Ilova arxitekturasini ishlab chiqish - Ikki yondashuv: Asosida me'morchilikni rivojlantirish dastur integratsiyasi (kontseptsiya Enterprise Application Integration - EAI). Xizmatga yo'naltirilgan rivojlanish arxitektura (Xizmatga yo'naltirilgan arxitektura - SOA).
Nazorat savollari?
Strategik axborot tizimlari.
Raqobat strategiyasi tushunchalari
Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish
3-mavzu. Kompyuterlarning texnik ta’minoti. Kompyuter tizimlari.
Reja:
Kompyuterlarning texnik ta’minoti
Kompyuter tizimlari turlari.
Meynfreym kompyuter tizimlari.
Kompyuter periferiyasi: kiritish, chiqarish va saqlash texnologiyalari.
Kompyuterlarning texnik ta’minoti.
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan ibora. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalaniladigan faqat SHK bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon SHK lari ilgari universal deb hisoblangan Kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu Kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirgi Kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (Elektron Hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatilib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat Kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud:
Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:
super Kompyuterlar (Super Computer)
blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
mini Kompyuterlar (MiniComputer)
shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |