1.3. If operatori (shart operatori)
Shart operatori. Oldingi mavzularda misol tariqasida keltirilgan programmalarda amallar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog’liq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tili programmaning alohida bo’laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, programma bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni programmaning u yoki bu bo’lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |