7
1-BO‘LIM. KRIMINALISTIKANING UMUMIY QOIDALARI
1-MAVZU. KRIMINALISTIKANING PREDMETI,
VAZIFALARI, TIZIMI VA BOSHQA YURIDIK FANLAR BILAN
ALOQASI
Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari. Kriminalistika
tizimi. Kriminalistikaning boshqa yuridik fanlar bilan aloqalari.
Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari
Kriminalistika jinoyatlarni ochish va oldining olishda dalillarni
topish, olish, mustahkamlash va tadqiq etish bilan bog ‘liq harakatlarni
JPK ga ko ‘ra amalga oshiradigan taktik-metodologik usullari, shu
maqsadda qo‘llaniladigan ilmiy-texnik vositalar va ularni joriy qilish
to‘g‘risidagi fandir. Uning asosiy vazifasi tergov qilishda va
jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlarni ilmiy
asoslangan usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan
iboratdir.
Kriminalistikani turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atalgan –
“ilmiy politsiya”, “texnik politsiya”, “jinoiy texnika” va h.k. Bizning
davrimizda ham bu atama bir xilda qo‘llanilmaydi – bir qator
mamlakatlarda u “kriminalistik texnika” ma’nosida ishlatiladi.
Esda tuting! “Kriminalistika” (lot. “criminal” - “jinoyat”,
yunon. “logos” - “ta’limot” - so‘zma-so‘z “jinoyat haqidagi fan”
ma’nosini anglatadi) atamasi ilk marotaba XIX asr ohiri - 1908 yilda
avstriyalik olim Gans Grossning “Kriminalistika tizimi sifatida
tergovchilar uchun qo‘llanma” asarida jinoyatning tergov qilish
tehnikasi, taktikasi va metodikasini o‘rganadigan fanga nisbatan
qo‘llanilgan edi. Unda kriminalistikaga jinoyat huhuqiga nisbatan
yordamchi fan, jinoyat huhuqini amalga oshirishga qaratilgan ta’limot
sifatida yondashilgan.
Esda tuting! Kriminalistika - jinoyatni ochish va oldini olish
maqsadida dalillarni izlash, yig’ish, qayd etish va tadqiq etish boyicha
jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish
uchun qo‘llaniladigan tehnik vositalar, taktik usullar va metodlar
to‘g’risidagi fan.
8
Kriminalistikaning predmeti – jinoyatchilik mexanizmi, jinoyat va
uning ishtirokchilari to‘g’risidagi ma’lumotning vujudga kelishi,
dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash va foydalanish qonuniyatlari va
ularni bilish asosida jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishning maxsus
vosita va usullari majmui.
Kriminalistika umumiy va maxsus vazifalarni bajaradi.
Jinoyatlarni tez va to‘la ochishga erishish – bu tayyorlanayotgan
yoki sodir etilgan jinoyatning haqiqiy manzarasini ochish va ish
yuzasidan haqiqatni tiklash. Sud muhokamasiga qadar jinoyatni
ochishda tezkor-qidiruv va tergov organlari ishtirok etadi. Ulardan har
biri o‘z protsessual vakolati doirasida harakat qiladi, bunda ular
o‘zlariga xos vosita, usul va metodlarni qo‘llab, jinoyatni to‘la
ochishning umumiy vazifalarini hal qilishda hissalarini qo‘shadilar.
Kriminalistika
o‘zining ilmiy qonuniyatlariga ega. Ular
jinoyatlarni tergov qilish asoslarini o‘rgatadi. Jinoyatni tergov qilish –
qonunda ko‘zda tutilgan tartibda surishtiruv va dastlabki tergov
organlari faoliyatini tashkil etadi, bunda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar
mavjudligi yoki mavjud emasligi, uni sodir etgan shaxs aybdorligi yoki
Do'stlaringiz bilan baham: