292
19-MAVZU. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH
TAKTIKASI
Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari.
Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish.
Tanib olish uchun
ko‘rsatish tartibi, taktik usullari va rasmiylashtirish tartibi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari
SHunday qilib, narsa yoki shaxsni tanib olishning mohiyati uni
tanib oluvchining xotirasida saqlanib qolgan xayoliy obrazga ko‘ra
identifikatsiya qilishdan iborat. SHu sababli unga identifikatsiya
nazariyasining solishtirishni to‘g‘ri tashkil etish, o‘tkazish va olingan
natijaning ishonchliligini baholashga
yordam beradigan umumiy
qoidalari tatbiq etiladi.
Ko‘rib chiqilayotgan tergov harakati ancha keng tarqalgan, ammo u
ko‘pincha shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, ozodligi, sha’ni va qadr-
qimmatiga qarshi, shuningdek mulkka va jamoat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarni tergov qilish jarayonida o‘tkaziladi. Tanib olish uchun
ko‘rsatish ob’ektlari odamlar,
turli narsalar, murdalar va ularning
qismlari, uy havonlari bo‘lishi mumkin. Bevosita tanib olish va bilvosita
(fotosurat, videokadr, fonogramma, gologramma va hokazolarga ko‘ra)
tanib olish farqlanadi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish boshqa tergov harakatlaridan sezilarli
darajada farq qiladi.
Uni yuzlashtirish, guvohlantirish va boshqa tergov
harakatlari bilan almashtirish mumkin emas. Jabrlanuvchi yoki guvoh-
shohid tomonidan, masalan, gumon qilinuvchining tanib olingani uni
ushlashni amalga oshirgan ichki ishlar
organlari xodimlarining
Esda tuting! Tanib olish uchun ko‘rsatish
– O’zR JPKning
125-moddasi bilan tartibga solinadigan, guvoh, jabrlanuvchi, gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga ko‘rsatilgan o‘xshash ob’ektlarni
kuzatib, ularning belgilarini o‘z xotirasida
aks etgan xayoliy obraz
bilan solishtiradigan va ularning o‘rtasida ayniylik mavjudligi yoki
mavjud emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etishidan iborat bo‘lgan
tergov harakati.
293
bildirgisida, yuzlashtirish yoki boshqa tergov harakati bayonnomasida
aks ettirilgan bo‘lishi mumkin, ammo ushbu faktning daliliy ahamiyati
tanib olish uchun ko‘rsatish natijasining daliliy ahamiyati bilan
tenglasha olmaydi, chunki uni o‘tkazish mufassal tartibga solingan.
Tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatishni
faqat identifikatsiya
qilinayotgan ob’ekt so‘roq qilinuvchi tomonidan kuzatilgani aniqlangan
va undan mazkur ob’ektni u tanib olishi mumkinligi to‘g‘risida ariza
olingan holda o‘tkazishi lozim. Aks holda, shuningdek so‘roq qilingan
shaxs mazkur ob’ektni yana bir marta, masalan,
gumon qilinuvchini
ushlashda ishtirok etish jarayonida yoki politsiya bo‘limida ko‘rgan
bo‘lsa, uni tanib olish uchun ko‘rsatish o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Kriminalistika
umumiy
psixologiya
va
sud
psixologiyasi
yutuqlariga asoslangan holda, ilgari kuzatilgan kriminalistik ahamiyatga
molik ob’ektlarni keyinchalik ularning alohida xususiyatlari va
belgilarini eslash orqali to‘g‘ri tanib olish mumkinligini namoyish etgan.
Tanib olishning muvaffaqiyati kuzatish sharoitlari va davomiyligiga,
tanib oluvchining shaxsiga, uning o‘sha paytdagi holatiga,
tergovni
qiziqtirayotgan ob’ekt alohida belgilarining bo‘rtib namoyon bo‘lish
darajasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan.
Tanib olish uchun ko‘rsatishning axborot modeli bo‘lib
qidirilayotgan ob’ekt obrazining tanib oluvchi tomonidan kuzatilgan
belgilari, tekshirilayotgan ob’ektning o‘xshash belgilar orasidan o‘rin
olgan belgilari, tanib oluvchining ularni solishtirishi va ushbu
belgilarning mos kelishi yoki bir-biridan farq qilishi to‘g‘risidagi
xulosani ta’riflashi xizmat qiladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tanib olish uchun ko‘rsatishning bu
uch bosqichi, odatda, bir vaqtda amalga oshirilmaydi.
Qidirilayotgan
ob’ektni kuzatish tergovdan oldingi bosqichda, protsessual faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: