Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi 
Tergov eksperimentini tashkil etish: a) uning maqsadi va hal 
qilinadigan vazifalarni belgilash; b) uni o‘tkazish vaqti, joyi va 
sharoitlarini belgilash; v) tajribalar tuzilishi va oldinma-ketinligi xayoliy 
modelini tuzish; g) tergov harakati ishtirokchilarini va ulardan har 
birining rolini belgilash; d) tajriba o‘tkazish uchun zarur narsalar va 
texnika vositalarini tayyorlash, ularni qayd etish usullarini belgilashdan 
tarkib topadi. 
Murakkab vaziyatlarda bo‘lg‘usi tergov eksperimentining mufassal 
yozma rejasini tuzish, unda tajribalarning tashkiliy va texnik-
krimenalistik ta’minoti, tuzilishi, ularni o‘tkazish variantlari, erishilgan 
natijalarni qayd etish usullarini nazarda tutish zarur.
Bo‘lg‘usi tergov eksperimentining maqsad va vazifalarini belgilash 
tergov qilinayotgan jinoyatning tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilishi 
lozim bo‘lgan holatini aniqlashtirishni anglatadi. Ekspertimentni 
o‘tkazish vaqti, joyi va sharoitlarini belgilash uchun tergovchi ba’zan 
tergov qilinayotgan jinoyat ishi materiallariga murojaat etishi kerak 
bo‘ladi. O‘tkaziladigan tajribalarning tuzilishi va oldinma-ketinligini 
belgilash, ularning xayoliy modelini tuzish tergovchiga bo‘lg‘usi tergov 
harakati ishtirokchilari tarkibi va sonini aniqroq belgilashga yordam 
beradi. Masalan, ayrim vaziyatlarda tergovchiga yordamchi, mutaxassis, 
ikkita emas, balki to‘rtta xolis kerak bo‘lishi mumkin. 
Tajriba harakatlarini, odatda, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan 
shaxslar (gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar, guvoh-
shohidlar) bajaradi. Sub’ektning shaxsiy xususiyatlari emas, balki biron-
bir hodisaning mavjud bo‘lishi imkoniyati tekshirilayotgan hollarda 
tergovchi zaruriy tajriba harakatlarini bajarish uchun ish yakunidan 
manfaatdor bo‘lmagan shaxsni taklif qilishi mumkin. 
Agar tergov eksperimenti natijalari tekshirilayotgan shaxsning 
ko‘rsatuvlarini rad etgan bo‘lsa, o‘tkazilayotgan tajribalarda mazkur 
sub’ektning ishtiroki ayniqsa foydali va psixologik jihatdan muhim 
bo‘ladi. Ilgari bergan ko‘rsatuvlarining haqiqatga zid ekanligini tajribada 
ko‘rgach, gumon qilinuvchi, guvoh ko‘pincha haqqoniy ma’lumotlarni 
beradi. 
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tergov eksperimentini o‘tkazishda 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki ixtiyoriy bo‘lishi kerak. 
Mazkur tergov harakatida guvoh-shohidlar va jabrlanuvchilar o‘z 


217 
ixtiyoriga qarshi ishtirok etishi ham muammolarni keltirib chiqaradi, 
ayniqsa ularning shaxsiy, sub’ektiv xususiyatlari tekshirilayotgan bo‘lsa. 
Agar ular tergov eksperimentida ishtirok etishga majbur qilingan bo‘lsa, 
erishilgan natijalarga aniq baho berish qiyinlashadi. 
Tergov eksperimentini o‘tkazishga kirishishdan oldin tergovchi 
uning ishtirokchilariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, rejalashtirilgan 
tajribalar maqsadini va har bir ishtirokchining rolini tushuntirishi lozim. 
Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin 
tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik 
to‘g‘risida ogohlantirilishi kerak.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa 
sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq 
holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-
alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va 
holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Ushbu qoidaga rioya etish 
tergov eksperimenti natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi, shu 
sababli prinsipial ahamiyatga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, 
mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. 
Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga 
taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok 
etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning 
e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi 
mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga 
aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga 
haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati 
bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish