Ma’lumot uchun!
Qaror, ajrimda ekspert hal qiladigan masalalar
aniq va ravon savollar tariqasida ko‘rsatiladi. Masalan; “15.05.1995
yilda “M” nomidan yozilgan arizaning chap tomonidagi “tekshirib hal
qilinsin...” - degan yozuv “M” tomonidan yozilganmi. Yozuv tagida
“R” ning nomidan qo‘yilgan imzoni “R” ning o‘zi bajarganmi?
Arizaning asosiy matni yuqoridagi buyruqni ifoda etuvchi yozuv va
imzolar bir kishi tomonidan yozilganmi? kabi savollar bo‘lishi
mumkin.
126
qilinadi. Imzo namunalarini bajarishda gumon qilinuvchi har bir varaqqa
alohida yozishi talab qilinadi, oldingi yozilgan imzosini kuzatib turish
imkoni bo‘lmasligi lozim. Bu dastxat (imzo) namunalarini bajarishda
gumon qilinuvchining o‘z xatini (imzosini) o‘zgartirib yozish imkonini
kamaytiradi.
Ekspertiza tayinlash haqidagi qaror (ajrim)da tekshiriluvchi
hujjatlar
bilan
bir
qatorda
hujjat
rekvizitlari,
eksperimental
namunalarning necha varaqdaligi alohida qayd etiladi.
Nazorat savollari:
1.
Ashyoviy dalil sifatida hujjatlarni kriminalistik tekshirishning
ahamiyati nimalardan iborat? Ushbu protsessual harakat ko‘proq qaysi
jinoyatlar bo‘yicha qo‘llaniladi?
2.
Kriminalistik xatshunoslik nima? Dastxatning identifikatsiyaviy
belgilari qanday aniqlanadi?
Kazuslar:
1-kazus
Navoiy viloyati Qaranda tuman prokuraturasi 2014 yil 11 martdagi
“Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar
ijrosini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora tadbirla to‘g‘risida”gi
Prezident farmoni ijrosi ustidan tegishli nazorat tadbirlari olib borildi.
Xususan Karmana tumanida yashovchi fuqaro I.ning arizasi yuzasidan
o‘tkazilgan tekshirishdan 2014 yilning may oyida fuqaro M. tomonidan
qarindoshlari S. va J.larning imzolarini qalbakilashtirib ularning
nomidan dehqon xo‘jaligi uchun er ajratish to‘g‘risida tuman hokimi
nomiga soxta ariza tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun xokimlik xuzuridagi
er ajratish komissiyasiga taqdim qilinganligi aniqlandi.
Tuman xokimligi xuzuridagi er ajratish komissiyasi azolari o‘z
mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, dehqon xo‘jaligi uchun er ajratish
to‘g‘risida tuman xokimi nomiga yozilgan soxta arizaga tegishli tartibda
xulosa berib, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er ajratish to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Ushbu vaziyatda imzoni qalbakiligini aniqlashda qanday turdagi
ekspertiza tayinlanadi? Qo‘lyozma matnlarni kriminalistik umsulda
tekshirishda qanday usullardan foydalaniladi? Arizani
127
soxtalashtirish va imzolarni aniqlashda qanday dalillarni qo‘lga kiritish
lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |