147
Tezkor-qidiruv va tergov ishlarida ko‘krakkacha, belgacha bo‘lgan
qismlari, bo‘yi baravarida yakka va guruh shaxslar qatorida tasvirlangan
fotosuratlar keng qo‘llaniladi. Bunday fotosuratlarga ko‘proq badiiy tus
berilib tayyorlanganligi va odamning o‘ziga xos tashqi qiyofasi yuzining
ayrim belgi alomatlari to‘liq aks etmasligi identifikatsiyaviy tekshiruv
uchun bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Identifikatsiyaviy tekshiruv uchun ko‘p hollarda oq-qora
fotosuratlar ishlatiladi, rangli portretlar kamroq uchrab turadi. Rangli
fotoportretning oq-qora turlariga qaraganda tekshiruv uchun bir muncha
qiyinchiliklar, hatto ikkilanishlarga olib keladi, chunki odamning tabiiy
xos bo‘lgan rang xususiyatlari suratda bir muncha o‘zgarishi mumkin,
shuningdek, rangli fotosuratlar yorug‘lik va quyosh nurlari ta’sirida
rangi o‘chib o‘zgaradi.
Fotosuratlarda aks etgan shaxsning yuzi, uning tuzilishi, ayrim
belgilarini suratga olish jarayonida yorug‘likni qaysi tomondan
berilganligiga qarab, bosh qismining to‘g‘ri-qiya tutib turishi va boshqa
sababga ko‘ra u biroz o‘zgartirib yuborishi mumkin, shuning uchun
fotoportret asosida shaxsni aniqlash ishini dastavval fotosuratdagi
tasvirlangan odamning yuzini, uning qarashi (nigohi)ga, yorug‘lik qaysi
tomondan berilganligi, boshning holati va hokazolarga e’tibor berish
lozim. Bundan tashqari fotoportretda ayolning tasviri ifodalangan bo‘lsa,
uning sochi, yuzidagi kosmetik moddalar (bo‘yalgan qosh, kiprik, lab)
kabilar
yuz
tuzilishidagi
haqiqiy
belgilarni
tasvirlash
uchun
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Fotosuratda tasvirlangan, umum
tuzilishni kuzatishda yuzning qaysi qismi (o‘ng, chap, pastki-yuqorisi)
aniqroq aks etgan yorug‘lik nurlari bir xilda yoki qisman ayrim joylarini
yoritganligini ajratib, shu nuqtalardagi belgi alomatlarini tasvirlash
mumkin. YUzning tuzilishi undagi belgilarning fotosuratda aks etishiga
boshning holati (rakursi) ta’sir etadi. SHuning uchun suratga tushirish
vaqtida bosh yuqoriga yoki pastga, chap yoki o‘ngga qaratilganda yuz
tuzilishidagi alomatlarning shu sharoitga ko‘ra biroz bo‘lsada o‘zgarishi
ham inobatga olinishi lozim.
Odam murdasining fotoportretini kuzatish va o‘rganishda uning
tashqi qiyofasidagi (yuzi va ko‘rinarli qismlarida) jarohatlar murdaning
o‘zgarish alomatlari (chirishi natijasida) hayotiy davrdagi tasvirdan
ancha farq etadi. Ularga jiddiyroq e’tibor bermoq lozim. Ba’zida
murdani yuzi fotosuratga tushirishdan oldin uning yuzidagi qon va
boshqa moddalar yuvilib, jarohatlarni tekislash (tualet) o‘tkaziladi.
148
Bunday hollarda murdani ko‘zdan kechirish va fotosuratga olish
jarayonida qayd etilgan bayonnoma bilan tanishib chiqmoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: