Microsoft Internet Explorer.
Bu erda biz Internet Explorerning muhim vazifalarini ko’rib chiqamiz:
Tarmoqda axborotlarni qidirish va navigatsiya;
Web sahifalarni va fayllarni xotiraga olish va pechatь.
Elektron pochtaga jizmat ko’rsatish.
Microsoft Internet Explorerning qayta ishlash ob’ekti bo’lib, Internet tarmog’i resursi hisoblanadi, masalan, Web – sahifa yoki FTP katalogi. Oddiy foydalanuvchi esa bu ob’ektlar ustidan standart operatsiyalarni bajaradi:
adresi bo’yicha sahifalarni ochish va o’qish, kataloglarni ko’rib chiqish;
Internet sahifalarini qidirish;
Sahifalarni xotiraga saqlab qo’yish va chop etish, Internet serverlaridan tanlab olingan fayllarni o’zining kompyuteriga nusxasini ko’chirish.
Word va Excel dasturlaridan farqli ravishda, navigator, foydalanuvchining nuqtai nazarida, oddiy vazifalarni bajaradi. Agar MS Word bilan o’xshatish qiladigan bo’lsak, navigatorning vazifasiga ochish, topish, bir joydan ikkinchi joyga o’tish, xotiraga saqlash, nusxasini olish kabi buyruqlarni bajarishimiz mumkin.
To’g’ri, Internet Explorer xam o’ziga xos operatsiyani bajaradi: Elektron pochta va yangiliklar guruhi bilan ishlovchi, Internet Mail va Interent Newsni ishga tushiradi.
Bundan tashqari, zamonaviy navigatorlar, ma’lum bir sharoitlar tug’ilganda, mijozlarga HTML yordamida o’zlarining Web sahifalarini yaratishga yordam beradi.
Mulьtimediya Web- sahifalarini tayyorlash uchun instrumental vositalar ham mavjud. Bu vositalar bilan Web- masterlar (Web – dizaynerlar) foydalanishadi.
SHunday qilib, biz WWW gipermatnli axborot tizimi va u bilan bog’liq bo’lgan Internet xizmati turlarini sistemali o’rganishga kirishamiz. Bu va keyingi mavzuda asosiy tushunchalar bulgan Web- sahifasi, gipermatn, sayt, ssыlka (jo’natma), resurs va resurs adreslariga qisqacha izoh berib o’tamiz .
Ayrim tushunchalar (masalan sayt) foydalanuvchi nuqtai nazariga yaqinlashtirilib shakllantirilgan. Internet texnologiyalari va bizning tarmoq to’g’risidagi qarashlarimiz tez rivojlanib bormoqda, shu bilan birga tarmoq mexanizmining vazifasi o’zgarmoqda, yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda.
WWW ning asosiy tuzilish elementi - bu Web – sahifa. Web – sahifa – bu o’zida matnli va yoki grafikli axborotni, hamda Internetning boshqa hujjatlarga bo’lgan jo’natmalarini (bu jo’natmalar Web – sahifalarda bo’lishi shart emas) mujassamlashtirilgan WWW hujjati.
Fizik nuqtai nazardan qaraganda, Web – bu .HTM va .HTML kengaytmalariga ega bo’lgan, HTML tili vositalari yordamida formatlashtirilgan fayl. Web – sahifalardagi grafik ob’ektlar- bu .GIF va .JPG formatdagi fayllardir.
SHuni esda saqlash lozimki, Web – sahifa Interent sahifalarining xususiy ko’rinishlaridan biri. Web-sahifa gipermatnli xujjat xisoblanadi.
Gipermatn - bu odatdagi matnli va grafikli axborotlar bilan bir qatorda, boshqa hujjatlarga bo’lgan jo’natmalarni o’zida mujassamlashtirgan hujjat (Bu hujjatlar berilgan hujjatning matnli qismiga yoki grafikli ob’ektiga o’rnatilgan bo’ladi).
Windows ilovasining ma’lumotnoma sahifalari ham gipermatn to’plami hisoblanadi. Bu sahifalar Internet sahifalari kabi tashkil etilgan: jo’natmalar osti chizilgan yoki rang bilan ajratilgan, sichqoncha ko’rsatkichi esa jo’natmaga keltirilganda “ko’rsatkich tarmog’i ko’rsatilgan qo’l” shaklini oladi.
Web – sahifasi jo’natmasiga foydalanuvchi uchun ko’rinmas bo’lgan URL formatidagi hujjat (dokument) adresi ko’rsatiladi. Jo’natma ko’rsatayotgan hujjatga o’tish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosish etarli. Web - saxifalar guruhi saytni tashkil etadi.
Sayt bu Web – serverda joylashtirilgan (qandaydir biror Web-serverda) va xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo’lgan Web – sahifalar to’plami. Bitta Web – serverda bir nechta sayt joylashishi mumkin. Ayrim hollarda sayt deb, FTP- serverdagi shaxs yoki tashkilotning katolog ostisini (podkatalog) atashadi.
Internet Explorerning oynasi.
Internet Explorer Pusk menyusining Programmы punkti yordamida yoki dastur uchun mœljallangan yorliq yordamida ishga tushiriladi. Internet Explorer ning (ochiq hujjat bilan) oynasi quyidagi rasmda berilgan:
Dastur sarlavhasi Menyu qatori Uskunalar paneli
Bu rasmda oynaning standart elementlarini ko’rishimiz mumkin. Bular:
Sarlavha;
Menyu qatori;
Uskunalar paneli;
Holat satri;
Instrumentlar paneli ostida adreslar rœyxati va jo’natmalar paneli joylashgan.
Adres deb yozilgan joyida URL formatidagi joriy sahifaning adresi ko’rsatib turiladi ( Adres so’zi yonidagi ochiq maydonni endi adres maydoni deb ataymiz). SHu narsani narsani ta’kidlab œtishimiz kerakki, menyudagi buyruklar, tugmachalar va yozuvlarning xilma – xilligiga qaramay Internet Explorer oynasida oddiy funktsiyalarning ikki xil guruhini farqlashimiz mumkin:
Internetda navigatsiya ( biror bir sahifaga œtish );
YOrdamchi funktsiyalar (bu funktsiyalar navigatsiya jarayoniga xizmat ko’rsatishadi).
Bizning klassifikatsiyamizga muvofiq, Internet Explorer bir oynali ilova hisoblanadi biroq biz uning oynasining bir necha nusxasini olishimiz mumkin. [Fayl
–Sozdat okno]
Do'stlaringiz bilan baham: |