73
uchun
kerak
bo‘ladi.
Suratdagi
predmetlarning
rangi
va
fotomateriallarning turiga qarab suratda u yoki bu kamchiliklar bo‘lishi
mumkin. Masalan, qizil, havorang, ko‘k, jigarrangli predmetlar o‘zining
rangidan to‘qroq chiqadi. Fotoapparat bilan
suratga olinganda nuqtalar
voqea sodir bo‘lgan joyda tartib nomeri bilan belgilanishi va
tayyorlangan fotosuratga mos kelishi kerak.
Guvoh, ayblanuvchining ko‘rsatuvi bilan voqea joyini suratga
olganda bayonnomada suratga olingan ob’ektlar fotografiya usullari,
olingan soni ko‘rsatiladi. Bir ob’ekt ustida bir necha shaxslarning
ko‘rsatuv fikri bo‘lishi uchun har xil yorug‘lik
filtrlari, negativ va
diafragmani o‘zgartirib olish va belgilash mumkin. Tergov eksperimenti,
tanib olish uchun ko‘rsatish va tintuvda ob’ektni aniqlash uchun
fotografiya usuli va kadrlar sonini ko‘rsatish etarli. Bayonnomaga
kiritilgan suratlar tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi. Matn suratning
orqa tomoniga yoki kattaroq oq qog‘ozga yopishtirilgan suratning tagiga
yoziladi.
Muhim alomatlar nomer yoki belgi bilan ko‘rsatiladi.
Tanib olish
uchun olingan surat tasviri ko‘rsatilgan shaxsning ismi, familiyasi,
otasining ismi tushuntirish matnida beriladi. Suratlar tergovchi yoki
surishtiruv olib borgan shaxs tomonidan imzo qo‘yilib tasdiqlanadi.
Bayonnomaga xolislar va tergovchi imzo qo‘yadi.
Ekspert-kriminalistlar tayyorlagan fotosuratlarni o‘zining maxsus
shakldagi surat jadvali blankasiga yopishtiriladi. Fotografiya yordamida
olib borilgan tekshirishlar ekspert xulosasining
tekshirish qismida
yozilgan bo‘lishi kerak. Fotoapparat modeli, ob’ektiv markasi, yorug‘lik
manbai, yorug‘lik filtri va fotoyorug‘lik sezuvchi materiallar
ko‘rsatiladi. Xulosa jadvalga havola qilinadi, ob’ektning xarakterli
belgilari ko‘rsatiladi. Belgi bilan kontrol surat ham ko‘rsatiladi, suratlar
tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi, unda suratga olingan ob’ekt uchun
E'tibor qiling! Tushuntirish matnida quyidagilar bo'lishi kerak:
suratga tushirilgan ob'ektning nomi;
voqea joyining ko'rinishi;
predmetlarni daliliy ashyolarni to'plash va shunga o'hshash
tergov harakati
olib borilgan kuni, vaqti, surat yopishtirilgan
bayonnomaga ilova qilinadi.
74
Tadqiqot fotosurat olish usullari
Yorqinlikni kuchaytirish
Rangini o'zgartirish
Fizikaviy, kimyoviy o'zgarishlar
Infraqizil nurlarda
Ultrabinafsha
Rentgen nurlardi
Radioaktiv moddalarning nurlarida
Tergov harakatlarini yuritishda fotosuratlar qo'llashni protsessual
rasmiylashtirish
Yoruqlik
sharoitlari
Suratga olingan ob'ektlar
Suratga olgan shahs haqida ma'lumotlar
Fotosuratga olishning tehnik vositalari va
sharoitlari (kamera turi, ob'ektiv rusumi,
plyonka sezgirligi, diafragma, muhlat,
qo'shimcha sharoitlar)
Tergov harakatlari bayonnomasida
ifodalash
Fotosuratlarni blankaga yopishtirish
Tasvirning ahamiyatga
molik detallarini
belgilash (chiziqlar, harflar, raqamlar
yordamida)
Suratlarni tushuntiruvchi so'zlar
Surat jadvalini tergovchi va suratga olgan
shahs imzosi bilan tasdiqlash
Foto jadvalni rasmiylashtirish
qo‘yilgan belgining ahamiyati tushuntiriladi.
Har bir jadval ekspert
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kino suratlarni rasmiylashtirishda bo‘lgan hodisa bayonnomada
ko‘rsatiladi. Protsessual qoidalarga rioya qilib surati olingan ob’ektning
xarakteri, epizodlarning olingan soni, qisqa mazmuni, suratga olish
usullari, kinoapparatning modeli, ob’ektiv markasi, kadrlarning aylanish
tezligi, yorug‘lik turi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: