Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

138-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta
roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topish asoslari
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va davlat roʻyxatidan qayta
oʻtkazishni haqiqiy emas deb topish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori kuchga kirgan sanasi koʻrsatilgan holda, tegishli sudning
muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
139-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish


project.gov.uz
06.06.2022
65
Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etish uchun
asos boʻladi:
davlat boji toʻlanmaganligi yoki uning toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlanganligi;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan hajmda
taqdim etilganligi;
qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash
(xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi
– ustav fondi (ustav kapitali) miqdori oʻzgartirilishi, ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtgan, qayta tashkil
etilgan taqdirda;
aksiyalari bekor qilinmagan holatlarda qayta tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan hujjatlar
taqdim etilgan taqdirda;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va davlat
roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etish uchun qoʻshimcha ravishda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan chet el
investitsiyalari ulushi miqdorining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan eng
kam ulush miqdoriga nomuvofiqligi asos boʻladi.
Davlat ishtirokidagi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat
roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etish uchun mazkur moddaning birinchi
qismida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik
berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi asos boʻladi.
Ustav fondi (ustav kapitali) miqdorining oʻzgartirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga
oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etish
uchun mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan
hujjatlarning va (yoki) maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi asos boʻladi.
Yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki)
qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni boshqa asoslarga,
shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etish rad etish asoslari
bartaraf etilishi sharti bilan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish
uchun qaytadan topshirishga toʻsiq boʻla olmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tegishlicha soʻrovnomani, arizani olgan paytidan boshlab ushbu
Kodeksning 130-moddasida nazarda tutilgan muddat mobaynida Tizim vositasida Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni,
davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishni rad etishni rasmiylashtiradi va Tizim vositasida soʻrovnomada,
arizada koʻrsatilgan usullar bilan bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchilar toʻlangan davlat bojini qaytarishni talab qilish huquqiga ega emas, bundan
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan summalar mustasno.
Ariza beruvchilar davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni
mobaynida davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish uchun davlat boji toʻlamagan holda takroran murojaat
qilish huquqiga ega.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish rad etilganda, shuningdek ushbu



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish