Lotin Amerikasi mamlakatlari



Download 84,64 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi84,64 Kb.
#275105
Bog'liq
Lotin Amerikasi mamlakatlari


Lotin Amerikasi mamlakatlari

Lotin amerikasi (ispancha America Latina) — Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel — Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². L. A.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. L. A. aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. L. A. mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. L. A. axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi «L. A.» deb ataladi.


Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar L. A. aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan L. A.ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi.
L. A.ning 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. L. A. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari L. A.da qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan.
L. A.ning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. L. A. mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor mahsulot keltiriladi. Yana L. A.da joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarang .[

Janubiy Amerika


Janubiy Amerika haqida to’liq ma’lumot
Maydoni: 17.8 mln.km.kv
Aholisi: 385 742 554 kishi
Davlatlari: Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuella, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay Janubi

Argentina Respublikasi

Bayroq
Gerb

Shior: En Unión y Libertad


(Ispancha: In Union and Liberty)
Madhiya: Himno Nacional Argentino
(Argentine National Anthem)

Poytaxt
Buenos Ayres

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Cristina Fernández de Kirchner

Mustaqillik


Ispaniyadan

• Sana 9 iyul 1816

Maydon

• Butun 2,766,890 km² (8-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 39,537,943 (31- oʻrin)

• Zichlik
14/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$542,800 mil. (21-)

• Jon boshiga AQSh$13,729

Pul birligi
Argentine Peso (ARS)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
AR
Internet domen
.ar
Telefon prefiksi
+54

tahrir kuzat



Argentina (Argentina), Argenti-na Respublikasi (República Argentina) — Jan. Amerikadagi davlat. Qit’aning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 vi-loyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
• 3Aholisi
• 4Tarixi
• 5Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
• 6Xoʻjaligi
• 7Sanoati
• 8Qishloq xoʻjaligi
• 9Transporti
• 10Tibbiy xizmati
• 11Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari
• 12Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
• 13Adabiyoti
• 14Tasviriy san’ati va me’morligi
• 15Musiqasi
• 16Teatri
• 17Kinosi
• 18Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
A. — federativ re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg .da qabul qilingan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident va vi-se-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.
Tabiati[tahrir]
A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan.da — mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o‘rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shim.-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada —yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqa
Aholisi[tahrir]
Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va boshqalar) A.ning shim.-g‘arbida va Parag-vay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.
Tarixi[tahrir]
Qadim zamonlarda A. hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 — 11 yillar). 1776 yilda hozirgi A. hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan A.— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 — 55 va 1973 — 74 yillarda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]
Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 yilda tuzilgan.
Xoʻjaligi[tahrir]
A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina , sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturi-ni amalga oshirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 yilda qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxona-lari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.
Sanoati[tahrir]
A. asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A. dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, sta-noklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Se-ment, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansi-ning salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir]
A. chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentina ning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qo‘ylar — 29 mln., cho‘chqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i — g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, tex-nika ekinlaridan — kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
Transporti[tahrir]
Argentina lar uzunligi — sal-kam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Bue-nos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vosita-lari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.
Tibbiy xizmati[tahrir]
A.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari[tahrir]
A.da 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’-limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurt-lari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming , o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va boshqa maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, i.t. institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa mu-zeylar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]
Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: «Rason»(«Aql-idrok», 1905 yildan), «Prensa»(«Matbuot», 1869 yildan), «Nason»(«Millat», 1870 yildan), «Ga-seta» («Gazeta», 1912 yildan). «Teleno-tisiosa amerikana» hukumat agentli-gi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 yildan mavjud. 1959 yilda 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.
Adabiyoti[tahrir]
A.da yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyon bo‘ldi. 1810 — 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning «Vatan-parvarlik marshi», 1810, A. madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida «gaucho adabiyoti» urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-yillar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, «Santos Vega» she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman «Amaliya», 1855), X. Ernandes (uning «Martin Ferro» qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. 19-a. o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-a. 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.
Tasviriy san’ati va me’morligi[tahrir]
A. tub joy aholisining mustamlaka-chilikdan avvalgi san’ati (16-a.) mato-larga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. A.da milliy rassomlik 19-a.da yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassom-lar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. o‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. A.da mahalliy xalq — in-deyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-a.dan boshlab A. me’mor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova universiteti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida A.da mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Bue-nos-Ayresdagi «Kolon» teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-a.dan hozirgi zamon me’morligi rivojlandi. Bu-enos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.
Musiqasi[tahrir]
Hozirgi zamon A. hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqarivojlangan va o‘ziga xos musiqa ma-daniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli as-boblari) hozirgacha saqlanib qolgan. A. milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar mual-lifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan bo‘ldi. «Pampa» operasi-ning ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. «Pampa» asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda «Kolon» ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.
Teatri[tahrir]
Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-a.da havaskorlar truppalari may-donga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda «Komediya uyi» nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesala-ri shuhrat topdi. 19-a.ning 80-yillarida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a.da va 20-a. boshlarida «Viktoriya», «Apolo»teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qo‘yildi. 1920-yillarda A. teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asar-lari qo‘yildi. 1935 yilda Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy te-atrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943 yilda Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 yilda Buenos-Ayres-da birinchi opera spektakli — «Sevi-lyalik sartarosh» (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877 yilda F. Argreaves birinchi A. operasi «Oq mushuk»ni yarat-di. 1925 yildan milliy balet trup-pasi ish boshladi: «Kometalar», «Panambi» kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hozirgi vaqtda Buenos-Ayres A. teatr san’ati-ning markazi bo‘lib, bu yerda «El Pueb-lo», «La Maskara», «Fray Mocho» kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, «Odeon» kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.
Kinosi[tahrir]
A.da film yaratish 1897 yildan boshlandi. 1908 yilda italiyalik rej. M. Galo «Dorregoning otilishi»degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr ak-tyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X. A. Ferreyra («Gaucho qo‘shig‘i», 1930), L. Zaslavskiy («Qochish», 1937) va boshqa bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat («Gaucho urushi»), S. Pondel Rios («111-kilometr»), E. Amorim («Keksa doktor») kabi kinossenariychilar bara-kali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino i.ch. firmalari: «Arxentina sono films», «Kontrakuadro». Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Mil-liy kinematografiya in-ti ishlab turib-di.[1]

Salta
Argentina (Argentina Respublikasi) poytaxti — Buenos Aires shahri. BMT a’zosi


• Estampillas de Argentina

Braziliya Federativ Respublikasi

Bayroq
Gerb

Shior: Ordem e progresso


(Portugalchae: Order and progress)
Madhiya: Hino Nacional Brasileiro
(Brazilian National Anthem)

Poytaxt
Brazilia

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Dilma Rousseff

Mustaqillik


Portugaliyadan

• Sana 7 sentabr 1822

Maydon

• Butun 8,511,965 km² (5-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 186,112,794 (5- oʻrin)

• Zichlik
21/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$1,568,000 mil. (9-)

• Jon boshiga AQSh$8,425

Pul birligi
Brazilian Real (BRL)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
BR
Internet domen
.br
Telefon prefiksi
+55

tahrir kuzat



Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeanigaqadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay,Argentina, Paragvay, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Guyana, Suriname va Fransuz Giyanasining fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan(pau-brasil) kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti —Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
o 2.1Iqlimi
o 2.2Oʻrmonlari
• 3Aholisi
• 4Tarixi
o 4.1Portugaliya kolonizatsiyasi va territorial ekspansiya
o 4.2Havolalar
o 4.3Qoʻshimcha oʻqish
• 5Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
Braziliya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5-oktyabrda qabul qilingan; 1994-yil mart va 1997-yil iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident bilan vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir]
Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600– 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor.
Iqlimi[tahrir]
Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16—29 °C. Amazonka payettekisligida yiliga 2000–3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.
Oʻrmonlari[tahrir]
Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.
Aholisi[tahrir]
Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar,portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi — indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili — portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Alegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Brazilia, Kampus, Niteroy, Manaus.
Tarixi. B. hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-asrgacha B.da bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 yil apr.da Portugaliya lik dengizchi P. Kabral B. qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar B.dan qimmatbaho qizil daraxt — „brazil“ni (B. nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. B. kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532—36 yillarda B. qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 yil B.ning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hozirgi Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70- yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. B.da portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 yilda MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. B. monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820 yilgi Portugaliya burjua inqilobi B.da mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 yil 7 sentabr da B. mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 yil B.da quldorlik bekor etildi. 1889 yil monarxiya tugatilib, B. federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida B.ga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida B. Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20- yillar B. xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 yilda B.ning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 yil avg .da Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi B.da demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 yil okt.da yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri B. reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 yil 21 avg .da oʻzini otib oʻldirdi.
1955 yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60) da, bir tomondan B. iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, B.ning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 yil avg .da Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 yil 7 sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.
1964 yil apr.da yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967 yil mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 yilgacha B.da hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994 yilda saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 yil 1 yanv.da oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. B.— 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 30 apr.da oʻrnatgan. B.ning milliy bayrami — 7 sentabr— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).
Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn. B. taraqqiyparvar partiyasi, 1995 yilda bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; B. trabalist partiyasi, 1980 yilda asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979 yil tuzilgan; B. demokratik harakat partiyasi, 1981 yilda tuzilgan; B. sotsialdemokratik partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984 yilda sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980 yilda tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992 yilda B. kommunistik partiyasining „yangilovchilar“ fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986 yilda tuzilgan, 1988 yilgacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981 yilda tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.
Xoʻjalign. B. sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. 2-jahon urushidan keyin B. iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60- yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligi dan oshib keta boshladi.
Sanoati. Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz miqdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. B. tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr st-yalar mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti shaharlaridagi z-dlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, qishloq xoʻjaligi, radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va boshqalar) B. uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.
Qishloq xoʻjaligi. Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va jan.sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari — kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Jan.da tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. B. yassitogʻligida „paragvay choyi“ — yerbamate yetishtiriladi.
Transporti. B. hududining katta qismi yoʻlsiz. Braziliya ning uz. 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, PortuAlegri, Tubaran, SanSebastyan. B. chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va boshqa sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi — real.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.
B.da rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4—5 yillik va qishloqlardagi 3 yillik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab — gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab — kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. B. da 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi B. va SanPaulu untlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: B. fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va boshqa Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.
Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi. B.da 300 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiy gaz. va jur.lari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gaz., 1920 yildan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gaz., 1951 yildan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gaz., 1925 yil dan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gaz., 1891 yildan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gaz., 1827 yildan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1979 yildan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gaz., 1921 yildan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gaz., 1925 yildan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1968 yildan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1952 yildan) va boshqa Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 yilda hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.
Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy st-yalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. B. radio va televizion st-yalar uyushmasi 1962 yilda tuzilgan.
Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. B.da qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17— 18-asrlarga kelib, yozma adabiyotda G. di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi „Urugvay“ poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. B. adabiyotida 19-asrning 20- yillarida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning „Tamoyo qabilasi ittifoqi“, A. Gonsalvis Diasning „Amerika dostonlari“ keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning „Guaranlar“, „Irasema“, „Ubirijara“ romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning „Afrika ovozi“, „Bandi kema“ va boshqa mashhur poemalari „Toʻlqinlar mavji“ asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning „Beatriche Chenchi“, „Patkul“ tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-asrning oxirlari va 20-asr boshlarida bir qator yozuvchilar B. adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896 yilda asos solingan B. adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda B. adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi bilan 20-asrning 40—50- yillarida B. dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi B. adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.
Meʼmorligi. B.ning yerli aholisi — indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-asrda portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-asr B.da mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi bilan B.da yangi shaharlar barpo etiddi, RiodeJaneyro poytaxt boʻlib qoldi (1960 yilgacha). B. meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini B.da ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen shahri, Itamarati saroyi, RiodeJaneyro shahri). 19— 20-asrlarga kelib B. meʼmorligida „modern“ uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va boshqa mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.
Tasviriy sanʼati. Qad. davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16—17-asrlar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din bilan bogʻliq. B. meʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas shahri) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-asrda B. shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J. da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P. da Silva Marisku va boshqalar). 1816 yilda qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820 yilda bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-asr B. tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-asr B. tasviriy sanʼatida realizm bilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va boshqalar) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.
Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (B. milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. B. musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa instituti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, B. untining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.
Teatri. Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim oʻyinlarida dramatik teatrga xos harakatlar boʻlgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni koʻrsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas „Lorensu teatri“ nomli dastlabki teatr binosi 16-asrda qurilgan. 1748 yilda „Opera uyi“, 1776 yilda „Yangi opera“ teatri barpo boʻldi. 1813 yilda „Avliyo Juan qirollik teatri“ ish boshladi. 19-asrda RiodeJaneyroda „di San Pedru di Alikantara teatri“, „du Plasidu teatri“, „Yangi konstitutsion teatr“, Resifida „Santi—Izabel teatri“ kabilar vujudga keldi. 1843 yilda panda koʻrsatilgan Observatoriya Laraiuan toʻgʻoni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik sanʼat konservatoriyasi, 1910 yilda Martine Pen dramatik maktabi, 1917 yilda „B. teatr mualliflari jamiyati“ (SBAT) tuzildi. Soʻngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu shaharlarida B.komediya teatri, Xalq badiiy teatri, B. talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.
Kinosi. Birinchi xronikal film 1903 yilda, badiiy film 1910 yilda suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935 yilda yaratilgan. B.da yaratilgan filmlar ichida „Kaysara“, „TikoTiko“ (rej. A. Cheli), „Bosqinchi“ (rej. L. Barretu), „Boyning xotini“ (rej. T. Payne, O. Sampayu), „Dengiz qoʻshigʻi“ (rej. A. Kavalkanti), „Rio 40°“ (rej. N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. B.da 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.
OʻzR bilan B. oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviyhuquqiy negiz yaratishga kirishildi. OʻzRning B. bilan 1996 yildagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1997 yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — B. tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8 % ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2 % ini tamaki tashkil qildi. [1]

Meksika Qo`shma Shtatlari

Bayroq
Gerb

Shior: It goes as it grows….

Madhiya: Himno Nacional Mexicano
(Mexican National Anthem)

Poytaxt
Mexiko

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Enrique Peña Nieto

Mustaqillik


Ispaniyadan

• Sana 27 sentabr 1821

Maydon

• Butun 1,972,550 km² (14-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 106,202,903 (11- oʻrin)

• Zichlik
53/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$1,068,000 mil. (12-)

• Jon boshiga AQSh$10,056

Pul birligi
Mexican Unidad de Inversion (UID) (MXV)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
MX
Internet domen
.mx
Telefon prefiksi
+52

tahrir kuzat



Meksika (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1958,2 ming km². Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko shahri. Maʼmuriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
• 3Tarixi
• 4Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
• 5Xoʻjaligi
• 6Tibbiy xizmati
• 7Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
• 8Meʼmorligi
• 9Musiqasi
• 10Teatri
• 11Kinosi
• 12Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari
• 13Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917- yil 5-fev.dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir]
M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat balandligi 1000–2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning shim.-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000–3000 mm.
Jan.-sharqida daryosoylar koʻp, shim.gʻarbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang , jigarrrang , savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang , savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.
Oʻsimliklari juda xilma-xil. M.da oʻsimliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2/3 qismi endemik oʻsimliklardir. Meksika togʻligining shim. kattaroq qismida uziga xos kserofil oʻsimliklar, shuningdek, mimozadosh butalar oʻsadigan chala choʻl va choʻllar asosiy oʻrin tutadi. Togʻliqning jan. qismida va bu yerlarni oʻrab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna oʻsimliklari, togʻlarda bargli va aralash oʻrmonlar (dub, grab, joʻka, karagay, oqqaragʻay va boshqalar) usadi; M.ning jan. va jan.-sharqiy qismlarida aksari tropik oʻrmonlar, sharqiy yon bagʻirlarida doim yashil sernam oʻrmonlar, gʻarbiy yon bagʻirlarida igna bargli, togʻ etaklarida barg toʻkadigan oʻrmonlar bor.
Yovvoyi hayvonlardan chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar — yer qazir (yer sichqon), koyot (yaylov boʻrisi), Meksika togʻligi oʻrmonlarida qora ayiq, yenot, kizil silovsin, puma, savannalarda bugʻu, chumolixoʻr, jayra, jan. dagi tropik oʻrmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvo-not, oʻsimlik dunyosi va boshqa noyob joylarni qoʻriqlash maqsadida 50 dan koʻproq bogʻ tashkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbreode-Monterrey, Syerrade-San-PedroMartir, Kan-ondelrio Blanko va boshqa
Aholisining kupi meksikanlar boʻlib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantatsiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortigʻi aralash nikoxdan tugʻilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari oʻz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va boshqa ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalahara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.
Tarixi[tahrir]
M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shim.-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko shahrini barpo etdilar va 14-asrda yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-asrda Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 yil M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-asr oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 yilga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. Meksika sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-asrning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 yillarda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 yillar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 yil M. mustaqil davlat, 1824 yil esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 yil AQSH Texasni, 1846—48 yillardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 yillarda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-asrning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910 yilda dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 yillarda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911 yil may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
1929—33 yillardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.
2-jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942 yil may oyida fashistlar blokiga qarshi urush eʼlon qildi. Urushdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol oʻzgarmadi. 60-yillardan boshlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yoʻlini tutdi. 1970 yilda hokimiyat tepasiga kelganL. Echeverria hukumati ahvolni yaxshilash uchun yer islohoti toʻgʻrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qoʻyilishini ragʻbatlantirish va chet el kapitalini tartibga solish toʻgʻrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatchilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari kengaytirildi.
1976 yilda saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 yilda saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 yil «Oʻng markazchi alyans» blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning «ochikligi» va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 yil 26 dek.da OʻzR mustaqilligini tan olgan va 1992 yil 16 martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]
Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 yilda tuzilgan (1938 yilgacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 yilgacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 yildan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 yilda asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987 yilda tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 yilda tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 yilda tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 yilda asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 yilda tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 yilda tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 yilda asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 yil tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 yil tuzilgan.
Xoʻjaligi[tahrir]
M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,5%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe yetishtirishda, neft, gaz, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qoʻltigʻi sohilida, konchilik va metallurgiya sanoati Meksika togʻligi shim.da, ishlab chiqarish sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sanoati muhim oʻrin oladi. Verakrus, Tampiko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka shaharlari neft kimyosining , Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora metallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon shaharlari rangli metallurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-ebla mashinasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, temir yoʻl vagonlari, avtomobillar, toʻqimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizorlar), stanoklar, kemalar ishlab chikaradi. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishga alohida ahamiyat beriladi. Yiliga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr stansiyalarida).
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, Qishloq xoʻjaligi aholining ehtiyojini asosan taʼminlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Yerlarning ‘/4 qismiga ekin ekiladi, 3/4 qismi yaylov. Ekin maydonining 5,15 mln. ga sunʼiy sugʻoriladi. Yerlarning koʻp qismi qishloq xoʻjaligi jamoalari — exidoga qarashli. Asosiy tarmoq — dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, yer yongʻoq, ertagi sabzavot, sitrus mevalar, ananas va boshqa bir qancha tropik va subtropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachiligida koramol, ot, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Transport yoʻli uz. — 26,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barcha shtat va shaharlari aviatsiya havo yoʻllari orqali tutashtirilgan. Mexiko, Verakrus, Merida, Monterreyda katta aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Verakrus, Mexiko, Tampiko, Koatsa-koalkos, Salina-Krus.
M. chetga tayyor va chala tayyor buyumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskunalar, isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi.
Tibbiy xizmati[tahrir]
M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Vrachlar universitetlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]
Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda 5 va 6 yil 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo instituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va universitetlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: «Dia» («Kun», 1962 yildan), «In-formador» («Xabarchi», 1917 yildan), «Universal» (1916 yildan), «Uno maye uno» («Bir plyus bir», 1977 yildan), «Ekselsior» (1917 yildan), «Eraldo de Mexiko» («Meksika xabarnomasi», 1965 yildan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960 yilda tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968 yilda tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakchi «Televisa» telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973 yil tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 yil tashkil etilgan.
Adabiyoti 16-asrga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-asrlar) va atsteklar (14—16-asrlar) adabiyoti gʻoyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha anʼanalar yoʻlidan bordi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli taʼsir etib turdi.
Ispan gumanist maʼrifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol oʻynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning «Ispan qirollariga mak-tublar», B. Dias del Kastiloning «Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi» asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning «Meksikaning latofati» dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar boʻldi. 17-asr adabiyotida sheʼriyat asosiy oʻrinni egalladi. 18-asrda R. Landivarning «Meksika qishlogʻi» (1781), F. Klavixeroning «Meksikaning qadimgi tarixi» (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —»Oʻn oltinchi sentyabr» va boshqalar). X. X. Fernandes de Lisardaning «Perikilo Sarniyento» romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.
Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno («Shaytonning nayranglari»), L. Inklan («Astusia…»)ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-asrda M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va boshqalar)19-asr oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 yillardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning «Pastdagilar» (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman («Burgut bilan ilon», 1928), G. Lopes-i-Fuentes («Harbiy lager», 1931; «Mening generalim», 1934) va boshqa yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi.
20-asrning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-yillarning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning «Jala oldidan», X. Rulfoning «Pedro Paramo», Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning «Oʻta tiniq soha», «Artemio Krusning oʻlimi», Rosario Kastelyanosning «Zulmatdagi ibodat» romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hozirgi zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.
Meʼmorligi[tahrir]
Qad. davrda (16-asrgacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Miloddan avvalgi 1ming yillikda meʼmorlik ayniqsa yuksaldi. M. markaziy viloyatlarida, jan.da va Yukatan ya. o.da shaharlar bar-po etildi. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega boʻlgan mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangbarang naqshlar bilan bezatilgan gumbazli binolar qurishgan.
Mustamlaka davri (16—19-a, boshlari)da M.da shaharsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu bilan birga, meʼmorlikda mahalliy anʼana ham oʻz aksini toddi. 17-asrdan boshlab barokko uslubi paydo boʻldi (Moreliyadagi sobor, 1640—1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692—99; La Profesa cherkovi, 1714—20; Sagrario Metropolitano cherkovi, 1749—68; Gvadalaharadagi Santa-Monika cherkovi, 1720—33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan cherkovi, 1745— 60 va h. k.).
19-asrda ispan, italyan va fransuz ustalari yetakchi rol oʻynadi. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida Mexikoda yirik binolar qurildi, yangi magistrallar ochildi. Binolar beton, temir, temirbetondan qurila boshladi. 1949— 54 yillarda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan Un-t shaharchasi 20-asr oʻrtalaridagi M. meʼmorligining eng yaxshi xususiyatlarini aks ettirgan; goʻzal joyda qurilgan bu shaharcha oʻquv, sport va turar joy binolaridan iborat boʻlib, meʼmorlik bilan mahobatlidekorativ sanʼat mahsulidir. 50—80-yillarda M.da zilzilaga chidamli koʻp qavatli turar joy va jamoat binolari qad koʻtardi. Mexikoda bir qancha turar joy dahalari va yoʻldosh-shaharlar paydo boʻldi. Atstek stadioni, Sport saroyi qurildi.
Tasviriy sanʼati juda qad. boʻlib, miloddan avvalgi 2-ming y.likdan boshlab rivojlangan. Bu davrga mansub tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar, shakldor idishlar saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 1ming y.liqda M. qoʻltigʻi boʻyida yashovchi olmeklar hozirgi Verakrus va Tavasko shtatlarida qabariq tosh yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, tosh tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasaganlar. Milodiy 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar goʻzal amaliy va tasviriy sanʼat namunalarini yaratdilar. 10—16-a,lar sanʼatida harbiy manzaralar, dahshatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boshladi.
Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil oʻymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-asrda ultrabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yogʻoch oʻymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik akademik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf boʻldi.
19-a,da M. tasviriy sanʼatida Yevropa badiiy madaniyati oʻziga yoʻl ocha boshladi. Shu bilan birga, tasviriy sanʼ-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19a. oxiri — 20-asrboshlarida M.tasviriy sanʼatiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar («modern», impressionizm) taʼsir eta boshladi. Bir qancha sanʼatkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. sanʼatini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish gʻoyasini olgʻa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy anʼanalari bilan bogʻliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-yillarda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
Musiqasi[tahrir]
M. musiqasi qadimdan oʻziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmushida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, ish paytlarida) musika katta rol oʻynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika maktablari boʻlgan. Birmuncha sof «indeys musiqasi» ayrim chekka joylardagi tub aholi oʻrtasida hanuz saqlanib qolgan. Hozirgi M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati taʼsirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholgʻu asboblari — gitara hamda unga oʻxshash gitarron va haranita, skripka, arfa, truba koʻpdan mashhur.
Professional musiqa 16-asrdan rivojlana boshladi, 19-asr boshlaridan poytaxt va yirik shaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1825 yil Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 yil simfonik orkestr paydo boʻldi. 1866 yil konservatoriya ochildi. 19-asrning oʻrtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo boʻla boshladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-asrning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Shering , pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitarachi A. Bribyeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas yetakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, universitet huzurida oliy musiqa maktabi ishlaydi. Bir qancha shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan koʻplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.
M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hozirgi sahna raqsi 30-yillarda amerikacha «modern» raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan «modern» raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966 yildan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947 yildan Milliy balet, 70-yillardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va boshqa ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.
Teatri[tahrir]
M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-asrda yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 yildan Mexikoda «Komediya uyi» teatri ishlay boshladi, 1670 yil birinchi doimiy «Koliseo» xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) shaharlarida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 yil Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946 yil Mexikoda Milliy nafis sanʼat instituti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: «Ximenes Rueda», «Idalgo», «Xoda», «Reforma», «Insurxentes», Bolalar teatri, «Ginol» qoʻgʻir-choq teatri va boshqa
Kinosi[tahrir]
19-asr oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 yil birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 yilda M. mustaqillik kurashi haqidagi «Alam hayqirigʻi» filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-yillardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 yillarda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-asr 30—40-yillarida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. «Mariya Kandelyariya» (1944), «Durdona» (1947), «Rio Eskondido» (1948), «Qishloqi qiz» (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: «Gʻisht teruvchilar» (rej. X. Fone), «Janubdagi uy» (rej. S. Olxovich), «Pastkash odamlar» (rej. X. Estrada),’ «Xuan Peres Xolote» (rej. A. Burns), «100-meridian» (rej. A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor.
Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari[tahrir]

Kuba Respublikasi


[[Image:|110px|Kuba davlat gerbi]]
Bayroq
Gerb

Shior: patria o muerte venceremo


(Ispancha: fatherland or death, we will win!)
Madhiya: La Bayamesa
(The Bayamo Song)

Poytaxt
Gavana

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Bitta-partiyalik davlat

• Davlat va Vazirlar Kengashi Prezidenti
Raúl Kastro

Mustaqillik

• Ispaniyadan
10 dekabr 1898
• AQShma’muriyatidan
20 may 1902

Maydon


• Butun 110,860 km² (105-)

• Suv (%)


Aholi

• 2002 roʻyxat 11,346,670 (70- oʻrin)

• Zichlik
102/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$37,240 mil. (89-)

• Jon boshiga AQSh$3,282

Pul birligi
Cuban Peso (CUP)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
CU
Internet domen
.cu
Telefon prefiksi
+53

tahrir kuzat



Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba o. va Katta Antil o. lari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ganava shahri Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
• 3Tarixi
• 4Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
• 5Xoʻjaligi
• 6Sanoati
• 7Transporti
• 8Tibbiy xizmati
• 9Adabiyoti
• 10Meʼmorligi
• 11Tasviriy sanʼati
• 12Teatri
• 13Kinosi
• 14Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
K. — sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 yil umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992 yil da tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Fidel Kastro Rus) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiati[tahrir]
K. hududi, asosan, tekislik. Kir va togʻlar K. ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o. ning markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (balandligi 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning jan.-sharqida. Jan. sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (balandligi 1974 m li Turkino choʻqqisi K. ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va boshqa, Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.
Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum — may — okt. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 22,5°, avg . niki 27,8°. Minimal temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000– 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyabr
dan apr.gacha, asosan, K.ning jan.dagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
K. hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hozirgi tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari — kolibri, toʻtilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va boshqa; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli — indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, Sʼyenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va boshqa
Tarixi[tahrir]
Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan ilgariroq ham K.da indeys qabilalari yashagan. 7—9-asrlarda K.ga Jan. Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari koʻchib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 15-asr oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492 yil okt.da X. Kolumb ekspeditsiyasi yetib kelgan. Oʻsha vaqtda K.da aranak indeys qabilalari yashardi. 1510 yil uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar oʻz sardorlari — Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Ogʻir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.
Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-asr oxirlarida) K. xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810—26 yillardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida K. yer egalarining ilgʻor qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish uchun kurashdi. Vatijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va boshqalar) majbur boʻldi va bu narsa K.ning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. 19-asrning 20-yillaridan K, da gaz.lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo boʻldi. Ular oʻz oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qoʻydi. 1844 yil negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.
19-asrning 30-yillarida K.da dastlabki tamaki va sigara f-kalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.
1868 yil 10 okt.da Oryente viloyatida K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 yil lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886 yil quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892 yil X. Marti AQSH da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895 yil 24 fevralda Oryente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895 yil sentabrda K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897 yil noyabrda Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898 yilapr.da AKSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, K. rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898 yildan 1902 yilgacha AQSH tasarrufida boʻldi.
1903 yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.
1925 yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934 yil yanv.da hukumat F. Batista kuliga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrvatdi. 1935 yil martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944— 48 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.
1952 yil 10 martdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni yava F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshladi. 1953 yil 26 iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari hibsga olinib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955 yil keng jamoatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv eʼlon qildi. F. Kastro AQSH ga, soʻng Meksikaga ketdi va u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956 yil 2 dek.da F. Kastro boshchiligidagi guruh «Granma» yaxtasida K.ga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.
1957 yil 13 martda talabalarning «Inqilobiy direktorat» degan siyosiy tashkiloti Batista hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959 yil 1 yanv. kechasi Batistahokimiyati agʻdarildi. 1959 yil fevralda F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos Torrado prezident boʻldi. __ K. — 1945 yildan BMTaʼzosi. 1992 yilda OʻzR mustaqilligini tan olgan. Milliy bayramlari: 1 yanv. — Ozodlik kuni (1959), 26 iyul — Milliy qoʻzgʻolon kuni (1953).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]
K. kommunistok partiyasi, 1961 yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, «26 iyul harakati» va «13 mart inqilobiy direktorati»ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.
Xoʻjaligi[tahrir]
K. — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarish ning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..
Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Sanoati[tahrir]
Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan z-dlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht k-tlari, sut-sariyogʻ, moy z-dlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan z-dlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik k-ti va f-kalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da yirik sement z-di, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa z-dlar, uysozlik k-ti, oyna-shisha kti bor.
Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari z-dy, elektrodlar f-kasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.
Transporti[tahrir]
Ichki aloqalaruchun avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Kuba ning oʻz. — 4,8 ming km. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 14,5 ming km. Eng yirik portlari — Ganava va Santyago-de-Kuba.
K. chetga shakarqand, ruda va ruda konsentratlari, nikel, sitrus mevalar, ichimlik, tamaki va tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, gʻalla, oziq-ovqat, yogʻoch va h. k. olinadi. Tashqi savdoda RF, Lotin Amerikasi va Yevropadagi baʼzi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Kuba pesosi.
Tibbiy xizmati[tahrir]
Vrachlar universitetlarning tibbiyot f-tlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi. K.da SanVisente, San-Diyego-delos-Banʼos, Santa-Fe va boshqa mashhur kurortlar bor.
Maorifi, ilmiy va madaiiy-maʼrifiy muassasalari. 1961 yil gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olindi va oʻqish bepul qilindi, 9 yil lik (6 yil lik boshlangʻich va 3 yil lik asosiy oʻrta) majburiy taʼlim joriy etildi. Hamma oʻquv yurtlarida stipendiya beriladigan boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Ganava unti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey universitetlari, Ganava yaqinida Oliy ped. instituti, Milliy sanʼat maktabi, chet tillar oliy instituti va boshqa Eng yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava universiteti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq sanʼati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va boshqa bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Granma» (kundalik gaz., 1965 yildan), «Trabaxadores» («Mehnatkash», haftalik gaz., 1970 yildan), «Tribuva de la Ganava» («Ganava minbari», haftanoma, 1980 yildan), «Adelante» («Olgʻa», gaz., 1959 yildan), «Vanguardia» («Ilgʻor», gaz., 1962 yildan), «Venseremos» («Biz yengamiz», gaz., 1972 yildan), «Viktoria» («Gʻalaba», gaz., 1967 yildan), «Muxeres» («Ayollar», oylik jur., 1961 yildan), «Xiron» (gaz., 1960 yildan), «Eskambray» (gaz., 1979 yildan) va boshqa Milliy axborot agentligi — hukumatning rasmiy agentligi, 1974 yilda tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot agentligi, 1959 yilda asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radioeshittirish va telekoʻrsatuv instituti davlat muassasasi boʻlib, u 1962 yilda tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922 yildan boshlangan) va telekoʻrsatuvlarni (1950 yildan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiost-ya ishladi. K. televideniyesi Ganavada joylashgan.
Adabiyoti[tahrir]
S. Bilbaoning «Sabr koʻzgusi» dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-asr boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava universiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-asr oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va boshqalar) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-asr larda kreol va negr xalqi sheʼriyati rivojlandi. 19a. da romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti «Urush shoirlari» kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.
Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning «Erkin sheʼrlar», «Oddiy sheʼrlar» turkumlariga kiritilgan sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va boshqa shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-yillar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning «Aroziy saltanat», «Yoʻqolgan izlar», «Maʼrifat asri» romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-yillar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Poʻng , S. Mante, M. Kofino va boshqa barakali ijod qilmokdalar.
K. adiblaridan Baragono Xosening «Pentagonda», Gilyen Nikolasning «Ballada», Kostelyanos Xesusning «Bayroq», Vanarro Luva Manuelning «Biz yengamiz», Hamis Fayyatning «Ozodlik uchun» kabi asarlari oʻzbek tili ga tarjima qilingan.
Meʼmorligi[tahrir]
Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar («boyo»), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-asr gacha davom etdi. 16-asrda Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va boshqa shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, toʻgʻri koʻchalar, markaziy maydonida cherkov va ratoʻshalar barpo etildi. 18-asrda binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar bilan bezatildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Ganava va Trinidad ning bosh maydonlarida meʼmorlik majmualari paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920—30 yillarda Yevropa va Amerika zamonaviy meʼmorligi uslubida koʻp qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis sanʼat saroyi va boshqalar). 1960-yillardan bir xil koʻrinishdagi ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. Soʻnggi yillarda keng xiyobonlar va temir-betondan koʻp qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bogʻchalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo boʻldi. Sanoat va transport in-shootlari, oʻquv binolari, kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi. K. meʼmorlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va boshqa
Tasviriy sanʼati[tahrir]
Indeyslarning kad. sanʼati namunalaridan gʻorlardagi suratlar, sopol idishlar, yogʻoch va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan vatanparvarlik ruhidagi suratlar koʻpaydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga eʼti-bor namoyon boʻldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va boshqa xalq turmushini zoʻr ehtiros bilan tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdi.
Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uygʻunlashgan. 16—18-asr larda cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi boʻlgan. 1776 yil Ganavada «Koliseo» teatri qurildi. 1816 yil «Santa Sesiliya» musiqa akademiyasiga asos solindi. 19-asr boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bogʻliq opera-buffa shakllandi. 19-asr oʻrtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898 yil E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —»Yumuri» sahvalashtirildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo boʻlib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan soʻng ijodiy jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya «26 iyul marshi»ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur boʻldi. Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa va «Ilhom-XX» kamer musiqa festivallarida K. kompozitorlarining asarlari ham ijro etilmokda.
Teatri[tahrir]
K.da qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari koʻrsatib kelingan. 16-asr da teatr sanʼati ispan diniy teatri taʼsirida rivojlandi. 17-asrda dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-asr ning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) «Shahzodabogʻbon yoki soxta Kloridano» degan dastlabki asari paydo boʻldi. 1838 yil Ganavada 3 ming oʻrinli «Takon» teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qoʻyildi. 1910 yil da teatr jamiyati tuzildi, jur.lar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, «Kueva» teatri (1936) tashqil topdi. 1941 yil Ganavada aktyorlar va rej.lar tayyorlash uchun Dramatik sanʼat akademiyasi va Gavana universiteti qoshida teatr maktabi ochildi. 40—50 yillarda P. Alfonso, K. Felipe va boshqa dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari oʻrin oldi. Gavanada K. milliy teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qoʻgʻirchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), Bolalar va oʻsmirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan.
Kinosi[tahrir]
K.da kinoxronika va hujjatli filmlar 1897 yildan suratga oliva boshlagan. 1910—20 yillarda rej.lardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino ishlab chiqarishga asos soldilar. 30—40-yillarda ayrim kinofilmlardagiva K. hayoti koʻrsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSH kinofilmlari namoyish etildi. 1959 yil Ganavada K. kino sanʼati va kino sanoati instituti barpo etilgandan keyingi va chinakam milliy kino sanʼati vujudga keldi. Koʻpgiva hujjatli filmlarning rej.lari S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografiyaning yetakchi arboblari boʻlib qolishdi. Multiplikatsi-on filmlar ishlab chiqarish rivojlandi. K. da 450 dan ortiq kinoteatr bor. 1961 yildan «Sine Kubano» («Kuba kinosi») jur. nashr etildi. Keyingi yillarda «Xuan Kinkin sarguzashtlari» (rej. X. G. Espinosa), «Lyusiya» (rej. U. Solas), «Melya» (rej. E. P. Barnet), «Rancheador» (rej. S. Xiral) va boshqa kartivalar tomoshabinlarga manzur boʻldi. Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali oʻtkazib turiladi.[1]
Kuba (Kuba Respublikasi) poytaxti — Havana shahri. BMT a’zosi

Venesuela Bolivar Respublikasi


República Bolivariana de Venezuela

Bayroq
Gerb

Shior: Y’o`q

Madhiya: Gloria al Bravo Pueblo


(Glory to the Brave Nation)

Poytaxt
Karakas

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Nicolas Maduro

Mustaqillik


Ispaniyadan

• Sana 5 iyul 1811

Maydon

• Butun 912,050 km² (33-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 26,749,000 (43- oʻrin)

• Zichlik
29/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$164,100 mil. (48-)

• Jon boshiga AQSh$6,135

Pul birligi
Bolivar (VEB)

Vaqt Mintaqasi


(UTC-4:30)

• Yoz (DST)

Qisqartma
VE
Internet domen
.ve
Telefon prefiksi
+58

tahrir kuzat



Venesuela (Venesuela Bolivar Respublikasi) poytaxti — Karakas shahri. BMT aʼzosi.
Venesuela (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (República Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim.dan Karib dengizi va Atlantika okeani b-n oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug , 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
• 3Aholisi
• 4Tarixi
• 5Xoʻjaligi
• 6Sanoati
• 7Qishloq xoʻjaligi
• 8Transporti
• 9Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi
• 10Adabiyoti
• 11Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
• 12Teatri
• 13Kinosi
• 14Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
V. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1999 y. 30 dek.dan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 y. fevral dan Ugo Rafael Chaves Frias). U 6 y. ga saylanadi, ketma-ket ikkinchi marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy assambleya; u aholi tomonidan umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-n 5 y. ga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir]
V. hududi relefiga koʻra 3 qismdan iborat: shim.-gʻarb va shim.da And togʻlarining bir qismi — Serrade-Perixa va Kordilera-de Merida togʻlari (Bolivar choʻqqisi, 5007 m), markazida Orinoko tekisliklari (Lyanos Orinoko) — bal. 40–150 m gacha boʻlgan allyuvial pasttekislik va jan.-sharqda Gviana yassitogʻligi — denudatsion tekislik (300–400 m) bor. V. ning asosiy qazilma boyligi neft (V. chekka bukilmasi va Marakaybo botigʻida) va gaz; temir rudasining yirik konlari, marganes rudasi, olmos, oltin, nikel va volfram konlari ham bor.
Iqlimi issiq subekvatorial boʻlib, yezda yogʻin koʻp yogʻadi, qishi quruq, jan.gʻarbda esa iqlimi ekvatorial, nam. Oylik oʻrtacha t-ra 25° dan 29° gacha, shim.gʻarbda 280 mm, markaziy qismida 750–1200 mm, jan.-sharkda 2000 mm gacha va jan.-gʻarbda hamda Kordilera-de Meridaning shim. yon bagʻirlarida 2000–3000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Daryolari koʻp, asosan Orinoko daryosi havzasiga kiradi; Orinokoning yuqori oqimi va uning oʻng irmoqlari (Ventuari, Kaura, Karoni va b.) serostona, juda koʻp sharsharalar hosil qiladi (dunyoda eng baland Anxel sharsharasi — 1054 m V. hududida), chap irmoqlarida kema qatnaydi. Eng yirik koʻli — Marakaybo kuli. Qizil laterit (ferrallit va ferrit) tuproqlar koʻproq uchraydi, jan.-sharqiy va jan-.da podzollashgan laterit, Quyi Lyanosning shim.da va Marakaybo pasttekisligining jan.da oʻtloqi-oʻrmon va botqoq tuproqlar tarqalgan. V. hududining yarmidan koʻpi oʻrmon, doimiy yashil oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar oʻsadi, baland togʻlarda oʻtloqlar bor. Lyanosda savannalar, pasttekisliklarida mangra chakalakzorlari koʻp. Milliy bogʻlari: Kanayma, Serraniya-la-Neblina, Xaua-Sarisarinama va b.
Hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerda maymunlar, mayda bugʻular, yalqov chumolixoʻr, zirhlilar va b. hayvonlar yashaydi. Qushlardan qora tumshuqli qoʻton, katta shaftolixoʻr, toʻti, kolibrilar bor. Daryolarda kayman (timsoh) va elektrik ilonbaliqlar koʻp.
Aholisi[tahrir]
Asosan, venesuellar (90%). V. ning jan.da yarim koʻchmanchi indeys qabilalari, sharqsa, Orinoko deltasida varrau, gʻarbda, Kolumbiya chegarasida chibcha, karib va aravak qabilalari yashaydi. Davlat tili — ispan tili. Dindorlar asosan katoliklar. Shahar aholisi 84%. Yirik shaharlari: Karakas, Marakaybo, Barkisimeto, Valensiya va b.
Tarixi[tahrir]
Kadim zamonlardan V. hududida aravak, karib va b. mayda shevalarda gaplashadigan indeys qabilalari yashagan. Bu qabilalar ibtidoiy-jamoa tuzumining turli bosqichlarida boʻlib, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik b-n shugʻullangan. 1498 y. X. Kolumb V. sohillariga kirib kelgan. 1499 y. ispanlarning A. de Oxeda ekspeditsiyasi V. qirgʻoqlarini Marakaybo qoʻltigʻigacha tekshirganida indeyslarning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini koʻrib, bu diyorni V. (kichik Venesiya) deb atashdi. 16-a. boshlarida ispanlar V. ni bosib oldi. 1810 y. V. da mustaqillik uchun kurash boshlandi. Bu kurashga F. Mirando, keyinchalik S. Bolivar rahbar boʻldi. Natijada 1811 y. V. mustaqillikka erishdi. 1819 y. V. Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y. dan V. — mustaqil davlat. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatga chet el kapitali suqilib kirdi. 1913 y.da neft konlari ochildi. Neft chiqarishning tez surʼatlar b-n oʻsishi natijasida ishlab bsruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari paydo boʻldi, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga hal qiluvchi taʼsir qildi. 1947 y. general Medina Angarita harbiy rejimi agʻdarilgach, atoqli yozuvchi Romulo Galegos mamlakat prezidenti boʻlib qoldi. Galegos hukumati chet el neft kompaniyalari daromadlaridan davlat foydasiga olinadigan soliqni koʻpaytirdi, bu kompaniyalarning faoliyatini cheklaydigan bir qancha tadbirlar koʻrdi, sanoatda davlat sektorini yaratish, agrar islohot oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ana shu tadbirlar, shuningdek V. ning siyosiy mustaqillikka erishish yUlidagi harakati chet el monopoliyalarining noroziligiga sabab boʻldi. 1948 y. noyab.da bir guruh zobitlar chet el monopoliyalari yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Peres Ximenes 1952 y.da mustabid diktatura rejim i oʻrnatdi. P. Ximenes hukumati davrida (1952—58) V. iqtisodiy asoratga tushdi. Biroq mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar birlashib, diktaturaga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardi va 1958 y. yanvarda Ximenes hukumati agʻdarildi. Bu gʻalaba natijasida mamlakatda demokratik yoʻldan borish, mehnatkashlarning eng muhim talablarini qondirish imkoniyati tugʻildi. Biroq prezident R. Betankur hukumati milliy mustaqillikni himoya qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kerak desada, amalda reaksion kuchlarga yon berish siyosatini yuritdi. R. Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barcha siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 y.dek.da saylangan prezident R. Leoni hukumati ana shuni hisobga olib, ichki va tashqi siyosatda juda ustalik b-n ish tuta boshladi. Biroq bu siyosat oʻz mohiyatiga koʻra, millat manfaatiga zid siyosat boʻlganidan mamlakatda ilgʻor kuchlarning qarshiligi kuchaya bordi. 1968 y. aprel da hukmron «Demokratik harakat» partiyasida parokandalik roʻy berdi va u 1968 y. prezident saylovida magʻlubiyatga uchradi. 1968 y. prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari R. Kaldera gʻalaba qozonib, 1969— 74 y. lardagi muddatga davlat boshligʻi qilib tayinlandi. Shundan keyin ham V. da davlat prezidenti bir necha marta oʻzgardi. V. 1945 y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 26 aprelda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1811).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari: Demokratik harakat, 1941 y.da asos solingan; Xalq saylov harakati, 1967 y. da tuzilgan; Milliy konvergensiya, 1993 y.da asos solingan; Respublikachi demokratik ittifoq, 1946 y.da tuzilgan; Sotsial-xristian partiya, 1946 yda tuzilgan; Sotsializm uchun harakat, 1971 y. tuzilgan; V. Kommunistok partiyasi, 1931 y. tashkil etilgan; Radikal ish partiyasi; Beshinchi Respublika harakati, 1997 y. asos solingan; Soʻl inqilobiy harakat, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari: V. mehnatkashlari yagona markazi, 1963 y.da tuzilgan; V. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y. da tashkil etilgan.
Xoʻjaligi[tahrir]
V. — Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biri. Uning xoʻjaligi neft qazib olish va uni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bu sohada V. dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Davlat neft va gaz sanoati, elektr energetika, temir ruda qazib chiqarish va neft kimyosi tarmoklarini oʻz ixtiyoriga olgan. V. yalpi mahsulotida sanoat 48% ni, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45 % ni, q.x. 7% ni tashkil etadi.
Sanoati[tahrir]
Mamlakat valyuta tushumlarining 90% dan koʻprogʻini neft sanoati taʼminlaydi. Neftni qayta ishlovchi 12 z-d yiliga salkam 80 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Shuningdek tabiiy gaz, yuqori sifatli temir rudasi, boksit, marganes, nikel, oltin, olmos, toshkoʻmir ham qazib olinadi. Yiliga 61 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi (yarmidan koʻpi GES larda). Kimyo va neft kimyosi sanoati, avtomobilsozlik, qora metallurgiya rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, charmpoyabzal, qogʻoz, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Karakas, Marakaybo, Valensiya, Marakay, Puerto-Kabelo, La-Guayra.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir]
Iqtisodiy faol aholining 12 % ga yaqini shu sohada band. Yirik yer egaligi ustun. Yer maydonining 2% ga yaqini ishlanadi. Yaylov va oʻtloqlar 18%, boshqa yerlar 80%. K-x. mahsulotlari qiymatining yarmi dehkonchilikka toʻgʻri keladi. Ammo u mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Dehqonchilik asosan togʻ yon bagʻirlarida va dengiz sohillarida rivojlangan. And togʻlaridagi oʻrmonlarni kesish va yondirish yoʻli b-n ham yer ochib dehkonchilik qiladilar. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kofe, kakao. Bundan tashqari kartoshka, dukkakli ekinlar, shakarkamish, sugʻoriladigan yerlarda paxta ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Karakas, Marakaybo atroflarida yirik sutchilik fermalari bor. Ammo aholining sutga boʻlgan ehtiyoji faqat 50 % qondiriladi. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi.
Transporti[tahrir]
Ichki yuk tashishning 90% ga yaqini avtomobil transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 101 ming km, t. y. larning uz. 336 km. Dengiz savdo floti mavjud. Asosiy portlari — La-Salina, Puerto-Kabelo, Marakaybo, Amuay, Punta-Kardon. Chetga chiqariladigan mahsulotlarning 9/10 qismini neft va neft mahsulotlar tashkil etadi; shuningdek alyuminiy, temir rudasi, prokat, kimyoviy mahsulotlar, mineral xom ashyo, oltin ham chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, ehtiyot qismlar, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, transport vositalari, bugʻdoy, makkajoʻxori, sut mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Braziliya, Germaniya, Kanada, Italiya, Yaponiya va b. Pul birligi — bolivar.
Tibbiy xizmatga V. Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Davlat davolash muassasalarida bepul tibbiy xizmat koʻrsatiladi, xususiy shifokorlar ham bor. Mamlakatdagi kasalxonalarda 40 mingga yaqin oʻrin bor. 15 ming shifokor xizmat koʻrsatadi. Shifokorlarni un-tlarning 7 fakulteti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmny va madanvy-maʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul majburiy taʼlim beriladi. Boshlangʻich maktabda 6 y., oʻrta maktabda (litseyda) 5 y. oʻqitiladi. Xususiy maktablar ham bor. Karakasda Markaziy un-t, Valensiya, Marakaybo, Merida sh.larida un-tlar mavjud. Milliy til akademiyasi (1882), tibbiyot akademiyasi (1904), bOdan ortiq i. t. muassasasi va 60 ilmiy jamiyat, Karakasda Milliy kutubxona (1883), Tasviriy sanʼat, tarix va S. Bolivar muzeylari bor.
Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi[tahrir]
V. da nashr etiladigan yirik gaz.lar: «Nasional» («Millat», 1943 y.dan), «Universal» (1909 y.dan), «Ultimas notisias» («Soʻnggi xabarlar», 1941 y.dan), «Mundo» («Jahon», 1958 y.dan). Yirik jur.lari: «Momento» («Lahza», 1959 y.dan), «Elite» («Elita», 1925 y.dan). Venpres hukumat axborot agentligi 1975 y.da tuzilgan; «Innak» xususiy axborot agentligi 1958 y.dan beri ishlaydi. Radioeshittirish 1930 y.dan (asosan ispan tilida), telekoʻrsatuvlar 1952 y.dan olib boriladi. Bir qancha radio va telest-yalar bor. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni V. Milliy radiosi va V. Milliy televideniyesi nazorat qiladi.
Adabiyoti[tahrir]
Ispanlar bosib olguncha boʻlgan indeyslarning xalq ogʻzaki ijodi namunalari saqlanib qolmagan. Yozma adabiyot asosan ispan tilida rivojlana boshladi. 19-a. boshlarida hajvchi V. Salias, shoir X. A. Montenegro, dramaturg X. D. Dias, publitsistlar F. Miranda va S. Bolivar asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etdi. V. mustaqillikka erishgandan keyingi yangi adabiyotning shakllanishida shoir va olim Andreas Beloning maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan «Poeziyaga murojaat», «Tropik dehqonchilik sharafiga» poemalari muhim rol oʻynaydi. 19-a. ning 2-yarmidan V. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Bu oqimning X. P. BoNalde, X. R. Yenes, X. Kalkano kabi namoyandalari ijodida Yevropa va Amerika romantizmi asarlariga taqlid kuchli. 19—20-a.lar chegarasida naturalizm va modernizm oqimlari paydo boʻldi. Demokratik va inqilobiy harakatlar taʼsirida tanqidiy realizm rivojlandi. Mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlar, mehnatkashlarning qashshoq hayoti R. Galegos («Salar oilasidan oxirgi kishi», 1920; «Donya Barbara», 1929; «Qashshoq negr», 1937), R. D. Sanches («Neft», 1936), M. O. Silva («Bezgak», 1939;»Boʻsh qolgan uylar», 1957) kabi yozuvchilar ijodida oʻz ifodasini topdi. G. L. Karreri «Mening eʼtirozim» (1962) hikoyalar toʻplamida, E. Subero «Zulmatda» (1963), E. Kolombani «Bugun xitob qilaman» (1963) kitoblarida xalq ommasining norozilik kayfiyati va kurashlarini aks ettirdilar. Taraqqiyparvar adiblar tinchlik, demokratiya yoʻlida barakali ijod etmoqdalar.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]
Palma shohlari yopilgan kulbalar indeyslarning turar joylari boʻlgan. 16-a.dan boshlab ispanlar tomonidan shaharlar bunyod etila boshlandi. 18a. da V. shaharlarida binolar, asosan, shahar maydoni atrofida (barokko uslubida) qurildi. La-Guayra, PuertoKabelo, Karakas va b. shaharlarda ikki qavatli turar joy, savdo, maʼmuriy binolar hamda ibodatxonalar qurilishi avj oldi. 19—20-a. larda V. da Yevropa usulida qurilgan koʻp qavatli har xil meʼmoriy inshootlar qad koʻtardi. L. Urdaneta, R. Garema, G. Bermudes kabi meʼmorlar yetishdi. Qurilish, asosan, Karakasda rivojlandi. Lotin Amerikasining mashhur meʼmori K. R. Vilyanueva ishtirokida V. da un-t shaharchasi va b. binolar qurildi. Zamonaviy meʼmorlik temir-beton konstruksiyalar asosida rivojlandi.
V. hududida ispanlar bosib olgunga qadar indeyslar kulolchiligi va qoya rassomligi rivojlangan edi. 17—18-a. lar rassomligi va haykaltaroshligi asosan diniy harakterda. 19-a. boshlarida mahalliy portret sanʼati vujudga keldi (X. Lovera). 19-a. oʻrtalarida ozodlik harakatining taʼsirida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy haykaltaroshlik (M. Gonsales, E. Palasiosi-Kavelo) va rassomlik (M. Tovari-Tovar, A. Michelena) rivojlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida janrchi A. Michelena, romantik K. Roxas, manzarachi F. Brandt, impressionizm vakillari — E. Boggio, R. Monasterios kabi rassomlar ijod qildilar. V. sanʼatida realizm b-n bir qatorda modernizm oqimlari ham tarqalgan.
Teatri[tahrir]
Karakasda 16-a. dan boshlab teatr tomoshalari ora-sira koʻrsatila boshladi. 1853 y. Marakayboda birinchi milliy komediya («Vijdonsiz, baxil va dangasa», M. Fernandes) sahnalashtirildi. 19-a. ning oxiri — 20-a. ning birinchi yarmida V. dramaturgiyasidagi jonlanish teatr sanʼatida ham oʻz aksini topdi. 50-y. larda bir necha teatr maktablari ochildi. Karakasda Komediya teatri, «Teatr munisipal», «Teatro nasonal», «Poliedro», «Ateneo» va b. teatrlar bor. Marakaybo, Barkisimeto, Merida kabi shaharlarda ham teatrlar mavjud. I. Gramko, S. Renxifo, V. Franko, I. Chokron va b.ning pesalari qoʻyiladi. A. de Pasi-Mateos, K. Ortis, A. Lopes, N. Kuriyel, X. Torres va b. teatr arboblari mashhur. 1959 y.dan V. teatri festivali oʻtkazib turiladi.
Kinosi[tahrir]
V .da birinchi film («Karakasda karnaval») 1909 y. suratga olingan. Milliy kino sanʼati esa 20-a.ning 30-y.larida yuzaga keldi. 1948— 54 y.larda Karakasda «Bolivar film» kinostudiyasi ishladi. Bir necha kinoprokat firmasi bor. V. da yiliga 2—3 toʻla metrajli film ishlab chiqariladi. V. da tayyorlangan «Morena Klara» koʻp qismli badiiy filmi Oʻzbekiston televideniyesi orqali bir necha marta namoyish etildi. S. Enrikes, U. Petersen, M. Lara, R. Chalbaud, A. Roxas, E. Fernani, E. Montexo V. ning mashhur kino arboblaridir.
V. ning OʻzRdan geografik jihatdan olisligi sababli ular oʻrtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar endigina rivojlana boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1997 y.da atigi 0,2 ming AQSH dollarini tashkil ztdi.[1]

Ekvador Respublikasi


República del Ecuador

Bayroq
Gerb

Shior: Ecuador ha sido, es y será un país amazónico
(Ispancha: Ecuador has been, is and will be an amazonic country)
Madhiya: Salve, Oh Patria
(We Salute You Our Homeland)

Poytaxt
Kito

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Rafael Correa Delgado

Mustaqillik


Ispaniyadan

• Sana 24 may 1822

Maydon

• Butun 283,560 km² (72-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 13,363,593 (65- oʻrin)

• Zichlik
47/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$52,770 mil. (76-)

• Jon boshiga AQSh$3,949

Pul birligi
AQSh Dollar (USD)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
EC
Internet domen
.ec
Telefon prefiksi
+593

tahrir kuzat



Ekvador, Ekvador Respublikasi — Janubiy Amerikaning shim. gʻarbiy qismidagi davlat. Maydoni 283,6 ming km². Aholisi 13,447 mln. kishi ‘ (2002). Poytaxti — Kito shahri Maʼmuriyjihatdan 21 provinsiya (rgouyu1a)ga boʻlinadi.
Mundarija
[yashirish]
• 1Davlat tuzumi
• 2Tabiati
• 3Tarixi
• 4Xoʻjaligi
• 5Musiqasi
Davlat tuzumi[tahrir]
E. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 yil 10 avg .da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2005 yil apr.dan Alfredo Palasio), u 4 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin emas. Qonoʻn chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi; prezident hukumatga ham boshchilik qiladi.
Tabiati[tahrir]
E. ekvatordajoylashgan. Shim. da Kolumbiya, jan. va sharqda Peru bilan chegaradosh. Gʻarbda Tinch okean suvlariga tutash. Tinch okeandagi Galapagos o.lari ham E.ga qaraydi. E. hududi tabiiy jihatdan 3 qismga boʻlinadi: Oryente (togʻ oddi tekisliklar), Syerra (And togʻligi) va Kosta (togʻ etagi va Guayas vodiysi pasttekisliklari). Kordilyera togʻlarining ichki yon bagʻirlarida soʻngan (Chimboraso — E. ning eng baland nuqtasi, 6262 m) va harakatdagi (Kotopaxi va boshqalar) vulkanlar bor. Asosiy foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, oltin, kumush, oltingugurt, toshqoʻmir, marganets, mis va polimetall rudalari. Iqlimi Oryenteda ekvatorial, Syerrada togʻekvatorial, Kostada subeqvatorial Iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura Kito (2800 m balandlik)da 13°, jan.da 23° dan 27° gacha. Yillik yogʻin 100 mm dan (jan.da) 6000 mm gacha (And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida). Yirik daryolari: Guayas, Putumayo, Napo, Tigro. Hududining 75% oʻdshon (asosan, nam tropik oʻrmon). Urmonlarda ayiq, yaguar, yovvoyi mushuk vab. sut emizuvchi hayvonlar yashaydi. Ilon, toshbaqa, echkemar, dengiz iguanasi, timsoh, qush koʻp. Tuproqlari podzollashgan qizil, togʻoʻtloq va allyuvial tuproq. Galapagos, Kotopaxi, Sangay va boshqalar milliy bogʻlari bor.
Aholisining 40% indeyslar (asosan, kechua) va 40% ga yaqini ispanindeys metislari, qolganlari oq tanlilar. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 62%. Muhim shaharlari: Kito, Guayakil, Kuenka.
Tarixi[tahrir]
E. hududida qadimdan 16-asr boshlariga qadar indeys qabilalari yashagan. 15-asr oxirida inklar zabt etgan. 1526 yil E. sohiliga ispan konkistadorlari kelib oʻrnashdi. 1531—33 yillarda F. Pisarro boshchiligidagi konkistadorlar ekspeditsiyasi E. hududini egallab oldi. 16-asrning 40- yillarida aholining ispanlarga qarshi qoʻzgolonlari boʻlib oʻtdi. 1563— 1739 yil larda E. Kito audensiyasi nomi bilan Peru vitseqirolligi, 1739—1822 yil larda Yangi Granada vitseqirolligi tarkibida. 1809 yil aholining mustaqillik uchun harakati avj oddi. 1822 yil Ispaniya mustamlakachiligi tugatildi. 1830 yil maygacha Kito viloyati nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibida boʻddi. 1830 yil mustaqil davlatga aylandi va E. Respublikasi deb nomlandi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) E. fashistik blokdagi davlatlar bilan munosabatlarni uzdi. 1944— 46 yillar hokimiyatga turli partiya va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hukumat boshchilik qildi. 1972 yildagi davlat toʻntarishidan soʻng harbiy hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamlash siyosatini olib bordi. 1979 yildan hokimiyatga fuqarolik hukumati boshchilik qilib kelmoqda. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — 10 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1809).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Soʻl demokratik partiya, 1977 yil tuzilgan; Demokratik partiya, 1979 yil asos solingan; E. Kommunistik partiyasi, 1926 yil tashkil etilgan; Konservativ partiya, 1855 yil tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi,1978 yil asos solingan; Radikal liberal partiya, 1878 yil tashkil etilgan; Sotsialxristian partiya, 1951 yil tuzilgan. E. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1944 yil asos solingan; Mehnatkashlarning birlashgan fronti, 1971 yil tashkil etilgan; E. sinfiy tashkilotlar konfederatsiyasi, 1938 yil tuzilgan; E. erkin kasaba uyushma tashkilotlari konfederatsiyasi, 1962 yil asos solingan.
Xoʻjaligi[tahrir]
E. — yirik neft sanoatiga ega boʻlgan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 16,8%, neft va kon sanoati 14,5%, qayta ishlash sanoati 15,3% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq. E. — banan yetishtirish va eksport qilish boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri (yiliga oʻrtacha 5,32 mln. tonna hosil yigʻib olinadi). Shuningdek, kofe, kakao oʻstiriladi. Shakarqamish, paxta, sholi, kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, soya, tamaki ekiladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Hududiy suvlaridan __ baliq, krevetka, languot ovlanadi. Oʻrmonda qimmatbaho daraxtdan yogʻoch tayyorlanadi, geveya daraxtidan kauchuk olinadi.
S a n o a t i ning yetakchi tarmogʻi — neft qazib olish; tabiiy gaz, mis va qoʻrgʻoshin rudalari, oltin, ku^mush, oltingugurt ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 8,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, sement korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.
Transport yoʻlining uzunligi 0,97 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 43,1 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 504 ming t dedveyt. Yirik portlari: Guayakil, Balao, Esmeraldas. Kito va Guayakidda xalqaro aeroportlar bor. E. chetga neft va neft mahsulotlari, banan, krevetka, kofe, baliq, kakao, shakar chiqaradi. Chetdan sanoat xom ashyosi va yarim fabrikatlar, mashina va jihozlar, qogʻoz, karton, oziq-ovqat oladi. Tashqi savdoda AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madannymaʼrifiy muassasalari. E.da vrachlar 5 tibbiyot oliy maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish muddati 12 yil (boshlangʻich maktabda 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil). Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham faoliyat yuritadi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 20 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Kito shahrida Markaziy va Katolik untlar, Kuenka shahridagi unt. E. akademiyasi, Kito shahridagi tibbiyot fanlari akademiyasi va 20 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatlarda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Kutubxonalari: Markaziy unt, Kito shahridagi milliy va munitsipal, Kuenka shahridagi universitet va munitsipal kutubxonalar. Muzeylari: Mustamlaka sanʼati muzeyi, shahar ‘sanʼat va tarix muzeyi, arxeologiya va etn. muzeyi, antropologiya muzeyi, geol. muzeyi (hammasi Kito shahrida). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: «Bandera roxa» («Qizil bayroq», nazariy jur., 1940- yillarda asos solingan), «Vistaso» («Sharq», 1 oyda 2 marta chiqadigan jur., 1957 ydan), «Komersio» («Savdo», kundalik gaz., 1906 ydan), «Letras del Ekuador» («Ekvador adabiyoti», oylik adabiy jur., 1944 yildan), «Oy» («Bugun», kundalik gaz., 1982 yildan), «Pueblo» («Xalq», haftalik gaz., 1946 yildan), «Ultimas notisias» («Soʻnggi xabarlar», kundalik oqshom gaz., 1938 yildan), «Universo» («Koinot», kundalik gaz., 1921 yildan), «Ekspreso» («Ekspress», kundalik gaz., 1973 ydan). Ekuapress, davlat axborot agentligi, 1982 yil tashkil etilgan. «Asosiason ekuatoriana de radiodifuson», radiostyalar uyushmasi. 300 ga yaqin tijorat radio st-ya faoliyat yuritadi. Bir qancha tijorat televideniye xizmati, jumladan, «Korporason ekuatoriana de televison» (1967 yil tuzilgan) xizmati mavjud.
Adabiyoti ispan tilida rivojlanmoqda. Mustamlakachilik davri (16-asr boshi — 19-asr boshi)da tarixiy va diniy asar hamda sheʼrlar yaratildi. Mustaqillik uchun urush yillari «Xunin davridagi gʻalaba. Bolivarga qoʻshiq» odasi muallifi X.X.Olmedo samarali ijod qiddi. 19-asrning 30- yillaridan asr oxirigacha nasrda romantizm hukmronlik qildi (X.L.Merining «Kumanda» romani, 1825). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida sheʼriyat modernizm ruhida rivojlandi, nasrda naturalizm taʼsiri sezildi. X.Ikas va 20-asrning boshqa yozuvchilari irqiy kamsitish sharoitida indeys va metislarning ijtimoiy fojiasini aks etgirdilar. X. dela Kuadra, X. Galyegos Lara, Jorge Queirolo Bravo, E.Xil Xilbert, A.Parexa Diyeskanseko, D.Agilera Malta, P.X.Vera va boshqalar yozuvchilar, X.Karrera Andrade, X.E.Adoum va boshqalar shoirlar oʻz asarlarida xalqning haqqoniy turmushini, uning ijtimoiy ziddiyatlarini keng yoritdilar.
Meʼmorligi va tasvnriy sanʼati. E. indeyslarining qadimiy sanʼati Peruning taraqqiy etgan madaniyati bilan bogʻliq (kulollik, haykalchalar, metall buyumlar, sharqiy r-nlarda tosh istehkomlar). 16-asrdan E.da shaharlar barpo etilaboshladi. 17— 18-asrlarda binolarbarokko uslubida qurildi (meʼmor A.Rodriges), ular mahalliy anʼanaviy chiroyli oʻyma naqshlar bilan bezatildi. Diniy mazmundagi rang-tasvir (N.X. de Gorivar) va haykaltaroshlik (indeys M.Inli, 18-asr) oʻziga xos. 20-asrning oʻrtalaridan hozirgi zamon meʼmorligi rivojlana boshladi. O.Guayasamin, E. Kingman, D.Paredes kabi rassomlar mehnatkash xalq, asosan, indeyslar turmushini aks etgirdilar. E.da kulollik, toʻquvchilik, niqoblar yasash, kumushdan buyumlar ishlash, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
Musiqasi[tahrir]
E. xalq musiqasi (kreol va indeys) Boliviya, Peru, Shim.Gʻarbiy Argentina musiqalarining ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelmoqda. 19-asrdan professional musiqa shakllandi (kompozitor A.Baldeon va boshqalar). 1870 yil Kito shahrida Milliy konservatoriya ochiddi. 19-asr 2-yarmida kompozitor va musiqashunos P.Traversari, kompozitor va folklorshunos S.L.Mareno, 20-asr 2-yarmida kompozitorlar S.M.Duran, akauka L. va G. Salgado mashhur boʻlgan. Kito va Kuenka shahrilarida konservatoriyalar bor.
Ekvador (Ekvador Respublikasi) poytaxti — Kito shahri. BMT aʼzosi

Chili Respublikasi


República de Chile

Bayroq
Gerb

Shior: Por la razón o la fuerza
(Ispancha: By reason or by strength)
Madhiya: Himno Nacional de Chile
(Chilean National Anthem)

Poytaxt
Santiyago

Rasmiy til(lar)

Hukumat
Prezidentlik Respublika

• Prezident
Michelle Bachelet

Mustaqillik


Ispaniyadan

• Sana 18 sentabr 1810

Maydon

• Butun 756,950 km² (38-)



• Suv (%)
Aholi

• 2002 roʻyxat 16,136,137 (60- oʻrin)

• Zichlik
21/km²
YaIM (XQT)
2005- yil roʻyxati
• Butun AQSh$185,100 mil. (45-)

• Jon boshiga AQSh$11,471

Pul birligi
Unidades de formento (CLF)

Vaqt Mintaqasi


(UTC)

• Yoz (DST)

Qisqartma
CI
Internet domen
.cl
Telefon prefiksi
+56

tahrir kuzat



Atakama
Chili (Chili Respublikasi) (isp. República de Chile) — poytaxti Santiago shahri. BMT a’zosi CHILI (Chile) Chili Respublika s i (República de Chile) — Jan. Amerikaning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti — Santyago shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Ch. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 yilda kabul qilingan va 1981 yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.
Tabiati. Ch. shim.dan jan.ga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shim.ni Atakama choʻli egallagan. Mamlakat jan. da Patogoniya tekisligi joylashgan. Ch. hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Ch.da vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Ch. hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shim. qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Ch. ning shim.da iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), jan.da nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Ch.da iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tra shim.da 12—16° dan (iyulda) 18— 22° gacha (yanv.da), markazida 8—20°, jan. da 8—15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Ch.da Loa daryosidan boshqa oqar su v yoʻq. Jan.da esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Ch.da tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Ch.ning shim. chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Ch.ning jan.dagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Jan.da subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka jan.da botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Ch. shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, jan.da pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Ch.da Vilyarrika, BernardoO’ Xiggins, AlbertoAgostini, LosParaguas, PeresRosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).
Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.
Tarixi. Ch. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-asrda mamlakatning shim. qismini inklar egallab oldi. 16-asrning 30- yillarida Ch.ga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-asrning oʻrtalarida Ch. hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810 yil iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18 sentabrda milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Ch. mustaqilligi eʼlon qilindi (1818 yil 12 fevral). 1823 yil qulchilik bekor qilindi. 19-asr oʻrtalaridan Ch.ga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865—66 yillarda Ch. Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879—84 yillarda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Ch.ga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914—18) Ch. betaraflik eʼlon qildi. 1927 yilgi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936 yil Ch.da Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938 yildagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941 yil oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Ch. Germaniya (1945 yil fevral) va Yaponiya (1945 yil aprel)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947—58 yillar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956 yil Chili KP (1922 yil tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933 yil asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969 yil Kommunistik, Sotsialistik va boshqa soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973 yildagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 yildan ortiq vaqt davlatni boshqardi.
Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Ch.ga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989 yilgi demokratik saylovlar natijasida A.Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990 yildan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Ch. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 18 martda tan olgan va 1994 yil 16 sentabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 18 sentabr — Mustaqillik kuni (1810).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Ch. Kommunistik partiyasi, 1922 yil tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988 yil tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987 yil tuzilgan; Ch. radikal sotsialdemokratik partiyasi; Ch. sotsialistik partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957 yil tuzilgan; Ch. birlashgan sotsialistik partiyasi. Ch. mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988 yil Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan.
Xujaligi. Ch. Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi.
Sanoati.Ch. mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. Transport yoʻlining uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport bor. Ch. chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — chili pesosi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Ch.da vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi.
Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlangʻich maktabda oʻqish 8 yil, oʻrta maktabda 4 yil Asosiy maktab negizida 4 yillik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago shahrida. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy sanʼat maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago shahrida joylashgan.institutlar Chili bakteriologiya instituti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. instituti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qoʻmitasi (1955), gidrografiya instituti (1874, Valparaiso), geol. instituti (1957), Antarktida instituti (1963), yadro energiyasini oʻrganish milliy markazi, Okeanografiya instituti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy instituti (1945, araukanlar tarixini oʻrganadi), Ch. akademiyasi (1855), Ch. Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Ch. tarix akademiyasi (1940), Chili FA (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Ch. milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago shahrida. Muzeylari — Milliy tarix muzeyi, Nafis sanʼat milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hozirgi zamon sanʼati muzeyi, amerika xalqi sanʼati muzeyi va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ch.da bir kancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: «Analisis» («Tahlil», haftalik jur., 1977 yildan), «Merkurio» («Merkuriy», kundalik gaz., 1827 yildan), «Nason» («Millat», kundalik gaz., 1917 yildan), «Oy» («Bugun», haftalik jur., 1977 yildan), «Segunda» («Sekunda», kundalik kechki gaz., 1931 yildan), «Tersera» («Chorak», kundalik gaz., 1950 yildan), «Ultimas notisias» («Soʻnggi axborot», kundalik gaz., 1902 yildan).
Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953 yil fevralda tuzilgan. Ch. yangiliklar agentligi, 1993 yil asos solingan. Ch. radiostya assotsiatsiyam 1936 yil da tashkil etilgan; 455 radiostyani birlashtiradi. Ch. — 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi boʻlib, 145 styani birlashtiradi. Bir qancha tijorat radio va televideniye styalari bor.
Adabiyoti Ch.ni Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533—94)ning «Araukana» dostoni (1—3 qismlar, 1569—89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810—26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Ch. gazetasi — «Aurora de Chile» («Chilining tonggi shafagʻi»)ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818 yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Ch.da yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Ch. madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Ch. jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817—88) Ch. adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-asr 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-asr oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830—1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920- yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30- yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960—70 yillarda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Ch. fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).
Meʼmorligi. Ch. hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1—2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shaxar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18—19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shaxar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Ch. meʼmorligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, «Gonsales Kortes» (1960—63, meʼmor S.Gonsales va boshqalar), «Portales» (1961—63, meʼmor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962—65, meʼmor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi.
Tasviriy sanʼati. Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18—19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr oʻrtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari boʻlgan. 20-asrda Ch.da turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar.
Musiqasi. Ch.ning qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli — baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama — trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari — kueka, kuando, qoʻshiq janri — tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari — gitara, arfa, gi . tarron. 19-asr Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851 yildan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-asr), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-asr), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Ch. simfonik orkestri (1941 yil tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Ch. milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.
Teatri. Professional teatr sarchashmalari Ch. hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17—18-asrlarda Santyago va Konsepson shaharlaridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709 yil Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari — L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791 yil Valparaiso shahrida teatr barpo etildi. 1815 yil Santyagoda «Kolisso» teatri ochildi. Ch. mustaqillikka erishgach, 1818 yil Santyagoda «Romada» teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842 yil Chili universiteti huzurida teatr (1857 yildan munitsipal teatr), 1848 yil «Respublika teatri» tashkil etildi. 19-asr Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar — K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-asrning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939 yil Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941 yil Chili universitetining tajriba teatri (hozirgi Chili universiteti huzuridagi teatr instituti) tuzildi. 1946 yil Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50- yillarda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, «Teatro munisipal», «Atelye», «Teatro mimiko» teatrlari ishlaydi. 20-asrning 50—60- yillarida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va boshqa dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976 yil Fransiyada «Alef» teatri, 1980 yil Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi.
Kinosi. Ch.da birinchi hujjatli xronikal film 1907 yil yaratildi. 20a. boshlarida Santyago va Valparaiso shaharlarida «Jambastianifilm», «Chilefilm» va boshqa kinofirmalar ishlay boshladi. 1934 yil birinchi ovozli film («Shimol va janub», rej. X.Delano) yaratildi. 30- yillarning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40- yillarda tijorat filmlari bilan birga rej. XDelanoning «Krilonlik qiz» (1941), «Gollivud» (1944) filmlari namoyish etildi. 1957 yil Santyago universiteti huzurida kino instituti ochildi. 60- yillarning eng yaxshi filmlari: «Qonli selitra» (1969, rej. E.Soto), «Viz yashaydigan uy» (1970, rej. P.Kaulen) va boshqa 1970- yillar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan «Oʻrtoq prezident» (1970, rej. M.Littin), «Ovoz va miltiq» (1971, rej. E.Soto), «Guvoxlar» (1971, rej. K.Elsesser) va boshqa filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70- yillarning oxirida Ch.ning taraqqiyparvar rej.lari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar [«Buni unutib boʻlmaydi» (1975, rej. lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), «Marusiya konidagi voqea» (1976, rej. M.Littin) va boshqa].
Download 84,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish