdani  sudrash,  tormoz  izlari  va  shu  kabilar)  nisbatan  qaerda 

ekanligini  aniq  ko‘rsatish  muhimdir.  Bu  hodisa  mexanizmini  tiklash 

imkonini beradi. Murdaning gavdasi, kiyim-kechagining holati, ulardagi 

izlar  va  putur  etgan  joylar  ham  qayd  etiladi.  Ko‘zdan  kechirish 

jarayonida  barcha  manzara  fotosuratga  olinadi,  o‘lchanadi.  Natijalar 

bayonnomaga  batafsil  yoziladi.  Murdadagi  putur  etgan  joylar,  ularning 

lokallashgani,  og‘irlik  darajasi  va  murdaning  kiyim-kechaklaridagi 

izlarga  qarab,  zarba  avtotransportning  qaysi  qismi  bilan  etkazilganligi, 

zarbning  kuchi,  yo‘nalishi  va  boshqa  shu  kabilar  to‘g‘risida  xulosaga 

kelish mumkin. 

Yo‘l-transport hodisasida qatnashgan haydovchilarni so‘roq qilish. 

So‘roq  qilishdan  oldin  haydovchining  shaxsini  aniqlash  va  hujjatlari: 

haydovchilik  guvohnomasi,  avtomashinaning  texnik  pasporti,  yuk 

tashishga  taalluqli  hujjatlar,  yo‘l  varaqalari  va  boshqa  shunga  o‘xshash 

hujjatlarini tekshirish zarur. 

 

 




 

457 


Piyodalarni  (velosipedchilarni)  avtomashina  urib  ketganligi 

to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  jabrlanuvchilarni  so‘roq  qilish  jarayonida 

quyidagilar aniqlanadi: 

1)  jabrlanuvchi  qay  tarzda,  qanday  tezlikda,  qanday  jadallikda  va 

yo‘nalishda harakat qilgan; 

2)  jabrlanuvchi  o‘ziga  yaqinlashib  kelayotgan  transport  vositasini 

ko‘rganmi  va  agar  ko‘rgan  bo‘lsa,  u  qaysi  tomondan  va  taxminan 

qanday tezlikda harakat qilgan; 

3) jabrlanuvchi transport vositasi kelib urilganda qaerda turgan; 

4)  kelib  urilgan  transport  vositasining  turi,  rusumi,  modeli,  rangi 

qanday  edi  va  agar  u  voqea  sodir  bo‘lgan  joydan  yashiringan  bo‘lsa, 

qaysi yo‘nalish bo‘ylab ketgan. 

YTHga  shohid  bo‘lgan  guvohlarni  so‘roq  qilish.  Yo‘l  harakati 

xavfsizligi qoidalarini  jinoiy  tarzda  buzilganiga  guvoh  bo‘lgan  shaxslar 

doirasiga  hodisada  ishtirok  etmagan,  biroq,  avariya  joyiga  bevosita 

yaqin  turib,  uni  kuzatishi  mumkin  bo‘lgan  piyodalar,  yo‘lovchilar, 

transport vositalarining haydovchilari kiradi. Harakat xavfsizligi ustidan 

nazoratni 

amalga 

oshirish 

bo‘yicha  zimmasidagi  vazifalarni 

bajarayotgan YHXX xodimlari ham hodisa shohidlari bo‘lishi mumkin. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish