MEHNAT QILISHGA BO‘LGAN KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA O‘RGATISH.
AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI:
LOYIHA QIZIQARLI O‘YIN TARZDA 3 BOSQICHDA AMALGA OSHIRILADI.
AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI:
1-BOSQICHDA:
SINF O‘QUVCHILARI 2 JAMOAGA BO‘LINADI.
O‘YIN SHARTLARI VA QOIDALARINI KELISHIB OLADI.
HAFTA UCHUN BITTA BADIIY ASAR VA FAN DARSLIKLARIDAN TAYYORGARLIK KO‘RIB BORADI.
AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI:
2-BOSQICHDA:
JAMOALAR HAFTA SO‘NGIDA NOODATIY SHASHKA O‘YINI ORQALI G‘OLIB JAMOANI ANIQLAYDILAR.
AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI:
O‘YINNI BORISHI:
SINF DOSKASIGA O‘TILADIGAN FAN DARSLIKLARI NOMI VA KELISHILGAN BADIIY ASAR NOMI YOZIB QO‘YILADI. JAMOALARDAN BITTADAN ISHTIROKCHI KELIB O‘YINNI BOSHLAYDI. BUNDA OQ DONADA O‘YNAYOTGAN O‘YINCHI DOSKADA KO‘RSATILGAN FANDAN BITTA SAVOL BERIB BITTA YURUSHNI AMALGA OSHIRADI. RAQIBI SAVOLGA JAVOB TOPA OLSA, JAVOB YURISHINI AMALGA OSHIRADI. TOPA OLMASA, YURMAYDI. QORA DONADA O‘YNAYOTGAN ISHTIROKCHI HAM O‘SHA FANDAN SAVOL BERIB BITTA YURISHNI AMALGA OSHIRADI. RAQIBI JAVOB TOPA OLSA, JAVOB YURISH QILADI, TOPA OLMASA YURMAYDI. JAMOA ISHTIROKCHILARI BITTA FANDAN BITTADAN SAVOL JAVOB QILIB O‘Z O‘RINLARINI BOSHQA JAMOADOSHLARIGA BO‘SHATIB BERADI. JAMOANING BOSHQA A’ZOLARI HAM NAVBATDAGI FANDAN BITTADAN SAVOL JAVOB QILIB YURISHLARNI AMALGA OSHIRADI O‘YIN SHU TARZDA DAVOM ETTIRILADI. O‘YIN PAYTIDA BERILGAN SAVOLGA JAMOANING BOSHQA A’ZOSI JAVOB BERISHI YOKI JAMOANING BOSHQA A’ZOSI TOMONIDAN SAVOL BERILISHI NAVBATI KELGAN FANDAN BOSHQA FANDAN SAVOL BERILISHI INOBATGA OLINMAYDI. SAVOLGA JAVOB UCHUN 10 SONIYADAN ORTIQ VAQT SO‘RALISHI INOBATGA OLINMAYDI.
AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI:
3-BOSQICH:
MAG‘LUB BO‘LGAN JAMOA:
HAFTA DAVOMIDA SINF NAVBATCHILIGINI OLIB BORADI.
SINFDA TOZALIK ISHLARINI AMALGA OSHIRADI.
MAKTABDAN AJRATILGAN SINF HUDUDIDAGI OBODONCHILIK ISHLARINI BAJARADI.
KUTILAYOTGAN NATIJA:
1. O‘QUVCHILARNI BO‘SH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILADI.
2. O‘QUV FANLARIGA BO‘LGAN QIZIQISHI FANNI O’RGANISHIGA BO‘LGAN ISHTIYOQI ORTADI HAR BIR FANNI O‘ZLASHTIRISH CHETTA QOLMAYDI HAFTA DAVOMIDA O‘TILGAN MAVZULAR HAFTA SO‘NGIDA TAKRORLANIB MUSTAHKAMLANADI.
3. BADIIY KITOB O‘QISHIGA ERISHILADI
4. SINF TOZALIGI VA HUDUD OBODLILIGIGA ERISHILIB, O‘QUVCHIDA MEHNAT QILISHGA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANADI
5. JAMOADA O‘QUVCHINING O‘Z O‘RNI BORLIGI BILINIB, O‘QUVCHIDA MA’SULIYAT HISSI SHAKLLANADI.
6.KESKIN VAZIYATLARDA MUSTAQIL QAROR QABUL QILA OLISH KO‘NIKMASI SHAKLLANADI.