Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   372
Bog'liq
kriminalist

usulidir
. Qotillik sodir qilish usuliga ishlatilgan qurol, vosita, harakat, 
jinoyatga avvaldan tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat izlarini yo‘qotishga 
urinish kabi holatlar kiradi. 
Uy-ro‘zg‘or janjallari, rashk, bezorilik, spirtli ichimlik va giyohvand 
vositalar ta’siri ostida sodir qilinadigan qotilliklar deyarli oldindan 
tayyorgarlik ko‘rilmasdan sodir qilinadi. Qotil qo‘liga duch kelgan 
predmet qurol (pichoq, tesha, bolta) yoki boshqa vosita bilan jarohat 
etkazib, maqsadiga etadi. 
Qotillik g‘arazli maqsadda yoki jabrlanuvchining lavozimi, xizmat 
vazifasiga qarshi qaratilgan bo‘lsa, jinoyatchi oldindan tayyorgarlik 
ko‘radi, joyini, vaqtini va qurolni belgilab qo‘yadi, bunday hollarda o‘q 
otish quroli, portlovchi moddalarni tayyorlaydi. Qasdini amalga 
oshirgandan so‘ng qotil qurolni, otilgan o‘q va gilzalarni ham olib 
ketishga, oyoq va qo‘l izlarini qoldirmaslikka harakat qiladi. Bu holatlar 
qotilning shaxsi haqida ma’lumotlarni olish va uni kimlar orasidan 
qidirishni qiyinlashtiradi. 
Qotillik jinoyatining izlarini va jabrlanuvchining murdasini 
yo‘qotishga qaratilgan harakatlar ba’zida qotillikka boshqa hodisa tusini 


355 
berish uchun niqoblash usullarini ham qo‘llash hollari uchrab turadi. 
Qotil qurbonini xushsizlantirib yoki unga og‘ir jarohat etkazib, xonaning 
eshik-derazalarini berkitib o‘t qo‘yib ketadi, tepalik – balandlikdan itarib 
yuboradi, “o‘ziga o‘zi qasd qilgan” – niqobi tusini yaratadi va hokazo. 
Jabrlanuvchining 
shaxsini 
aniqlash 
tergovning 
dastlabki 
bosqichida to‘g‘ri tusmollar tuzishga va gumon qilinuvchini topishga 
yordam beradi. 
Qotilning ba’zi harakatlari – jabrlanuvchiga nisbatan o‘ta 
rahmsizlik bilan ko‘p jarohat etkazishi, o‘zining yaqin qarindoshi, oila-
a’zolari, yosh bolalarni o‘ldirishi, ularning murdalarini mayda 
bo‘laklarga bo‘lib, har joylarga tashlashi, uning aqli norasolugidan xabar 
beradi, bunday hollarni tipik vaziyatlarga kiritish mumkin. 
Tergov amaliyotida boshqacha noodatiy hollar ham uchrab turadi. 
Qotil qurol bilan muomala qilishni yaxshi biladi, harbiy xizmatda yoki 
alohida mashq asosida otish yoki sovuq qurollarini qo‘llashlikni 
egallagan bo‘lib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishni va sodir qilgandan 
so‘ng uning izlarini yo‘qotishni avvaldan belgilab qo‘yadi. Bunday 
vaziyatlar tergovni dastlabki bosqichida bir muncha murakkablikni 
keltirib chiqaradi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish