Radiy
Radiy (lot. radius — nur, Radium), Ra —
Mendeleyev davriy sistemasining
II guruhiga mansub
radiaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 88, atom massasi 226,0254. Radiy massa jihatidan
Yer poʻstining 1010% ini tashkil qiladi. Radiy 1898-yilda Radiy va Radiy Kyurilar tomonidan
uran rudasida uranning radiaktivlik xossalarini oʻrganish paytida kashf etilgan. Radiy ikkinchi
radiaktiv elementdir (birinchisi poloniy). Uran rudasining 1 t sida 0,34 g gacha Radiy boʻladi.
Radiy ning massa soni 213,215 va 219—230 boʻlgan 14 ta izotopi maʼlum. Bulardan eng uzoq
mavjud boʻluvchi 226Ra(T1/2=1620-yil). 1910-yilda Radiy Kyuri va Radiy Debyern Radiy
tuzlarini simob katod bilan elektrolizlab Radiy amalgamasini, undan simobni haydab sof
Radiy olishga muvaffaq boʻldilar. Sof Radiy havoda tez oksidlanadigan kumushdek oq metall.
Suyuqlanish temperaturasi 700— 960°, qaynash temperaturasi 1140°, zichligi 5,5 g/sm³.
Radiy va uning birikmalaridan doim chiqadigan nur elektr va magnit maydonida 3 tarkibiy
qismga (a, r va unurlarga) ajraladi. Radiy kimyoviy xossalari jihatidan bariyga oʻxshaydi.
Havoda Radiy sirti radiy nitrid Ra3N2ning qora pardasi bilan qoplanadi. Metall Radiy suvga
taʼsir etganida vodorod ajralib chiqib, kuchli ishqor — radiy gidroksid Ra(OH)2 hocil boʻladi.
Radiy tuzlari oq rangli, lekin ular asta-sekin radioaktiv parchalanib, vaqt oʻtishi bilan sariq yoki
jigarrang tuye oladi. Radiyning bir qancha kompleks birikmalari maʼlum.
Radiyning oʻsimlik organlari va toʻqimalarida toʻplanishi mineral moddalarning yutilish
umumiy krnunlariga boʻysunadi va oʻsimlik turi hamda uning oʻsish sharoitiga bogʻliq. Odatda,
Radiy oʻt oʻsimliklarning iddizi va yaprokdarida koʻproq boʻladi. Poʻstloq va yogʻochlikda
ayniqsa koʻp.
Radiy odam va hayvonlar organizmiga ovqat hamda suv orqali oʻtadi. Odam organizmiga bir
kechakunduzda kiradigan 226Ra ning miqdori 2,310~12 kyurini tashkil etadi. Organizmdagi
Radiyning 80% ga yaqini (u kimyoviy xossasiga koʻra, Sa ga yaqin) suyak toʻqimalarida
tuplanadi. Organizmda Radiy miqdori koʻpayib ketsa, osteoporoz, suyakning oʻz-oʻzidan
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
sinishi va shish kasalliklari kabi yomon oqibatlarga sabab boʻladi. Tuprokda Radiy miqdori 1
10 7— 10~8 kyuri/kg dan oshib ketsa, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi qiyinlashadi. Radiy
yorqin boʻyoqlar tayyorlashda, radon olishda koʻplab ishlatiladi. Radiy tuzlari oʻgʻitga oz
miqdorda qoʻshilsa, paxta, kungaboqar, lavlagi, sabzi, bodring va boshqa oʻsimliklarning
unumdorligi oshadi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Radiy&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Radiy&oldid=2396411
"
dan olindi
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |