Elektron pochta imkoniyatlari Internetda qidiruv. Umumiy qoidalar.
Internetdagi “Xalqaro axborot tarmog’i”( WWW )– biror bir tuzulishga keltirilmagan matnli (SHu jumladan, grafikli, audio va video ) axborotlardan tashkil topgan, millionlab hujjatlar kiradi. Kerakli axborotlarni topish uchun yuzlab Web – sahifalarni ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Bunda qanchadan qancha kuch va asablar sarflanadi.
Asrimizning 90 – yillaridan boshlab, Interent ning ma’lumot beruvchi xiz matlari rivojlana boshlandi. Bu xizmatlar foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni topishga yordam berardi. Bu xizmatlarni ikkiga bo’lish mumkin: universal va ixtisoslashgan.
Universal xizmatlarda hujjatlarni qidirishninig odatdagi printsipi qo’llaniladi. “ Asosiy ” so’zlar yordamida qidirishning maьnosi shundan iboratki, hujjatlarni “ Asosiy ” so’zi deb, berilgan hujjatlarning mazmunini aks ettiruvchi so’zga yoki so’z birikmasiga aytiladi. Masalan, dasturlash xarakteridagi adabiyotlarga xos “ Asosiy” suzlar bu “shartli utish”, “ Makro buyruq ”, “ Uzilishlarni qayta ishlash ” va hokazo.
Universal qidiruv xizmati – bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli dasturlar va dasturlar yig’indisidan iborat:
Maxsus dastur mavjud bo’lib, u WWWni tinimsiz ko’rib chiqadi va ular orasida so’zlarni tanlab olib, indekslarning ma’lumotlar bazasini tuzib chiqadi. Bu bazaga hujjatlarning “ Asosiy ”so’zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib o’tishimiz kerakki, indeks – bu “ Asosiy ” so’zlar bo’yicha tartibga solingan ko’rsatkichlar to’plami ). Web – server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun buyruq oladi, uni qayta ishlaydi va maxsus dastur – qidiruv mashinasiga uzatadi.
Qidiruv mashinasi indekslarning ma’lumotlar bazasini ko’rib chiqadi va buyruq shartlariga mos keluvchi sahifalar ro’yxatini tuzadi va Web ser - verga qaytarib beradi.
Web – server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan shaklga keltirib, mijoz mashinaga uzatadi.
Mashhur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta- vista.com
), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va boshqalarni ko’rishimiz mumkin.
Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo’lsangiz ma’lum qidiruv serverini adresini kiritib (www.google.uz, www.rambler.ru, www.altavista.ru, www.yandex.ru ), qidiruv maydoniga asosiy suz matnini kiriting va Nayti buyrug’’ini ko’rsating.
Qidiruvda qo’yidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan.
Agar buyurtma so’zi bitta bo’lsa, u holda shu so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab olinadi. Agar so’z bir nechta bo’lsa, so’zlar orasida probel ko’rsatilib yoziladi. M: Amaliy mexanika hakida axborotlarni ko’rmoqchisiz. U holda yo «amaliy» yo
«mexanika» yoki ikkala so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab olinadi.
Agar buyurtma so’zi bir necha so’zdan tashkil topgan bo’lsa, u holda so’zlar qœshtirnoq ichida yoziladi. Bu so’zlar bir butun so’z sifatida qabul qilinib va shu so’z birikmasi mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxatini ko’rsatadi. M: “Amaliy mexanika ”.
“+” belgisi. Agar so’zlar orasiga + belgisi ko’rsatilib, qidiruv berilsa, u holda shu so’zlar mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Bu so’zlar hujjatning turli burchaklarida joylashgan bo’lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika
Ixtisoslashtirilgan xizmatlar – u yoki bu mavzu bo’yicha server adreslari tug’risidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan mavzuli kataloglar hisoblanadi. Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxassislar tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, Internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu kontekst qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo’yicha ixtisoslashtirilgan qidiruv. ( SHu
jumladan: tovarlar bo’yicha, firmalar bo’yicha va hokazo ).
Do'stlaringiz bilan baham: |