311
o‘rtasidagi farq olingan natijalarning daliliy ahamiyatida namoyon
bo‘ladi, ularni o‘tkazish asoslari esa ko‘p jihatdan mos keladi, degan
xulosaga kelish mumkin.
Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va yozib olish tezkor
xodimning yoki tergovchidan vakolat olgan mutaxassis, aloqa
operatorining aloqa tarmoqlariga verbal axborot olish uchun ulanishini
nazarda tutadi. Bunda so‘zlashuvlar shahar, shaharlararo, xalqaro,
radiotelefon, radiorele, yuqori chastotali, kosmik aloqa tarmoqlari
orqali, shuningdek boshqa so‘zlashuv qurilmalari – verbal axborotni
uzatish radio, selektor va boshqa vositalari yordamida olib borilishi
mumkin.
Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan
so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qarorda eshitiladigan
so‘zlashuvlar qaysi qurilmalarda olib borilishi, ularning raqamlari va
boshqa
parametrlari,
qurilmalar
o‘rnatilgan
manzillar,
so‘zlashuvlarning ishtirokchilari, eshitib turish va yozib olish vaqti,
ularni amalga oshirish kimga topshirilgani ko‘rsatilishi lozim.
So‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish tergovchi yoki
surishtiruvchi, aloqa korxonasi operatori yoki surishtiruv tezkor-
texnika organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Eshitish
jarayonida jabrlanuvchi yoki tahdidlar va g‘ayriqonuniy talablar
qo‘yilayotgan boshqa shaxs ishtirok etishi mumkin.
Agar eshitib turish va yozib olishning avtomatik tartibi nazarda
tutilgan bo‘lsa, mutaxassis apparaturani ulab qo‘yishni amalga
oshiradi va nutqli axborot sifatli yozib olinishini zamonaviy texnika
vositalaridan foydalangan holda kuzatib boradi. So‘zlashuvlarni
bevosita nazorat qilish va yozib olishda mutaxasis yuqorida
ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda, axborotni eshitib
turadi, olinayotgan ma’lumotlarning tergov qilinayotgan jinoyat ishi
uchun ahamiyatini aniqlash maqsadida ularni tahlil qiladi. Buning
uchun u maxsus texnika vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari bilan
bir qatorda, sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlarga, tergovni
nima qiziqtirayotgani haqida tasavvurga ham ega bo‘lishi lozim.
Axborot chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi
mutaxassisni tanlashda tezkor-texnika bo‘linmasining xodimini afzal
ko‘rishi mumkin. So‘zlashuvlarni nazorat qilish va yozib olishda
ishtirok etishga bunday bo‘linma mutaxassisini jalb qilishning iloji
bo‘lmagan holda, ushbu maqsadda ekspertiza-kriminalistika xizmati
yoki telefon stansiyasi xodimi jalb qilinishi mumkin.
312
Nazorat qilinayotgan so‘zlashuvlarning audioyozuvini tergovchi
vaqti-vaqti bilan mutaxassis ishtirokida eshitadi, ish uchun ahamiyatli
bo‘lgan axborot esa yagona tashuvchiga ko‘chirib olinadi. Sodir
etilgan jinoyat, qilmishning izlarini yashirish, tergovga qarshilik
ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarni qayd etish uchun so‘zlashuvlarni
nazorat qilish va yozib olish uzluksiz amalga oshirilishi lozim. Bunda
jinoyatchilar uzatilayotgan axborotni yolg‘on ma’lumotlarni xabar
qilish, shifrlangan muloqot usullarini qo‘llash yo‘li bilan niqoblashlari
mumkinligini ham hisobga olish zarur. Bu tergovchiga jinoyatchilar
o‘z so‘zlashuvlarini niqoblash uchun qanday texnika vositalaridan
foydalanishlari mumkinligini aniqlash vazifasini yuklaydi.
Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan
so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni amalga oshirish muddati
mobaynida tergovchi istalgan vaqtda ularni amalga oshiruvchi
organdan fonogrammani eshitish uchun talab qilib olishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: