24-modda. Davlat xizmatchisining odob-axloq majburiyatlari
Davlat xizmatchisi quyidagi odob-axloq majburiyatlariga ega:
project.gov.uz
13.12.2021
9
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek o‘zi
faoliyat olib borayotgan davlat tashkilotining ichki hujjatlariga amal qilish;
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ular
ta’siridan o‘z mustaqilligini saqlab qolish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy
manfaatlarini hisobga olish;
xizmat majburiyatlarini bajarishga to'sqinlik qilishi yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy,
mulkiy yoki boshqa manfaatlarga taalluqli bo'lishi mumkin bo'lgan harakatlardan o‘zini tiyish;
o‘z vakolatlaridan davlat tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga noqonuniy
aralashish maqsadida foydalanmaslik;
turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy
va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, ijtimoiy barqarorlik, millatlar
va konfessiyalararo totuvlikka ko'maklashgan holda O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar
xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish;
xodimlar tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha uyg‘otishi mumkin
bo‘lgan xulq-avtordan o‘zini tiyish va o‘z obro‘si yoki davlat tashkilotining nufuzini tahdid ostiga olishi
mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olish;
guruhbozlik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik, favoritizm ko‘rinishlarining, shuningdek o‘z
xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qat'iy ravishda oldini olishda ishtirok
etish;
davlat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishda rasmiy ommaviy
axborot vositalari vakillari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, belgilangan
tartibda ishonchli ma’lumotlarni olishga ko‘maklashish;
maxfiy axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish, shuningdek, maxfiy axborot va
shaxsiy ma'lumotlarni nobud qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish, zarar yetkazish, ruxsatsiz
foydalanish xavfidan tegishli darajada himoya qilinishini ta’minlash;
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnik
bazadan hamda davlat tashkilotining boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish;
o‘zining hamda turmush o‘rtog‘i va voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulki
to‘g‘risidagi deklarasiyani to‘ldirilishini ta’minlash;
manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida yillik deklarasiyani taqdim etish;
qonunbuzarlik sodir etishga undab o'ziga murojaat qilgan holatlar, shuningdek, davlat
tashkilotining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan
va o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday qonunbuzarlik faktlari haqida bevosita rahbariga yoki korrupsiyaga
qarshi ichki nazorat tuzilmalariga xabar berish;
Davlat xizmatlarining faoliyati xususiyatlaridan hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlarida
qo‘shimcha majburiyatlar belgilanishi mumkin.
Davlat xizmatchilari mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyatlarni bajarishda
davlat xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalardan
tushuntirish olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |