moslanganmi? Loyiha aho-lining ayrim guruhlariga ta‘sir ko’rsatadimi ?
Iqtisod: loyihaning ijobiy natijalari uni amalgaoshirish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan ortiqmi ?Loyihada tavakkalchilik darajasi qanday ?
Loyiha tahlilining har bir bo’limi o’z uslubiga ega hamda ko’rilayotgan xarajat, daromad yoki boshqa omillar xarakteriga ko’ra miqdor yoki sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi foydalani- ladigan axborot hajmi o’zgarib turadi. Hatto tahlilning miq-doriy jihatlariga tegishli bo’lgan moliyaviy loyihalar ham pro-gnozlashga xos bo’lgan noaniqlik omillaridan kelib chiquvchi sifat elementlariga ega. YA‘ni loyiha tahlili loyihaning ke-lajak holatlar to’g’risidagi fikrlarning o’zgarishiga ta‘sir-chanligini hisobga ola bilishi kerak.
Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyihalari.
Loyiha tahlilining turli bo’limlari doirasidagi tadqi-qotlar loyihaning o’zaro kelishio olingan vazifalaridan ke-lib chiqib olib borilishi lozim. Ko’pincha bu vazifalar, hududdagi mahalliy sharoitlar loyihani amalga oshirishga ko’rsatadigan ta‘sirni hisobga olgan holda alohida sektorlarni rivojlantirish dasturlarini aks ettiradi. Bu vazifalar xa-rakteriga, shuningdek, quyidagilar ham ta‘sir ko’rsatadi:
turli tadbirlarni o’tkazishni kimga (davlat yoki xususiy sektorga) topshirish to’rrisida jamiyatning xohish-irodasi.
•davlat loyihalari oldiga qo’yilgan maqsadlar bo’yicha ijtimoiy guruhlarning o’zaro kelishuvga erishishiga yordam be-ruvchi jarayonlar.
Ilmiy tadqiqotlar yakunlari hamda to’plangan tajriba shuni ko’rsatadiki, davlatning faolliligi ko’lamlarini qis-qartirish hamda davlat dasturlarini xususiy iqtisodiy fao-liyat uchun qulay siyosiy sharoitlar yaratishga yo’naltirish foy-daliroq bo’lar ekan. Bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda ham, shuningdek, sobiq sotsialistik davlatlarda ham siyoeatchilar va iqtisodchilar davlatning nafaqat bevosita davlat korxona-lari faoliyatidagi roliga, shu bilan birga davlat aa‘anaviy ishtirok etib kelgan infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi roliga ham ikkilanish (shubha) bilan karashadi.
Xususiy sektorning bu sohalarda ishtirok etish uchun intilishiga bosh sabab menejerlar shaxsan javobgar bo’lgan sha-roitda ob‘ektlar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniya-ti mavjudligi hisoblanadi. Xususiy investorlar maishiy xiz-matlarga muvaffaqiyatli jalb qilingan hollarda moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatlari kengayishidan ham ma‘lum ma‘noda manfaatdorlik kelib chiqadi.
Puxta o’ylangan makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan mam-lakatlarda investitsiyalangan kapitallardan keladigan daro-mad ancha yuqori. Iqtisodiyotdagi xatoliklar nisbatan katta bo’lmagan mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara 10%dan ancha ortiq va 20%gacha hamda undan ham ko’proqqa eta-di. Noto’rri makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan ^shuningdek, valyuta mukofoti yuqori bo’lgan) mamlakatlarda investitsiya-lardan keladigan samara (qaytim) bor-yugi 10% ga etadi va ko’pincha undan ham past bo’ladi.
Makroiqtisodiy siyosatni to’g’ri va noto’g’ri olib borayotgan har ikkala guruh davlatlarida ham xususiy, ham davlat investi-siyalaridan olinadigan foyda jami investitsiyalarning milliy hajmidagi davlat investitsiyalari ulushiga mutanosib tarzda o’z-garadi. Davlat investitsiyalari ulushi past bo’lgan sharoitda investitsiya samarasi (qaytimi) yuqori bo’lishi, bu ulush 40% gacha va undan yuqori bo’lsa keskin pasayib ketishi kuzatiladi.
Kuzatilgan bu ikki qonuniyat ham davlat faoliyatini o’zgartirish ya‘ni makroiqtisodiy xatoliklarni qisqartirish va iqtisodiy faoliyatda davlat rolini pasaytirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida xususiy sektorning makroiqtisodiy siyosat maqsadlarini belgilashda hamda loyihalarda ishtiroki kengaytirilgandagina bunday o’z- garishlardan yutuqqa erishish mumkin.
Davlat loyihalarini tanlashda hal qiluvchi ovozga ega bo’lgan takdirda ham, xususiy investitsiyalarni avtomatik tar-zda siqib chiqarmasligi lozim.