Reja: 1.Lotin tilining kelib chiqishi. 2.Lotin tilining tarqalishi. 3.Lotin tilining tibbiyotga kirib kelishi. 4.Lotin tilining xozirgi kundagi axamiyati. - Lotin tili (Lingua Latina) tillar hindiyevropa oilasining italyan guruhiga taalluqlidir. U juda qadimda paydo boʻlgan. Avval bu tilda lotinlar – Italiya markazidagi Latsiya orolida yashovchilar (qabila-urug’), shuningdek, qadimgi Rimda yashovchilar va miloddan avvalgi I asrda Apenin yarim orolida Rimning italiya qabilalari hukmronligi ostidagi urugʻlari soʻzlashgan. Miloddan avvalgi III asr oʻrtalaridan boshlab lotin tili rim regionlari bilan qadimgi madaniyat oʻchoqlari boʻlmish – Yunoniston, Karfagen, Misr, Suriya va boshqalarga hamda Yevropaning oʻsha davrda madaniyati kam taraqqiy etgan qabilalariga kirib boradi.
- Asta-sekin lotin tili territoriyasi hozirgi Ruminiya va Portugaliya yerlarini ham egallangan ulkan Rim imperiyasining hukmron tiliga aylandi. Lekin, agar Yevropaning gʻarbiy qismida lotin tili hech qanday qabila tili qarshiligiga uchramay yetarli darajada tez tarqalgan boʻIsa, O’rta yer dengizi havzasida – Yunoniston, Kichik Osiyo, Misrda uzoqroq davr davomida yozma shakllangan, lotin tiliga nisbatan yuqori madaniyat darajasini oʻzida aks ettirgan tillar qarshiligiga uchraydi. Bu regionlarda yunon va ellin yozuvi katta rol oʻynagan.
- Buqrot oʻz asarlarida qoʻllagan atamalarning katta qismi xalqaro tibbiy lugʻatga kiritilgan. Buqrotdan soʻng qadimgi yunon tilidagi tibbiy atamashu- noslikning shakllanishida Aleksandriya tibbiyot maktabidan (miloddan avvalgi IV asr) Gerofil III (taxm. Miloddan avvalgi 330- yilda tugʻilgan), Erozistrat (taxm. Miloddan avvalgi 330-240- yillar), keyinroq Ruf Efesskiy (taxm. Miloddan avvalgi I asr) va oʻqimishli olim, faylasuf, vrach, anatom, farmatsevt Klavdiy Galen (taxm. Miloddan avvalgi 129- yillar) eng ko’p hissa qoʻshganlar. Ular Buqrot bilan birga boʻlgʻusi ilmiy tibbiy atamashunoslikka asos solganlar va uning birinchi qavatini koʻtarganlar.
- Rim olimlari va hakimlarining tabiiy va tibbiy fan masalalariga bagʻishlangan asarlari paydo boʻla boshladi. Miloddan avvalgi I asrda Korneliy Sels qomusnoma yaratgan, undan «De medicina» («Medisina haqida») traktatning 8 kitobi bizgacha yetib kelgan. Sels va undan keyin rim olim va hakimlari oʻz asarlarida yunon tilidan qabul qilingan atamalardan tez-tez foydalanib turganlar, ma’nodosh soʻzlar sifatida yunoncha va lotincha soʻzlarni teng qoʻllab turganlar.
- Shunday qilib, antik davrdan boshlab atamashunoslik yunon-lotin tillari asosida shakllana boshladi. Bu ikki til tibbiy atamashunoslikning butun davrlari mobaynida an’anaviy tus oldi va hozirda ham davom etmoqda. Yunoncha-lotincha ikki tillilik shu narsada yanada aniqroq koʻrinadiki, anatomik nomlar anatomik roʻyxatlarda lotincha, kasallik ro’yxatlarda kelib chiqishi yunoncha boʻlgan soʻzlar bilan beriladi. Masalan: lotincha ren – yunoncha nephros – buyrak-nefrit (buyrak yalligʻlanishi), lotincha lien – yunoncha splen – taloq-splenit (taloq yalligʻlanishi).
- Miloddan avvalgi IV asri oxirlarida Rim imperiyasining G’arbiy va Sharqiy (Vizantiyaning Konstantinopoldagi poytaxti bilan) qismlarga boʻlinishi yunon tilining faoliyati kengayishiga, Vizantiyada va Gʻarbda yunon yozuvi va tilining asta-sekin oʻz rolini yoʻqotishiga olib keldi. Miloddan avvalgi 476- yil G’arbiy Rim imperiyasi agʻdarilgandan soʻng ogʻzaki lotin tili asta-sekin oʻzining rasmiy rolini yoʻqota boradi. Eski roman (lot. Romanus) tillari oʻrtasidagi farq tobora kuchaya boshladi.
- Yirik italyan anatomi, ilmiy odam anatomiyasi bunyodkori Andrey (Andreas) Vezaliy (1514-1564) anatomiya fani boʻyicha dars bergan va lotin tilida oʻzining «De humani corporis fabrica» - «Inson tanasining tuzilishi» nomli klassik asarini yozgan. Vezaliy lotincha anatomik atamashunoslikning takomillashishida «toʻgʻri» sof lotin tilining qayta tiklanishida Sels asarlariga asoslanib koʻp xayrli, ibratli ishlarni amalga oshirgan.
- Atoqli ingliz hakimi, qon aylanish tizimini kashf etgan Uilyam Garvey (1578-1657) oʻzining «Exercitatio anatomica de motu cordis et sanguinis in animalibus» – «Hayvonlarda yurak va qon harakati borasida anatomik tadqiqot» asarini lotin tilida yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |