Tergovning dastlabki bosqichi
Tergovning mazkur bosqichida quyidagi asosiy vazifalarni hal
etmoq zarurdir. Sodir bo‘lgan jinoyatning barcha elementlari: qotilning
shaxsi, jabrlanuvchining shaxsi, qotillikning maqsadi va qasdning
motivi, jinoiy harakat jabrlanuvchining shaxsiga qarashlimi yoki uning
jamiyatdagi mavqei-lavozimiga qarshi qaratilganmi, jinoyatni bir shaxs
yoki guruh tomonidan sodir qilinganmi, qotil topilmagan bo‘lsa uni
tezkor qidiruv choralarini qo‘llab yashiringan joyini aniqlash va qo‘lga
olish, jinoyat qurolini topish, g‘arazli maqsadida sodir qilingan qotillik
ishlari bo‘yicha o‘g‘irlangan, olib ketilgan qimmatliklarni qondirish
choralari ko‘riladi.
Tergovni to‘g‘ri tashkil qilish va harakatlarni tegishli oldinma-
ketinlikda olib borish uchun, aniqlanishi lozim bo‘ladigan barcha
holatlar yuzasidan tusmollar tuzish, tergovni rejalashtirish, tezkor-
qidiruv xodimlari bilan yaqindan hamkorlikda bo‘lish, qotillikning
murakkab vaziyatlarini tergov qilishda tezkor-tergov guruhini tashkil
qilish bilan olib borish zarur bo‘ladi.
Tergovning dastlabki bosqichida kechiktirib bo‘lmaydigan tergov
va tezkor harakatlarini o‘tkazmoq lozim bo‘ladi. Bulardan birinchi
navbatda qotillik hodisasi yuz bergan va jabrlanuvchining murdasi
topilgan joylar ko‘zdan kechiriladi.
Ko‘zdan kechirish harakatining umumiy tartib qoidalari mazkur
darslikning taktika qismida to‘la yoritilgan bo‘lib, qotillik jinoyatlarini
tergov qilishda sodir bo‘lgan hodisaning o‘ziga xos xususiyatlarini
nazarda tutgan holda, ko‘zdan kechirishning taktika qoidalarini qo‘llash
bilan yuqorida keltirilgan vazifalarni hal qilmoq mumkin bo‘ladi.
Jinoyat sodir bo‘lgan joy bilan jabrlanuvchining tanasi topilgan joy
bir bo‘lsa, ko‘zdan kechirish, murdadan, ya’ni markazdan boshlanmog‘i
361
ma’qul bo‘ladi, so‘ngra atrof-muhit, jinoyatchining kirish-chiqish
yo‘llari, izlar, jinoyat quroli va boshqalar ko‘zdan kechiriladi.
Qotillik jinoyatlari bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirishning
o‘ziga xos vazifalari mavjud. Birinchi navbatda jinoyat sodir bo‘lgan va
murda topilgan joylar turli bo‘lsa qon izlarining xususiyatlari, surkalish,
tomchi kabi shakllari murdaning bir joydan ikkinchi joyga olib kelishda
hosil bo‘ladi, qo‘shimcha ravishda erda sudralish izlari ham mavjud
bo‘ladi. Qotillik sodir bo‘lgan joyda topilgan murda yonida qon izlari
sachrash, oqish va ko‘p miqdorda ko‘lmak shaklda hosil bo‘ladi. Bu
belgilarning yo‘qligi murda boshqa joydan keltirilgan transport
vositasida olib kelingan, degan tusmolga asos bo‘ladi.
O‘lim vaqti murda alomatlari asosida (sovish, kotish, dog‘larning
hosil bo‘lishi, chirishi va boshqalar aniqlanadi, o‘lim sababi
jarohatlarning og‘ir-engilligi, oldinma-ketinligi va qanday quroldan
etkazilganligi, jarohatning qaysi-biri o‘limga sabab bo‘lganligi, murdani
ko‘zdan kechirishda tibbiyot sohasidagi mutaxassis ishtirokida
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |