project.gov.uz
06.06.2022
54
Ushbu bob talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallarini davlat
roʻyxatidan oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish – tuman (shahar) davlat
xizmatlari markazining (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) ushbu
Kodeks doirasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis va boshqa hujjatlarni tekshirish
yoʻli bilan yuridik shaxs tashkil qilingani, qayta tashkil etilgani, uning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritilganini rasmiylashtirish, shuningdek, yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi guvohnomani berish, yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va ushbu
Kodeksga asosan boshqa maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga (bundan buyon
matnda Reyestr deb yuritiladi) kiritish boʻyicha harakatlaridan iborat.
Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxsni (yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs boʻlmagan
dehqon xoʻjaliklari va oilaviy tadbirkorlik subyektlarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish – roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organning ushbu Kodeks doirasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan
hujjatlarni tekshirish yoʻli bilan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlganini,
yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaliklari va oilaviy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligini
rasmiylashtirish, shuningdek tegishli tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
guvohnomani berish va jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlganligi, yuridik
shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligi toʻgʻrisida hamda
ushbu Kodeksga asosan boshqa maʼlumotlarni Reyestrga kiritish boʻyicha harakatlaridan iborat.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqdim etilgan hujjatlar va ularda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan rad
etish asoslarining yoʻqligini oʻrganish natijasida tadbirkorlik subyektlarini ularni bir vaqtning oʻzida
davlat soliq xizmati va davlat statistika organlarida “yagona darcha” prinsipi asosida hisobga qoʻygan
holda davlat roʻyxatidan oʻtkazishning tezlashtirilgan jarayonini ifoda etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning davlat soliq xizmati va davlat statistika organlari bilan
oʻzaro hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: