E’tibor qarating!
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari
ro‘yxati O’zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining 1998 yil 22
maydagi qarori bilan tasdiqlangan. Unda
67
turdagi giyohvandlik
vositalari va
22
turdagi psixotrop moddalarning o‘lchami – oz,
ozginadan ko‘proq va ko‘p miqdorga mansubligi ham belgilangan.
Mazkur masala BMTning Qonunga xilof muomaladagi giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurash to‘g‘risida
Konvensiyasiga (1988 yil) asoslanib hal etilgan. Konvensiyada ana
shu vosita va moddalarni tayyorlashda foydalaniladigan
22
xil
kimyoviy moddalar-prekursorlar ham nazarda tutilgan.
532
ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
haqida”gi qarori talablariga rioya qilinishi shart.
Noqonuniy ravishda giyohvandlik vositalarni tarqatish bilan
bog‘liq jinoyatlar jinoyatchining xatti-harakatlariga qarab biri
ikkinchisidan keskin farq qiladi. Ammo sog‘lom aholini falaj qilish, bu
vositalarning iste’moli natijasida odam organizmida turli xil muddatda
betakror o‘zgarishlarga olib kelishi, keyinchalik esa unga batamom
ruhiy nogironlikka mubtalo bo‘lib qolishlari bilan bog‘liq oqibatlari
ularni birlashtirib turadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan giyohvandlik
vositalari deganda, bir yoki bir necha xil o‘simliklardan yoxud sun’iy
moddalarda tayyorlangan, dastlab iste’mol qilish natijasida odam
markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatib, ruhan taskinlik beradigan,
ko‘proq iste’mol qilish natijasida kayfiyatni haddan tashqari ko‘tarib
yuboradigan, oxir oqibat gangitib go‘ng holatga soladigan vosita
nazarda tutiladi.
Giyohvandlik vositalarini muntazam iste’mol qilish odam
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faoliyati va asabini izdan
chiqaradi, ruhiy kasallikka uchratadi. Bunday odamning mehnat
qobiliyati pasayadi, qisqasi shaxsni tanazzulga duchor qiladi, nojo‘ya
xatti-harakatlar sodir etishga olib keladi.
YUqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga ega va maxsus
giyohvandlik vositalar ro‘yxatiga kiritilgan, xalqaro yagona konvensiya
nazoratida bo‘lgan o‘simliklardan sanoat asosida yoki xonaki
tayyorlangan vositalar g‘ariqonuniy hisoblanadi. Nazoratda bo‘lgan
bunday vositalar ro‘yxati psixotropik xususiyatiga ega bo‘lgan
(ruhiyatga ta’sir etuvchi) yangi dorivor vositalar hisobiga muttasil
ko‘payib bormoqda. Ularni davolashdan boshqa maqsadlarida ishlatish
holatlari ko‘payganligi sababli bunday moddalardan foydalanish qat’iy
ravishda huquqiy tartibga solindi. Bunday moddalarga nisbatan
noqonuniy xatti-harakatlar narkotik moddalarga nisbatan boshqacha
javobgarlik holatlari belgilab qo‘yilgan.
Giyohvandlik vositalar bilan noqonuniy harakatlar to‘g‘risidagi
ishni tergov qilishda jinoyat sub’ektining o‘ziga xos tomonlarini hisobga
olish kerak: ko‘p holatlarda aybdor shaxs giyohvandlik vositalariga
mukkasidan ketgan bo‘ladi, ya’ni usiz tura olmaydi. Giyohvandlik
mushkul oqibatlarga olib kelishini tergov jarayonida e’tiborga olish
kerak
(giyohvandlarni
so‘roq
qilish,
yuzlashtirish,
tergov
eksperimentlari o‘tkazish kabilar). Giyohvandlarning tipik belgilari
yolg‘on so‘zlash, ahloqiy tanazzulga yuz tutish va aqlan zaiflashib
533
qolishdir. Narkotik ochiqish sharoitida shaxsning qulog‘iga gap
kirmaydi, u atrof-muhitni real tasavvur qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |