Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   548
E’tibor  qarating!  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 

tekshirishning 

quyidagi 

turlari 


farqlanadi. 

Ko‘rsatuvlari 

tekshirilayotgan shaxslar soniga qarab tekshiruv faqat bir shaxs, so‘ng 

ikkinchi,  uchinchi  va  hokazo  shaxslar  bilan  o‘tkazilishi  mumkin. 

Tekshiruvlar  o‘tkazilgandan  keyin  olingan  natijalar  bir-biri  bilan 

taqqoslanadi  va  ularga  umumiy  baho  beriladi.  Ko‘rsatuvlarni 

tekshirish  tergov  qilinayotgan  bitta  yoki  bir  nechta  voqeaga  nisbatan 

o‘tkazilishi mumkin. Tekshiruv tergovchiga ma’lum bo‘lgan va ilgari 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  sifatida  ko‘zdan  kechirilgan  joyda  va  agar 

jinoyat  yashirin  bo‘lib  qolgan  yoki  ochilmagan  bo‘lsa,  tergovchiga 

ma’lum bo‘lmagan joyda o‘tkazilishi mumkin. 



 

234 


natijalari  bilan  bir  qatorda,  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxs  voqea 

yuz  bergan  joyni  ko‘rsatgani,  muayyan  harakatlarni  mustaqil  ravishda 

bajarganini ham tasdiqlashlari lozimligi ko‘rsatib o‘tilishi kerak.  

Agar  bir  nechta  gumon  qilinuvchilar  (ayblanuvchilar)ning 

ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  bo‘lsa,  ularning  bir-biri  bilan  muloqot 

qilish  imkoniyati  istisno  etilishi,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  har  safar 

boshqa  xolislar  olib  chiqilishi  lozim,  shunda  ular  sudda  so‘roq 

qilinganda  turli  tekshiruvlarni  chalkashtirib  yubormaydi  va  har  bir 

tekshiruv  jarayoni  va  ularning  natijalari  to‘g‘risida  aniq  ko‘rsatuvlar 

beradi. 


Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  jarayonida 

ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  harakat  yo‘nalishini  o‘rgatish 

yoki  ishora  qilishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Tekshiruv  jarayonida  tergovchi 

ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsning  harakatlariga  baho  bermasligi 

kerak.  Aniqlik  kirituvchi  va  qo‘shimcha  savollar  unga  faqat  erkin 

so‘zlash  va  ko‘rsatish,  shuningdek  muayyan  harakatlarni  bajarish 

yakunlanganidan  keyin  berilishi  mumkin.  Tekshiruv  faqat  ko‘rsatuvlari 

tekshirilayotgan  shaxsning  roziligi  bilan  o‘tkaziladi,  aks  holda  vaqt 

behuda sarflanishi mumkin. 

Tekshiruv  jarayoni  va  natijalarini  fotosuratga  olish  yoki 

videotasvirga tushirish yo‘li bilan qayd etish shunday amalga oshirilishi 

lozimki,  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxs  oldinda  borayotgani  va 

harakat  yo‘nalishini  belgilayotganini  ko‘rinib  tursin.  Fotosuratga  olish 

yoki  videotasvirga  tushirish  yon  tomondan  amalga  oshirilgani  ma’qul, 

shunda  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxs  keyinchalik  u  video-  yoki 

fotooperator  ortidan  borganini  da’vo  qila  olmaydi.  Turli  tomonlardan 

s’yomka tekshiruv joyining o‘zida amalga oshiriladi. 

Agar  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxs  tergovga  ma’lum 

bo‘lmagan  faktlar  to‘g‘risida  ko‘rsatuvlar  bergan,  ilgari  ko‘zdan 

kechirilmagan  joylarni  ko‘rsatgan  bo‘lsa,  tekshiruv  bunday  joylarni 

sinchiklab  ko‘zdan  kechirish,  ularda  ashyoviy  dalillar  –  izlar  va 

narsalarni topish, ularni olib qo‘yish bilan to‘ldiriladi. Agar ko‘rsatuvlari 

tekshirilayotgan  shaxs  tergovga  ma’lum  joyni  ko‘rsatgan  bo‘lsa,  asosiy 

e’tibor  gumon  qilinuvchi  tomonidan  jinoyatni  sodir  etish  holatlarining 

tiklanishi  ilgari  qayd  etilgan  holatlar  bilan  qay  darajada  mos  kelishini 

aniqlashga qaratilishi lozim. 

Tekshiruvni o‘tkazishdan oldin so‘roqda tergov qilinayotgan voqea 

yuz  bergan  joy,  so‘roq  qilinuvchi  u  erga  qanday  etib  borgani,  u  erda 

nima sodir bo‘lgani, joy sharoitlarining qaysi detallarini u eslab qolgani 



 

235 


va hokazolar to‘g‘risida mumkin qadar batafsil ko‘rsatuvlar olish zarur. 

So‘roq  qilinuvchi  ushbu  joyga  bo‘lg‘usi  harakat  yo‘nalishi  sxemasini 

o‘zi chizib bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Tekshiruvda  ishtirok  etish  uchun  mutaxassislar,  sud  tibbiyoti 

xodimi,  ishchilar,  pedagog,  tarjimon,  qurolli  soqchilar  (agar  tekshiruv 

qamoqqa olingan va qochishni sodir etishi mumkin bo‘lgan ayblanuvchi 

bilan birga o‘tkazilayotgan bo‘lsa) jalb qilinishi mumkin.  

Protsessual  qonunda  ko‘rsatilishicha  mazkur  tergov  harakatini 

o‘tkazish  chog‘ida  ko‘rsatuv  bergan  shaxs  o‘ziga  ma’lum  bo‘lgan, 

tekshirilayotgan  hodisaning  ayrim  sharoiti,  holatini  tiklaydi,  ish  uchun 

ahamiyatli  bo‘lgan  narsalar,  hujjatlar,  izlar  topilgan  joylarni  ko‘rsatadi, 

ayrim  harakatlarni  namoyish  qiladi,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 

sharoitning  o‘zgarganligiga  e’tiborni  qaratadi,  o‘zining  avvalgi 

ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. 

Ushbu  tergov  harakatini  o‘tkazishda  tergovchi  hozir  bo‘lgan 

ishtirokchilarga  ularning  huquq  va  majburiyatlarini  tushuntiradi  va  bu 

to‘g‘risida  tergov  harakatining  bayonnomasida  qayd  etadi.  Tergov 

harakatining 

ishtirokchilariga 

tekshiruv 

maqsadi, 

vazifalari 

tushuntiriladi, ularning ishtirok etishdagi vazifasi belgilanadi. 

Hodisa  joyiga  kelishda  tergovchi  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan 

shaxsga yo‘lning to‘g‘riligi, hodisa joyiga yo‘nalishni ko‘rsatishni taklif 

etadi  va  boshqa  qatnashuvchilarga  bu  harakatni  diqqat  bilan  kuzatishni 

va  ayrim  ishga  ahamiyatli  bo‘lgan  holatlarga  e’tibor  berishni  tavsiya 

etadi. 


Hodisa  joyida  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxs  hech  qanday 

chetdan  ta’sir,  sha’ma  yoki  yordamchi  tushuncha  so‘zlar  kiritilmasdan 

o‘zi erkin ravishda tushuncha berishi lozim. Umumiy so‘roq o‘tkazishda 

qo‘llanadigan tartib-qoida bu holatda ham to‘liq tatbiq etilishi mumkin. 

Ba’zi hollarda mazkur tergov harakati o‘tkazilgan va hodisa ro‘y bergan 

vaqt  orasida  ma’lum  muddat  o‘tgan  bo‘ladi.  SHu  sababli  tushuncha 

berish  jarayonida  ilgari  so‘roq  qilingan  shaxs  ayrim  fakt  va  holatlarni 

yodidan  chiqarib  qo‘yishi  mumkin.  Bunday  sharoitda  tergovchi  so‘roq 

qilingan  vaqtdagi  xabar-ma’lumotlarni  uning  ko‘rsatuvidan  o‘qib  e’lon 

qiladi va shu bilan voqeaning ayrim holatlarini eslashga yordam beradi. 

Ko‘rsatuv 

bergan 


shaxs 

hodisa 


sodir 

bo‘lgan 


joyda 

tekshirilayotgan  hodisaning  sharoit  va  holatini  tiklaydi,  ish  uchun 

ahamiyatli  bo‘lgan  narsalarni,  hujjatlarni,  izlarni  qidirib  topadi  va 

ko‘rsatadi,  ayrim  harakatlarni  namoyish  qiladi,  tekshirilayotgan 

hodisada  u  yoki  bu  narsaning  qanday  ahamiyati  bo‘lganligini 



 

236 


tushuntiradi.  Mazkur  holatlarda  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxsning 

harakatiga,  tushuntirishiga  aralashish,  gap  qo‘shish  yoki  o‘rgatish  va 

ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Ko‘rsatuvlarni  tekshirish  paytida  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  atrof-

muhit  sharoitining  o‘zgarganligiga  e’tiborni  qaratish  ham  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga hodisa joyiga borish 

uchun  yo‘nalishni  ko‘rsatishni  taklif  qiladi,  shunda  barcha  tergov 

harakati ishtirokchilari birgalikda ko‘rsatilgan yo‘l bo‘yicha hodisa joyi 

tomon  yo‘l  oladi.  Ushbu  vaqtda  tergovni  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan 

shaxsning  erkin,  hech  qanday  tashqi  ta’sirsiz,  mustaqil  va  o‘z  ixtiyori 

bilan  yo‘lni  ko‘rsatib,  joyga  borishi  va  u  erda  qanday  harakat  yoki 

holatni bo‘lganligini aytishini kuzatib turadi. 

Ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxs  hodisa  joyini  umumiy 

chegarasini  belgilab  ko‘rsatadi,  tergovchining  tekshiruv,  nazorat 

qiluvchi  yoki  qo‘shimcha  savollariga  javob  beradi.  Javob  berishda 

so‘roq  qilingan  shaxs  jinoyat  sodir  qilingan  joyning  ayrim  holatlarini, 

tekshirilishi lozim  bo‘lgan faktlarni dastavval so‘roq qilinganda qanday 

tartib  va  ketma-ketlikda  so‘zlagan  bo‘lsa,  shunday  tarzda  ko‘rsatib, 

hodisa  joyidagi  o‘zgarishlarni,  buyum  va  ashyoviy  dalil  va  izlarning 

topilgan, yashirilgan joylarini ko‘rsatadi, tushuntirib beradi. 

Hodisa joyida tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga jinoiy 

harakatning  ayrim  vaziyatlarini  takror  ko‘rsatish,  uni  kerak  bo‘lsa 

qiyoslab  ko‘rsatishni  taklif  qilishi,  ayrim  holatlarni  jinoiy  hodisa  bilan 

bog‘liqligini  tushuntirib  berishini  talab  qiladi.  Tekshirilayotgan 

ko‘rsatuvdagi holatlar hodisa joyidagi vaziyatga to‘g‘ri kelmasa, ba’zida 

ziddiyatli  vaziyatlar  mavjud  bo‘lib  qolsa,  tergovchi  bular  haqida  savol-

javob qilib ziddiyatli holatlarni bartaraf qilishi zarur. 

Ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  u  erkin  so‘zlab,  tegishli 

harakatlarni  namoyish  qilganidan  so‘ng,  ko‘rsatuvdagi  ayrim  holatlarni 

aniqlashtiruvchi  savollar  berilishi  mumkin.  Tergov  harakatida  ishtirok 

etuvchilar  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxsga  tergovchining  ruxsati 

bilan savol berishlari mumkin. 

Ko‘rsatuvni  hodisa  joyida  tekshirish  natijasida  aniqlanadigan 

ma’lumotlar quyidagicha ifodalanishi mumkin: 

–  so‘roq vaqtida xabar berilgan joy haqiqatda hodisa ro‘y bergan 

joymi yoki boshqami; 

–  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  so‘roq  qilinganning  ko‘rsatuvidagiga 

to‘g‘ri keladimi; 



 

237 


–  ko‘rsatuvda bayon qilingan ashyoviy dalil topilgan joy, jinoyat 

sodir bo‘lgan yoki izlari topilgan joylar qanchalik aniqlangani; 

–  ko‘rsatuvda  qayd  qilingan  shaxsning  hodisa  joyidagi  harakati, 

qaerda va qanday harakatlarni sodir qilganligi; 

–  so‘roq qilinganning ko‘rsatuvida aytilmagan yangi holatlarning 

ma’lum bo‘lishi. 

 

Ko‘rsatuvni 



hodisa 

joyida 


tekshirishda 

tergovchining 

boshqaruvchilik  roli  va  ta’siri  sezilib  turishi  lozim.  Uning  topshiriqlari 

asoslangan,  mantiqan  ravon  va  to‘g‘ri  ta’riflangan  bo‘lishi  kerak.  Zero, 

qo‘pol va asossiz topshiriqlar doimo salbiy oqibatlarga olib keladi. 

Ko‘rsatuvni  hodisa  joyida  tekshirishda  tergovchi  ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan shaxsning ruhiy holatini, o‘zini tutishini va harakatlarini 

sinchkovlik  bilan  kuzatib  borishi  lozim.  Bu  uslub  so‘roq  qilinayotgan 

shaxs  haqiqatda  jinoiy  hodisaning  ishtirokchisi,  guvohi  bo‘lmay,  balki 

bu  to‘g‘risida  boshqalardan  eshitib,  mazkur  joydagi  holatning  barcha 

jihatlarini  bilmasligi  va  aniq  tushunchaga  ega  emasligini  aniqlashga 

yordam beradi. 

Agar  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxs  voqea  joyidagi  vaziyat 

ta’siri  ostida  o‘zining  ilgarigi  ko‘rsatuvini  rad  etib,  uni  noto‘g‘ri  deb 

e’lon qilsa, u holda ko‘rsatuvni tekshirishni darhol to‘xtatish va takroran 

so‘roq  o‘tkazishga  to‘g‘ri  keladi.  Bunday  holda  hodisa  joyida 

ko‘rsatuvni  tekshirish  harakatining  bayonnomasida  “so‘roq  qilingan 

shaxs  tekshirilayotgan  voqeaning  joyini  va  holatini  ko‘rsata  olmadi  va 

ilgari bergan ko‘rsatuvini o‘zgartirdi”, deb bayonnomada qayd etiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish