Keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi
E’tibor qiling! Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining jinoiy
tarzda buzilishini tergov qilishda quyidagi versiyalar surilishi
mumkin:
1)etarlicha malakaga ega bo‘lmagan hamda texnika xavfsizligi
bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilmagan shaxsni ishga qo‘yishdan iborat; sodir
bo‘lgan baxtsiz hodisa yo‘l qo‘yilgan buzilish bilan sababiy
bog‘lanishga ega;
2) hodisa yo‘l qo‘yilgan buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan;
foydalanilgan uskunalarning texnik nuqsonlari baxtsiz hodisaga
bevosita sabab bo‘lgan;
3) texnika xavfsizligi qoidalari buzilmagan; baxtsiz hodisa
jabrlanuvchining o‘z ehtiyotsizligi tufayli sodir bo‘lgan.
435
Tergovning ikkinchi bosqichida tergovga dalil bo‘lishi mumkin
bo‘lgan boshqa shaxslar so‘roq qilinadi.SHu shaxslar qatorida birinchi
navbatda jabrlanuvchining u bilan bitta uchastkada ishlagan, lekin
baxtsiz hodisa guvohi bo‘lmagan hamkasblari so‘roq qilinadi. Ular
bajarilgan ishlarning xususiyati haqida, texnologiyaga, texnika
xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalarga rioya etilgan-etilmagani,
mavjud qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratning ahvoli xususida,
shuningdek, jabrlanuvchining shaxsi, uning malakasi va tajribasi
bajarilgan ishlar xususiyatiga muvofiqligi haqida so‘roq qilinadilar.
Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan uchastka, smena, sex, ishlab chiqarish
rahbarlari so‘roq qilinishlari kerak. Ulardan mehnat jarayoni qanday
tashkil etilgani, jabrlanuvchiga ishni kim tomonidan buyurilgani, baxtsiz
hodisa yuz bergan paytda ular qaerda turgani, ularni qachon, kim va qay
tarzda xodimlarga tanishtirgani, mazkur qoidalarga qanday rioya
etilgani, ularning bajarilishi uchun kim mas’ul ekanligi, xavfsizlik
qoidalariga amalda rioya etib kelinganmi, agar ular buzilgan bo‘lsa,
nima tufayli buzilgani aniqlashtiriladi.
Texnika xavfsizligi qoidalari jinoiy tarzda buzilgani to‘g‘risidagi
ishlarni tergov qilishda faoliyati baxtsiz hodisa bilan bog‘liq bo‘linmalar
va xizmatlarning rahbarlari (bosh elektrik, bosh texnolog va h.k.)ni
so‘roqdan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Umuman korxona bo‘yicha va
uning ayrim bo‘linmalarida texnika xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar
ham so‘roq qilinadi. Ulardan baxtsiz hodisaning sabablari haqidagi,
baxtsiz hodisa munosabati bilan va mehnatni muhofaza qilishni
kuchaytirish uchun ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar aniqlanadi.
Buxgalteriya xodimlaridan mazkur korxonada mehnatni muhofaza
qilishga ajratilgan mablag‘lar haqida, ularning sarflanishi, mehnatni
muhofaza qilish va texnika xavfsizligi rejasini amalga oshirishning
moliyaviy-moddiy imkoniyatlari haqida ma’lumot olish mumkin.
Bundan tashqari, guvohlar tariqasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan shaxslar (jabrlanuvchining qarindoshlari, tanishlari) ham
so‘roq qilinishi mumkin. Mehnat sharoitidagi noqulayliklar, texnika
xavfsizligi
qoidalarining
buzilishlari,
etarlicha
tayyorgarliksiz,
malakasiz, yo‘l-yo‘riqlar berilmasdan ishni bajarishni topshirish hollari
haqida ularga jabrlanuvchi so‘zlagan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining jinoiy tarzda buzilishlari
to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida tergovchi
ko‘pincha mutaxassislar yordamiga tayanishiga, sud-texnika, sud-
436
tibbiyot va tibbiy-mehnat ekspertizalari tayinlashiga to‘g‘ri keladi.
Sud-texnika ekspertizalari maxsus bilimlar talab qilinadigan
murakkab texnik masalalarini hal qilish zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Idoraviy tekshirish materiallarida va texnik inspektor xulosasida
etarlicha hamda xolisona ma’lumotlar bor bo‘lsa, sud-texnika
ekspertizasi tayinlanmas-ligi mumkin. Biroq yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
xulosalar bo‘lsa ham, ayniqsa ayblanuvchi ularga rozi bo‘lmaganda yoki
bu xulosalar bir-biriga zid bo‘lganda sud-texnika ekspertizasi o‘tkazishi
shart.
Amaliyotda sud-texnika ekspertizasi oldiga, qoida tariqasida,
quyidagi savollar qo‘yiladi: 1) mazkur hodisaning sabablari qanday
(texnikaviy va tashkiliy); 2) tegishli dastgoh, agregat, mexanizm va
boshqalarning texnik holati qanday; 3) mazkur holda texnika xavfsizligi,
sanoat sanitariyasi qoidalari va mehnatni muhofaza qilishning boshqa
sanoat sanitariyasi qoidalari va mehnatni muhofaza qilishning boshqa
qoidalari buzilganmi? 4) agar buzilish mavjud bo‘lsa, u aniq nimadan
iborat bo‘lgan, uning hodisa bilan sababiy bog‘lanishi bormi? 5) yo‘l
qo‘yilgan buzilishlar yuzaga kelishiga nima yordam bergan? 6) qanday
chora-tadbirlar mazkur hodisaning oldini olishi mumkin edi?
Sud-tibbiyot ekspertizasi mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha asosan
o‘limning sabablarini, badanga etkazilgan shikastlarning darajasini,
jabrlanuvchining baxtsiz hodisa paytidagi ahvolini, jabrlanuvchining
kiyim-kechagi va badanidagi izlarni hamda jarohatlovchi omillarni
aniqlash uchun tayinlanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasi tirik shaxslar,
murda, kiyim-kechak yoki boshqa narsalarga taalluqli masalalarni hal
qilishi mumkin. Tergovchi ekspertga hodisa joyini ko‘zdan kechirish
ma’lumotlarni, tibbiy hujjatlarni, idoraviy tekshirish materiallarini,
ishning boshqa materiallarini taqdim etishi kerak. Ishlab chiqarish
sanitariyasi va kasb kasalliklari bo‘yicha tibbiyot mutaxassislarini jalb
etgan holda kompleks sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi mumkin.
Nihoyat, to‘plangan dalillar asosida ayblanuvchini so‘roq
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari tergov qilinayotgan hodisa sodir
bo‘lgan sohadagi ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan
kelib chiqadi. So‘roq qilish chog‘ida aniqlanadigan masalalar
texnologiya
jarayonining
xususiyatlari
bilan,
maxsus
texnik
tushunchalar va atamalar, ayblanuvchi lavozimiga ko‘ra qanday
mavqega egaligi va boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayblanuvchini
so‘roq qilishda, qoida tariqasida, quyidagilarni aniqlash kerak: 1)
mazkur mutaxassislik bo‘yicha maxsus ma’lumoti va ish staji qanday?
437
2) mazkur uchastkada texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi
ustidan qanday nazorat choralari ko‘rilgan; 3) ayblanuvchi texnika
xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarni bilganmi hamda ularga
rioya etishda unga nima halaqit bergan? 4) mazkur uchastkada ilgari
ham baxtsiz hodisalar yuz berganmi va shu munosabat bilan qanday
choralar ko‘rilgan? 5) ayblanuvchi sodir bo‘lgan hodisa sababini nimada
deb hisoblaydi va texnika xavfsizligi qoidalari buzilishida o‘z aybini tan
oladimi?
So‘roqning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan unga maxsus texnik
adabiyotlar, texnika xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar,
korxona rahbari va yuqori organlarning buyruqlarini o‘rganib chiqishdan
iborat bo‘ladigan tayyorgarlik ko‘rishga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |