Bog'liq namangan shaxri 6-kichik tumanda kurilishi rejalashtirilgan savdo va maishiy xizmat kursatish shaxobchasini uz ichiga olgan 2 qavatli turar-joy binosi
ORTISH-TUSHIRISH,TASHISH ISHLARINI XAVFSIZ TASHKIL QILISH Qurilishdagi ortish-tushirish va tashish ishlari sermexnatliligi xamda shikastlanishlar ko`pligi bilan xarakterlanadi.Bunday shikastlanishlar sabablarini tahlil qilish natijalari hamda baxtsiz xodisalarning 22.1 % yuk ko`tarish mexanizmlarini ishlatish qoidalarining buzilishi tufayli; 16.8 % takelaj moslamalarining mukammal masligi va yuklarni notug`ri stroplash oqibatida;8.9 % ish pratsesslari priyomlarini notug`ri bajarish tufayli ;6.9 % yuklarni omborga tahlash normalari hamda qoidalarining buzilishi sababli yuz berishini ko`rsatadi.Ortish tushirish va tashish ishlarida shikastlanishlar sabablarini tahlil qilish esa baxtsiz xodisalar mexnatni yomon tashkil qilish yoki yuk ko`tarish jixozining buzuqligi oqibatidagina emas,balki xavfsizlik texnikasi qoidalariga befarq qarash va ularni bajarmaslik natijasida ro`y berishini ko`rsatadi.
Xavfsiz mexnat sharoitlari ko`p jihatdan yuk ortish va tushirish maydonchalari va joylarning tashkil qilinishi hamda xolatiga bogliq.Ular ortish tushurish ishlari minimal miqdorda bo`lishini ta`minlashi kerak.Qurilish materiallari va buyumlarini ortish tushirish bilan bo`g`liq bo`lgan eng sermexnat ishlar iloji boricha mexanizatsiyalashgan bo`lishi zarur.Ortish-tushirish tashish ishlari va yuk ko`tarish mashinalari bilan bajariladi ishlariga 18 dan yosh bo`lmagan,meditsina ko`rigidan o`tgan,maxsus o`qitilgan hamda xavsizlik texnikasidan imtixon topshirgan shaxslar qo`yiladi.
Qurilish ishlarini bajarishgaguvoxnomasi bo`lgan stroplovchi (yuklarni iluvchi) qurilish,sex bo`yicha yozma ruxsatnoma bilan ishga qo`yiladi.Mustaqil ishlashga qo`yilgan stroplovchi o`zi xizmat ko`rsatadigan kranning tuzilishi to`g`risida tushunchaga ega bo`lishi,ish uchun zarur bo`ladigan stroplarni (ularning yuk ko`tarish imkoniyati tarmoqlarining soni,uzunligi va strop tarmoqlarini vertikalga nisbattan og`dirish burchagini) hamda boshqa yuk qamrash moslamalarini ko`tariladigan yukning o`girligi va xarakteriga qarab tanlay bilishi,stroplarning ishga yaroqliligini aniqlay olishi,yukni to`g`ri bog`lashni va ilgakka to`g`ri osishni bilishi,signalizatsiyani,yuklarni taxlash tartibi hamda gabaritlarni,shikastlangan (to kurgan,jaroxatlangan va hokazo)kishiga birinchi yordam ko`rsatish usullarini bilishi lozim.Ortish-tushirish ishlari sexlarda xam,omborlarda xam ,ochiq maydonchalarda xam bajariladi.Bu ishlarni iloji boricha mexanizatsiyalashtirilgan usullarda,ya`ni kranlar,yuklagichlar va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida bajarish kerak.
Muntazam ishlanadigan maydonchalarga narvonlar 45®,ayrim vaxtlarda (smena davomida 1-2marta)ishlanadigan maydonchalarga esa 45…..60® burchak ostida o`rnatilishi zarur.Ayrim vaqtlarda,ishlanadigan maydoncha pol satxidan ko`pi bilan 3 m balandlikda joylashgan bo`lsa,unga maxsus qurilma qo`yish mumkin.Qiyaligi 45® bo`lgan narvonning bitta marshi balandligi 4 m dan,qiyaligi 60®bo`lgan narvonlarniki esa 6 mdan oshmasligi lozim.Qiyaligi 45® bo`lgan narvonlar uchun poyalarning balandligi 0.2 m; qiyaligi 60®bo`lgan va vertikal narvonlar uchun esa 0.3 m olinadi.Muntazam ishlanadigan maydonchalarga chiqiladigan narvonlar eni kamida 0.8 m; ayrim vaqtlarda ishlanadigan maydonchalarga chiqiladigan,shu jumladan vertikal Narvonlarniki esa 0.6 m qilinadi.poyalar eni kamida 0.2 m olinadi.Narvon poyalari garizantal bo`lishi va taram-taram polat listlardan tayorlanushi,vertikal narvonlarniki esa metal chiviqlardan yasalishi lozim.
Ortish ishlari uchun mo`ljallangan ochiq maydonchalar tekislangan va qiyaligi 5® dan oshmasligi,ko`rinadigan joylariga «Kirish», «Chiqish» degan yozuvlar osib qo`yilishi kerak.Xar xil narsalar uyulib yotgan maydonchalar va ish o`rinlarida ishlash taqiqlanadi.Obyektdagi,sexlardagi odamlar o`tadigan yo`laklar va mashinalar yuradigan yo`llarning chegaralari oq chiziqlar yoki ko`rsatuvchi strelkalar bilan belgilab qo`yilishi lozim.Qishda esa ortish-tushirish maydonchalarini qor va muzdan tozalab turish zarur.
Dumalatiladigan yuklarni ( tros,kabel o`raglan barabanlar va hokazo)ortish tushirish ishlari, odatda, mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.Ayrim xollardagina qiya maydonchalar yoki xodachalar qo`yib,yukni kanat bilan tortib turgan xolda tushirishga ruxsat etiladi.Zarur bo`lsagina,massasi 50 kg dank o`p bo`lmagan yuklarni garizantal yo`llarda zambillarga solib ko`pi bilan 50 m dan ortiq masofaga olib boorish mumkin.Yuklarni 50 m dan ortiq masofaga qo`lda olib boorish taqiqlanadi.Zambildagi yukni narvondan ko`tarib chiqish man etiladi 50 g dan og`ir yuklar bilan bog`liq bo`lgan hamma ishlar va ularni 3 m dan balandga ko`tarish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshiriladi
Donali og`ir yuklar,shuningdek, yukli yashiqlarni maxsus lo`mlar va boshqa moslamalar yordamida surish lozim.Ballonlarni elkada ko`tarib yurish man etiladi.Bir odam qo`lda garizantal yo`lda olib boradigan yukining normasi quyidagi miqdordan oshib ketmasligi zarur:
16-18 yoshli xotin-qizlar uchun -10 kg
16-18 yoshli yigitlar uchun -16 kg
18 yoshdan kata ayollar uchun-15 kg
18yoshdan kata erkaklar uchun -50kg
O`rta Osiyoning issiq yozi uchun sement ,ohak, gips va shu kabilarni tushirish ishlari juda zarali xisoblanadi. Shu sababli «O`zbekshaxstroy» trestining bu materiallarni shnekli qurilmalari bo`lgan maxsus mexanizmlar yordamida tushirish bo`rasidagi ilg`or tajribasini keng joriy qilish muhimdir.40®C da bundan yuqori temperaturada sementni qo`l bilan tushirishga ruxsat etilmaydi.
Siqilgan gazli balonlarni,kaltsiy karbitli barabanlarni shuningdek,shisha idishlarga solingan materiallarni,boshqa joyga ko`chirishda ularning siltanishi hamda biror narsaga urilishiga yo`l qo`ymaslik lozim.
Yonilg`I hamda surkaladigan materiallar tashishga ixtisoslashtirilgan va bortli mashinalar OP-5 yoki OU-2tipidagi ikkita o`t o`chirgich,kigiz chodir hamda qum solingan yashiq bilan taminlanishi zarur.Odamlarni tashish uchun bortli yuk avtomobillariga o`rindiqlar o`rnatilib,kuzovga qulay balandlikda maxkamlab qo`yiladi (ammo bu o`rindiqlar bo`rtlarning yuqorigi chetidan 15 sm dan baland bolmasligi kerak ); orqadagi va yon bortlar bo`ylab o`rnatilgan o`rindiqlar mustahkam suyanchiqlar bilan taminlanadi,bort zaporlari ishonchli qilib maxkamlab qo`yiladi.Odamlarni tashish ushun mo`ljallangan avtomobil haydovchisining yo`l varaqasi «Odamlar» deb yozib qo`yiladi va qancha odam tashish mumkinligi belgilanadi.Yuklarni kuzatib boruvchi (qabul qilib oluvchi) shaxslargina (ko`pi bilan 6ta ) odamlarni tashishga moslashmagan yuk avtomobillarida yurishlari mumkin.Yo`l varaqasida ularning familyalari yozib qo`yilishi shart.
Yonuvchan va zararli moddalar tashiladigan samosvallar,priseplar,portly avtomobillar kuzovida,shuningdek uzun yuklar tashiladigan avtomobillarda yoku bortidan baland qilib yuk ortilgan kata avtomobillarda odamlarni shu jumladan,yuk ortuvchi va tashuvchilarni olib yurish taqiqlanadi.
Qurilish va korxonakarida xar xil prisep hamda yarim priseplardan xavfsiz foydalaniladi ularda uzun yuklar tashiladi. Bu pritseplardan xavfsiz foydalanish uchun ularni tashlami stoyka va shchitlar ( shchitlar kabina bilan yuk o`rtasiga o`rnatiladi), burilma doiralar (turniket) bilan jixozlash kerak avtomobil yuksiz va orqaga yurganda bu doiralarning maxkamlab qo`yish uchun ular stopor va moslamalar bilan taminlangan bo`ladi.Maxsus qurilmaning uzilib ketishining oldini olish uchun pritsep va avtomobil avariya zanjiri bilan bog`lab qo`yiladi uzun yuklarni avtomobil- samosvallarda shu jumladan, pritsepli samasvallarda tashishi taqiqlanadi. Dumaloq uzun yog`ochlarni tashish uchun avtomobil va pritseplar tishli metal moslamalar bilan taminlanadi. Tashlama stoykalarni uzaytirish taqiqlanadi.
Korhonalarda avtomabil-samosvallardan foydalanishda juda extiyot bo`lish kerak, chunki ularning tayanch moslamalari tez-tez buzulib turishi natijasida ortirilgan yuk o`z-o`zidan tushib ketishi mumkin. Shikastlanmaslik uchun, avtomabil-samosvallarning ko`taralgan kuzovini qirg`ichlar yoki uzun dastali belkuraklar bilan tozalash zarur. Kuzovni tozalayotganda ishchi yerda bo`lishi kerak.
Bunkerdagi sochiluvchan yuklar avtomabillarga bo`shatilgan maydomchalarda yo`llar to`sib qo`yilishi, ko`rsatkichlar o`rnatilishi, yuk ortilayotgan mashinalar harakati tartibga solib turadigan hamda ortish zonasiga tasodifan odamlar kirib qolishigayol qo`ymaydigan ajratish chiziqlari tushirilishi va yozuvlar bo`lishi darkor. Avtomabil transportini korhona sexlsrida to`xtatib qo`yish va remont qilish mumkin emas. Buning uchun zavodda mahsus joy ajratiladi. Korhonalarda detallarni yuvish, bo`yoqlarni suyiltirish, asboblarni yuvish hamda boshqa qo`shimchalar va remont maqsadlarida benzol va benzindan foydalanish yaramaydi.
Qurilish va zavod territoriyasida avtomabil transporti harakatlanishi uchun transport harakatining sxematik plani tuzilib, unda ruhsat etilgan va taqiqlangan harakat, burilish, to`htab turish, chiqish, temir yo`llaridan o`tish yo`nalishlari ko`rsatilishi kerak. Bu planni hamma ishlovchilar bilishi va ular territoriyaning bir nechta joyga osib qo`yilishi zarur. Qanday tashkilotga yoki kimga tegishliligidan qat`iy nazar, davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan boshqarish uchun guvohnomasi bo`lgan shaxslargina avtotrasport vositalarini qurilish va zavod territoriyasida haydashga ruhsat etiladi.
Kislorodli ballonlarni avtotrasportda yog` va moylar, yonuvchi hamda oson alangalanuvchisuyuqliklar bilan tashish taqiqlanadi. Avtomabillarga ekisqavatorlar yoki kranlar bilan yuk ortayotgandaavtomabilning koziryok bilan himoyalanmagan kabinisida haydovchiva boshqa shaxslar bo`lmasligi kerak. Avtomabillarga ortilgan donali yuklar harakat vaqtida o`z-o`zidan surilib ketmaydigan qilib o`rnatilishi mahkamlanishi yoki bog`lab qo`yilishi lozim. Yuklar, materiallar tahlamlari orasida kamida 1 m kenglikda yo`laklar qoldiriladi. Temir yo`l bilan tahlangan yuklar orasida kamida 2 m masofa qoldirilishi zarur. Temir yo`l vagonlari yoki platformalarni qo`l bilan emas, balki lokamativlar yohut mehanizatsiyalashtirilgan itargichlar bilan joy7idan qo`zg`atilish darkor. Ortirish-tushirish ishlarida ko`chma kranlarda (avtokranlar, gusenitsiyali kranlar va hokazolar) foydalanishda qo`riqlanadigan (xavfli) zona aniqlanishiva belgilab qo`tilishi shart.
Yuklarni qurilish territoriyasi ichida tashishda avtoyuklagichlarlardan keng foydalaniladi. Materiallarni avtoyuklagichlarda tekis yo`ldan tashish lozim, harakat vaqtida yuklarni ko`tarish tushurish yoki qiyalashtirish va uni 1 m dan baland ko`targan holda tashish mimkin emas. Yuklarni taxlash va ularni tahlangan joyidan olish vaqtida, shuningdek avtoyuklagich ishlaydigan zonada ishlarni qol bilan bajarishga ruxsat etilmaydi.
Qurilishda sochiluvchan materiallar va donali yuklarni ortish tushirishda lentali konveyerlar ( traspartiyorlar) dan foydalaniladi. Kanveyerlarni barabanlarida ularning lentalari va toretslarini berkitib turadigan to`siqlar bo`lishi zarur. Tagida odamlar ishlaydigan kanveyerlarga bortlar o`rnatiladi yoki ximoyalavchi bostirma quriladi. Kanveyer ishlayotganda lentasini tozalash, shuningdek shataksirashini bartaraf qilish maqsadida tagiga biror narsa tashlash mumkin emas. Kanveyerga xizmat ko`rsatish uchun uning ikkala tomonidan kamida 1 m kenglikda yo`laklar qoldiriladi
KONSTURIKTIV YECHIM.
Loyixa indusyrial qurilish maxsulotlari katoligi asosida ishlab chiqilgan.
pOYDEVORLAR.
poydevorlar g`isht devor ostiga lenta shaklida qo`yiladi. poydevorlarni qo`1yilish chuqurligi 3,2m ni tashkil qiladi.poydevor plitasi monolit betondan quyiladi. Yerto`la devoir ham monolit betondan xosil qilinadi.