e-qaror.gov.uz
22.01.2022
17
Яккабоғ туман ҳокимининг
2021 йил 10 сентябрдаги
418-4-68-Q/21-сон қарорига
5-илова
Tuman hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari
bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida.
NAMUNAVIY NIZOM1-bob.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida»gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining
hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining,
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining
vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2 . T u m a n h o k i m i n i n g o ‘ r i n b o s a r i o ‘ z f a o l i y a t i d a O ‘ z b e k i s t o n
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining
hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlariga, tuman hokimining qaror va
farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining
samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli
bajarilishini tashkil etish uchun Viloyat hokimining oldida shaxsan javobgar hamda xalq
deputatlari tuman Kengashi oldida hisobdordir.
4. Tuman hokimining o‘rinbosari tegishlicha tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish
bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy
nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
6. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan
tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
2-bob. Tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarini
qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |