Nazorat savollari:
1.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
2.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha
jinoyat ishini qo‘zg‘atish
va
isbotlash xususiyatlarini ta’riflab bering.
Kazuslar
1-kazus
2014 yil 25 oktyabrda bir guruh fuqarolar tomonidan “Baxsar”
OAK pivo ishlab chiqaruvchi korxona ustidan ariza tushgan. Fuqarolar
arizada zavod tomonidan atmosferaga chiqaralayotgan zaharli
moddalardan nafas olish imkoniyati bo‘lmay qolayotgani to‘g‘risida
shikoyat qilishgan. Fuqarolar Aliboev B., Jumanov D. Aliev K.lar astma
kasallagi bilan origani bois xavodagi zaharli moddalar ularning
sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan. Fuqaro Jumanov D.
shifoxonada vafot etgan. Tibbiyot xulosasiga ko‘ra o‘limni yuzaga
475
kelishiga kislorod yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan
“Baxsar” OAK ko‘zdan kechirilganda atmosferaga chiqarilayotgan
gazlar miqdori belgilangan konsentrat miqdoridan oshmagani, gaz
miqdorini o‘lchovchi moslama oxirgi marta 2014 yil 20 oktyabrda
ko‘rikdan o‘tkazilganini aniqlagan.
Holat bo‘yicha jinoyat ishini kriminalistik tavsini bayon qiling.
Isbotlash jarayoni qanday tashkil etilishi lozim? Tergovchi qanday
qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazilishi zarur? Holat yuzasidan
tergov versiyalari va rejasi qanday shakllantiriladi?
2-kazus
2014 yil 23 mayda Sh.Rashidov tumani, A.Nabiev ko‘chasi, 6 uyda
iste'qomat qiluvchi fuqaro Samadov R. “Yantar” MChJ tomonidan
tuman yaqinadagi oqova suvga oqizilgan zaharli moddalardan terakzori
qurib qolgani bo‘yicha tuman prokuraturasiga murojaat qilgan.
Shuningdek, Fuqarolar Aliev B., Do‘stov D. Azimov K.lar ham ariqdagi
suv zaharlanishi oqibatida chorva mollari zaharlangani to‘g‘risida
“Yantar” MChJ ustidan ariza berishgan. “Yantar” MChJ mazkur
davolarni rad qilib, bunga aloqasi yo‘qligini asoslab tergovga tegishli
hujjatlarni taqdim qilgan.
Tergov jarayonida “Yantar” MChJ to‘liq ko‘zdan kechirilgan va
shubxali holatlar aniqlanmagan. Biroq fuqaro (cho‘pon) Irismetov A.
“Yantar” MChJ ga taaluqli VAZ rusumli, davlat raqami 455 KLA
bo‘lgan, zaharli chiqindi tashish uchun mo‘jjallangan avtotransport
vositasini har kuni shom vaqtida tuman yaqinadagi oqova suv oldida
to‘xtab turishini aytib ko‘rsatuv bergan. Tergovchi hodisa joyini ko‘zdan
kechirilganda u yerdan zaharli moddalar va transport vositasiga taaluqli
neft mahsulotlari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi. Tergovchi jinoyatni
aynan kim tomonidan sodir etilganini aniqlash maqsadida “Yantar”
MChJ haydovchilari fuqaro Bekov R., Zoidov S., Saidov L.larni
tergovga chaqirgan. Biroq, fuqaro Irismetov A. uyida chiqqan yong‘in
natijasida ko‘zlari ko‘rmay qolgani, tanasining 3/1 qismi kuyib ketgani,
o‘zi davolanish uchun shahar shifoxonasiga yotqizilgani bois tergovda
qatnasha olmagan. Fuqaro Irismetov A. kasalxonada vafot etdi.
Holat bo‘yicha jinoyat ishini kriminalistik tavsini bayon qiling.
Isbotlash jarayoni qanday tashkil etilishi lozim? Holat yuzasidan
476
qanday qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazilishi zarur? Tergov
versiyalari va rejasi qanday shakllantirilishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |