Logopedik tekshiruvning mazmuni va mohiyati
Logopedik tekshiruv tibbiy tekshiruv bilan yonma-yon kasalning klinikada bo'lishini birinchi 10 kunida 0‘tkaziladi: unda nutqdagi kamchilikni chuqurligi va og'irligi belgilanadi. Kompleks yondashuv doirasida duduqlanuvchi bilan individual ish olib borish rejasi belgilanadi. Statsionar muolajaning quyidagi bosqichlari belgilanadi: tayyorlov (5—7 kun), faol terapiya (20 kun), faol mashqlar (10 kun), yakunlovchi bosqich, uning davrida nutq vaziyatlari ancha murakkablashtiriladi (3—5 kun).
Tayyorlov bosqichida nutq muomalasini cheklash tavsiya etiladi, unda mashg‘ulot o'tkazish uchun bemorlar guruhlari shakllantiriladi (klinik belgisi, yosh jihati, intellektual darajasi va jinsiga qarab). Ishning asosiy shakli guruhlar bilan, jamoa bo'lib ishlash hisoblanadi, lekin ikkinchi nevrolip qatlamlarni xarakterini hisobga olgan holda, parallel individual psixoterapevtik ish ham olib boriladi.
Faol terapiya bosqichini boshlashning ikkinchi haftasidan bemorlar autogen mashqlarning guruhiy mashg'ulotlariga qo'shiladilar, shuningdek, logoped bilan muntazam ravishda individual mashg'ulotlarga boradilar. Shu vaqtga kelib davolovchi shifokor tomonidan asosiy dori-darmon turlari va individual psixoterapiyaning yo'nalishining buyurtmasi belgilanadi.
Faol mashqlar bosqichida bemorlar psixoterapevt va logoped rahbarligida funksional nutq mashqlarini amalga oshirish uchun statsionar chegarasidan chetga chiqadilar (ko‘chada gaplashish, do‘konda sotuvchi bilan gaplashish, kassa oldida, telefon orqali gaplashish va h.k.).
Yakunlovchi bosqich juda murakkab nutq yuklamasidan tashkil topib, u ko‘p kishilik auditoriyada individual va jamoa bo'lib nutq so'zlash mashqlarini o‘z ichiga oladi. Nutq so'zlash konsert dasturi shaklida musiqali nomerlar kiritilgan holda bo'ladi (yakka yoki xor bo'lib ashula aytish va h.k.).
Statsionardan chiqish oldidan har bir bemorga kelgusida mustaqil logopedik mashg'ulotlarni mustahkamlash doirasida ishlash uchun tavsiyanomalar beriiadi, ular autogen mashq logopedik mashqlarning ayrim elementlarini qaytarish uchun beriladi.
Statsionarda butun muolaja kursi bemorga jamoa va individual psixoterapevtik suhbatlar ko'rinishida to‘g‘ridan to‘g‘ri va boshqa yo'llar bilan psixoterapevtik ta'sir o‘tkazishga qaratilgan. Autogen mashq kursi duduqlanuvchini tekshirish: ulami o‘zini-o‘zi tartiblashning asosiy qoidalarini o'rganib olishi, muskullarini harakatlantirish ko‘nikmalarini ishlab chiqish, o‘z-o‘zini ruhan bardamlashning qisqartirilgan formulalami egallash va boshqa ko‘nikmalarni hosil qilishni o‘z ichiga oladi.
Logoped tomonidan olib boriladigan logopedik, didaktik va tuzatish ishlari duduqlanuvchining klinik holatida, uning yoshiga, rivojlanishiga, shaxsiy xususiyatlariga bog'liq holda tashkil etiladi. Masalan, nevrotip duduqlanish bilan bog‘liq bemoriar uchun samarali psixoterapevtik usul ishlatiladi va h k.
Mashg'ulotlarning amaliy materiali nafas tuzilishini tuzatishga, ovoz, artikulatsiyaga, artikulatsion apparatni rivojlantirishga, tovushli nutqni hamma turlarini mashqiga yo'naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |