Seleksiya
Seleksiya (lot. selectio — tanlash,
saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar
navlari va duragaylarini, hayvonlar
zotlarini va mikroorganizmlar
shtammlarini yaratish nazariyasi va
amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi
genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si
botanika, sitologiya, embriologiya,
gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya,
entomologiya, ekologiya, biokimyo,
oʻsimlikshunoslik va q. x. mahsulotlarini
qayta ishlash texnologiyasi bilan
chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S.
koʻrinishlari (beixtiyor tanlash)
dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan
boshlangan. Bunday S. astasekin
muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib
borilgan.
Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham
rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda,
sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali
daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan.
3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining
qattiq quruq iqlimga moslashgan
ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq
bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish
navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va
kasalliklarga chidamliligi hamda donining
sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki,
Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik
(Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak),
sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi),
joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun
(Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi
(Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va
boshqalarning sifatli mahsulot beradigan,
mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik
navlari hozir ham ekiladi. Beda
seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta
yutuqlarga erishilgan. Xorazm va
Samarqand bedalari butun dunyoga
mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli
navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq
tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy
zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va
boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina
muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan
bu navlar va zotlardan S. ishlarida
qimmatli boshlangʻich material sifatida
foydalanildi.
CH. Darvin oʻzining "Turlarning kelib
chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy
asosini yaratdi (qarang
Evolyusion
taʼlimot
), hayvonlar va oʻsimliklar
dunyosida yangi shakllarning paydo
boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib
berdi.
S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida
irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta
ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek,
S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari
ham muhim rol oʻynadi. Irsiy
oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar
qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning
kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi
taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S.ning
rivojiga katta hissa qoʻshdi.
Yevropa va Amerikada S. 19-asrda
rivojlana boshladi. Fransiyada L.
Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan
qand lavlagining tanlab olingan shakllari
qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi.
Shved seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan
changlanuvchi oʻsimliklarda yakka
tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli
navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank
duragaylashni qatʼiy tanlash bilan
qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va
boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini
yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr
oxiridan rivojlana boshladi.
Oʻzbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi
20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya
imperiyasi sanoatining paxta xom
ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari
taʼsirida dastlab gʻoʻza S.si bilan
shugʻullanadigan muassasalar tashkil
etildi. 1898 yilda ish boshlagan Turkiston
qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida (hozirgi
Shreder nomidagi Bogʻdorchilik,
uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) R. R.
Shreder qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp
qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza,
gʻalla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899
yilda Andijon tajriba dalasi. 1900 yilda
Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913 yilda
Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda
gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona
seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M.
Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy
kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari,
qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol
olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy
169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan
keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy",
Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari,
Bushuyev koramol zoti yaratildi.
20-asrning 20y.laridan boshlab
Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik,
chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik,
pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida
tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari
tashkil etila boshladi. 1922 yilda
Turkiston seleksiya st-yasi (1965 yildan
Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va
urugʻchiligi i.t. instituti), 1924 yilda
Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining
Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1925 yilda
Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari)
tajriba st-yasi, 1927 yilda Oʻrta Osiyo
ipakchilik instituti, 1929 yilda Butunittifoq
paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932
yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-
yasi, 1934 yilda Oʻzbekiston sabzavot va
kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935
yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti,
1940 yilda Oʻzbekiston chorvachilik
instituti va ularning respublikaning turli
zonalarida joylashgan keng tarmokli
styalari ish boshladi.
Chorvachilikda S. mollarning
mahsuldorlik va mahsulotlari sifati,
kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga
moslashishi, yem-xashakdan samarali
foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi,
yakka, yakkaqarindoshlik,
guruhliqarindoshlik belgilari majmui
boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi
(qarang Duragaylash, Naslchilik,
Saralash).
Oʻsimliklar S.da navning asosiy yaroqlilik
belgisi uning hosildorligi va hosili
tarkibida koʻzlangan zarur moddalar
(mas, bugʻdoyda oqsil, kartoshkada
kraxmal)ning koʻpligi hisoblanadi.
Shuningdek, tanlashda oʻsimliklarning
noqulay omillarga (qurgʻoqchilik, sovuqqa
chidamlilik, kasalliklar va
zararkunandalarga) bardoshlik,
mexanizatsiya bilan ishlov berishga
qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham
muhim belgilar hisoblanadi.
Oʻsimliklar S.si boshlangʻich material
yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular
tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari
yaratilgan navlar, oʻzidan changlangan
liniyalar, poliploidlar, mutantlar boʻlishi
mumkin. Boshlangʻich materialdan tanlab
olingan oʻsimliklar avlodi dastlabki
baholash, baʼzan qayta tanlash uchun
seleksion koʻchatzorlarga ekiladi.
Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun
(dastlabki, stansion, konkurs) tanlab
olinadi. Soʻngra ular yakuniy baholash va
r-nlashtirish uchun Davlat sinoviga
oʻtkaziladi (qarang Davlat nav sinash
tarmogʻi, Nav). Makkajoʻxori S.da
geterozisi yuqori boʻlgan liniyalararo va
nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand
lavlagining yuqori geterozisli shakllarini
yaratish uchun diploidlar tetraploidlar
bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor,
garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar.
S.sida ham geterozis duragaylari
chiqariladi.
Gʻoʻza S.si yalpi tanlash, yakka tanlash
usullari bilan serhosil va tezpishar navlar
yaratish yoʻnalishida olib boriladi. Bunda
navlarning sifat belgilariga (kasallik va
zararkunandalarga, qurgʻoqchilikka,
shoʻrga chidamliligi, tola chiqishi,
mashinada terishga qulayligi va
boshqalar) eʼtibor beriladi. Boshlangʻich
material sifatida chet el S. navlaridan, tur
ichida va turlararo madaniy, yovvoyi,
yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni
chatishtirish yoʻli bilan olingan
populyasiyalardan, radioaktiv nurlanishlar
va kimyoviy mutagenlar taʼsirida
chiqarilgan populyasiyalardan
foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda
geterozis samaradorligidan yoki turlararo
va tur ichidagi duragaylar birinchi
boʻgʻinining yuqori biologikxoʻjalik
mahsuldorligidan foydalaniladi. Gʻoʻza
S.sida oddiy yoki juft, pogʻonali,
duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy
(bekkross), murakkab chatishtirish
usullari qoʻllaniladi.
20-asrda Oʻzbekiston olimlari S.ning
nazariy va amaliy masalalarini ishlab
chiqishga munosib hissa qoʻshdilar.
Gʻoʻza S. sida S. S. Kanash, A. I.
Avtonomov, L. V. Rumshevich, A.
Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M.
Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va
tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A.
M. Negrul, subtropik ekinlar (limon)
S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz
ekinlari kartoshka S.sida D. Abdukarimov,
A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova,
A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik
S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq)
S.sida S. Gʻ. Azimov, qoʻychilik S.sida
I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari
va duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov,
V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va
boshqalarning xizmatlari katta.
Oʻzbekistonda S. ishlari Oʻzbekiston FA
Genetika va oʻsimliklar eksperimental
biologiyasi instituti, Oʻzbekiston Qishloq
va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi
ilmiyishlab chiqarish Markazining
paxtachilik; gʻoʻza seleksiyasi va
urugʻchiligi; oʻrmon xoʻjaligi; sholichilik;
oʻsimlikshunoslik; bogʻdorchilik,
uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz
ekinlari va kartoshkachilik; sugʻoriladigan
yerlarda don va dukkakli ekinlar;
chorvachilik; krrakoʻlchilik; ipakchilik i.t.
intlarida; lub ekinlari tajriba st-yasida;
K,oraqalpogʻiston dehqonchilik i.t.
institutida; Toshkent agrar universiteti,
Andijon, Samarqand qishloq xoʻjaligi
intlari S. kafedralarida olib boriladi.
Oʻzbekistonda S. amaliyoti, uni tashkil
etish va S. yutuqlari (oʻsimliklar navi,
hayvonlar zoti)ga doir huquqiy
munosabatlarOʻzbekiston
Respublikasining "Seleksiya yutuqlari
toʻgʻrisida" qonuni (1996 y. 30 avg .) bilan
tartibga solinadi.
Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat
seleksiyatajriba muassasalari va xususiy
urugʻchilik firmalari amalga oshiradi.
Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori
bugʻdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va
boshqalar) boshqa mamlakatlarda
bahori bugʻdoy S.sida foydalaniladi.
Bunday navlarni yaratish burdoy
hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini
berdi. Makkajoʻxorining (AQSH) yuqori
hosilli duragaylari, qand lavlagining
liniyalararo duragaylari (AQSH,
Shvetsiya), kalta poyali javdarbugʻdoy
amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal
kartoshka navlari (Gollandiya, GFR,
Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari
(AQSH) muhim oʻrinda turadi.
Simongulyan N. G., Shafrin A. N.,
Muhammadxonov S.R., Gʻoʻza
genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi,
T., 1974; Miraxmedov S, Mirjurayev M .,
Kachestvo volokna i seleksiya sortov
xlopchatnika, T., 1986; Yigitaliyev M .,
Muhammadxonov S, Dala ekinlari
seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981;
Abdukarimov D., Safarov T.,
Ostonaqulov T., Dala ekinlari
seleksiyasi, urugʻchiligi va genetika
Adabiyot
asoslari, T., 1989; Seleksiya yutuklariga
oid qonunlar va meʼyoriy hujjatlar
toʻplami, T., 2001; Oʻzbekiston
Respublikasi hududida ekish uchun
tavsiya etilgan qishloqxoʻjaligi ekinlari
taʼrifi, T., 2001.
Bahodir Normatov.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
Do'stlaringiz bilan baham: |