Silikatlar
Silikatlar
(lot. silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar.
Kristallar shaklidagi S. tabiiy birikmalar ichida juda koʻp uchraydi. Tabiiy S.ning kimyoviy tarkibi va
tuzili shi juda murakkab boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida oʻrganish mumkin.
S.ning struktura nazariyasiga koʻra, barcha kristall shakldagi S. asosini [SiOJ4~ tarkmbli
tetraedrlar tashkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab
olgan. S. tabiatda turli sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. S. otqindi va metamorfik togʻ jinslarni
tashkil etuvchi minerallardir; baʼzi S. (mas, gillar, seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi. S.ning
xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryoʻkligiga va boshqa
omillarga bogʻliq. Koʻpchilik S. kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga chidamli.
Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. S.ning qattiqligi Moos shkalasi boʻyicha 4
dan 7 gacha, zichligi 2—4 g/sm³. S.da izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli S.
oʻzaro izomorf aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. S. tabiatda keng
tarqalgan boʻlib, Yer pusti massasining 3/4 qismini tashkil etadi. Barcha maʼlum minerallarning
taxminan 1/3 qismi S.dir. S.ning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning baʼzilari xom ashyo,
ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy S. va h.k.), baʼzilari nometall foydali qazilma (mas,
slyuda, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va boshqalar),
qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad, topaz, granat, berill va boshqalar) sifatida ishlatiladi. S.
parchalanishi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi; alyumosilikatlar parchalanganida esa,
kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.
Tabiiy S. bilan bir qatorda sunʼiy S.ning ham a.hamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barcha S,
shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki kam uchraydigan S. sunʼiy usulda olingan. Sunʼiy S.
tarkibi va tuzilishi jihatdan maʼlum darajada bir xil boʻlganligi uchun ularning xossalarini oʻrganish
osonroq. Sunʼiy Sdan, ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va
boshqalarning ahamiyati muhim.
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Komil Tojiyev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Silikatl
ar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Silikatlar&oldid=2288243
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |