Logopedik texnologiya fаnidan o‘quv-uslubiy majmua


Artikulyatsiya gimnastikasi



Download 5,58 Mb.
bet22/70
Sana18.02.2022
Hajmi5,58 Mb.
#455153
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
Texnologiya (3)

Artikulyatsiya gimnastikasi


Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat a’zolari tuzilishida kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni rivojlantirish ishlari bilan parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi (tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya gimnastikasining maqsadi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etish uchun zarur bо‘lgan artikulyatsiya a’zolarini tо‘liq, aniq keltirish va oddiy sharakatlarni murakkab xarakatlarga-turli xil fonemalarning artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir.
Hamma artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bо‘lish mumkin: statik va dinamik. Statik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga keltiriladi, lekin xarakat bо‘lmaydi. Dinamik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga va shu bilan birga xarakatga keltiriladi.

Statik tayyorgarlik mashqlari


  1. «Belkurakcha». Til keng holda chiqarilib, bо‘shashtiriladi va pastki lab ustiga qо‘yiladi. Bunda til titramasligi kerak. Til shu holda 10-15 daqiqa ushlab turiladi

  2. «Kosacha». Og‘iz keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga kо‘tariladi. Til yuqori tishlar tomon olib boriladi, lekin ularga tekkizilmaydi. Shu holda til 10-15 daqiqa ushlab turiladi

  3. «Ninacha». Og‘iz ochiladi. Til oldinga tomon ingichka qilib chiqariladi. Shu holatda 15 daqiqa ushlab turiladi

  4. «Tepacha». Og‘iz yarim ochiladi. Tilning orqa yonlari yuqori jag‘ tishlar bilan qisiladi. Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Bu holat 15 daqiqa ushlab turiladi

  5. «Naycha». Til keng holda chiqariladi. Tilning ikki yon tomoni yuqori tomon buklanadi. Hosil qilingan naychadan puflanadi.

Mashq sekin sur’atda 10-15 marta bajariladi
Aytib о‘tilgan mashqlarning har biri aniq, sekin 8-10 marta bajariladi.

Dinamik tayyorgarlik mashqlar


  1. «Soatcha». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi. Sо‘ng shu holda til og‘izning о‘ng burchagidan chap burchagi tomonga qarab xaraaktga keltiriladi. Mashq 15-20 marta bajariladi

  2. «Ot». Til tanglay tomon sо‘rilib, sо‘ng qо‘yib yuboriladi. Shunda til taqillagan ovoz chiqaradi. Tilni taqillatish sekin va kuchli bо‘lishi kerak. Bu mashq 10-15 marta bajariladi

  3. «Qо‘ziqorin». Og‘iz ochiladi. Til tanglay tomon sо‘riladi, shunda til tanglayga qattiq jipslashadi. Bu holda til ushlab turiladi, shu vaqtning о‘zida pastki jag‘ pastga tomon tushiriladi. Bu mashq 10-15 marta bajariladi. Bu mashqning «Ot» mashqidan farqi shuki, til tanglayga jipslashgach, qо‘yib yuborilmaydi.

  4. «Arg‘imchoq». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi, sо‘ng navbatma-navbat goh burun, goh iyak tomon olib boriladi. bU vaqtda og‘iz bekitilmaydi. Mashq logoped sanog‘i ostida 10-15 marta bajariladi

  5. «Mazali murabbo». Til keng holda chiqariladi, sо‘ng yuqori lablar yalanadi va til og‘iz ichiga olinadi. Bu mashq 10-15 marta qaytariladi

  6. «Bо‘yoqchi». Til chiqariladi, og‘iz yarim ochiq holda bо‘ladi. Til bilan avval yuqori lab, sо‘ng pastki lab aylana bо‘ylab yalanadi. Bu mashq yо‘nalishni о‘zgartirgan holda 10 marta bajariladi

  7. «G‘altak». Til uchi oldingi pastki tishlar orqasiga tiraladi. Tilning orqa yon tomoni yuqoridagi jag‘ tishlar bilan qisiladi. Keng til oldinga chiqariladi, sо‘ng yana og‘iz ichiga olinadi. Bu mashq 15 marta bajariladi

Har bir tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzga qо‘yishda logoped aytib о‘tilgan mashqlardan faqat zarur deb hisoblanganlarini tanlab oladi. Tanlab olingan mashqlar quyilishi lozim bо‘lgan tovush artikulyatsiyasiga mos kelmog‘i lozim.



Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish